1-oktabr. Bugundan o'zbekistonliklar hayotida nimalar o'zgaradi?
Toshkentda avtobus va metro qimmatlaydi, my.gov.uz orqali esa nomingizdagi SIM-karta va bank kartalarini ko'rish mumkin bo'ladi. Yana-chi?
Oʻzbekiston
01.10.2026, 15:12
Ulashish:

- Toshkentda avtobus va metro qimmatlaydi. Elektron to'lov 1 700 so'mdan 2 500 so'mga oshadi.
- Avtobus uchun oylik abonement 250 ming so'm, avtobus + metro uchun 345 ming so'm bo'ladi. Talaba, o'quvchi, pensioner va nogironligi bo'lganlarga 50% chegirma bor.
- Nomingizga nechta SIM-karta ochilganini my.gov.uz orqali ko'ra olasiz. Ishlatmaydigan raqamni yopish uchun ham onlayn ariza berish mumkin.
- Nomingizga nechta bank kartasi ochilganini ham my.gov.uz orqali tekshirish mumkin.
- Uyingiz yoki mashinangizni sotish, garovga yoki ipotekaga qo'yishga my.gov.uz orqali o'zingiz taqiq qo'ya olasiz.
- Nomingizga notarius orqali biror ish rasmiylashtirilsa, my.gov.uz avtomatik xabar yuboradi.
- Familiya, ism yoki tug'ilgan sanangiz o'zgarsa, har bir idoraga alohida borish shart bo'lmaydi. Ma'lumotlar davlat tizimlarida avtomatik yangilanadi.
- Tadbirkorga jarima solinsa, uning 50%ini bir oy ichida to'lab, jarimani yopishi mumkin. Qolgan 50%i kechiriladi.
- Jarimani birdaniga to'lash qiyin bo'lsa, tadbirkor uni 6 oyga bo'lib to'lashi mumkin.
- Tadbirkordan undirilgan jarima sudda bekor qilinsa, pul 15 kun ichida qaytariladi.
- Toshkentda jarima maydonchasiga tushgan mashinani chiqarish elektronlashadi. Ruxsatnoma QR-kod orqali beriladi, to'lov ham onlayn qilinadi.
- 500 ming nafar o'qituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, o'quvchi va talaba teatr, kino va konsertlarga bepul vaucher oladi.
- Ijtimoiy reestrdagi 100 ming oilaning bittadan farzandiga ham teatr, kino va konsert uchun bepul vaucher beriladi.
- Eksportchilar uchun bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya va tovar kelib chiqishi sertifikati to'lovlari 30%ga kamayadi.
- Voyaga yetmaganlar o'z huquqini himoya qilish uchun mustaqil sudga murojaat qilsa, davlat boji to'lamaydi.
- Kichik va o'rta biznesning ayrim kreditlari bo'yicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
- Ayrim tadbirkorlar 5 mlrd so'mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo'ladi.
- Elektrotexnika korxonalari 5 mln dollargacha kreditni yillik 6%dan olishi mumkin.
- Davlat tashkilotlari tovar yoki xizmat sotib olishdan oldin uning bozor narxini elektron tizim orqali tekshiradi.
- Yangi qurilishga maxsus raqam berilmasa, qurilishni boshlashga ruxsat berilmaydi.
- Yangi qurilishlarning raqamli pasporti bo'ladi. U orqali ob'ekt haqidagi ma'lumotlarni kuzatish mumkin.
- Temir yo'lda ichki yuk tashish uchun buyurtmani Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali berish mumkin bo'ladi.
- Suv tejovchi texnologiyalar o'rnatilganini nazorat qilish uchun uskunalar QR-kod va GPS-trekker bilan belgilanadi.
- Buxoroning tarixiy markazida elektrosamokat, elektroskuter, moped, rikша va ayrim boshqa transportlarda harakatlanish cheklanadi.
- Andijonda xususiy tadbirkorlar import qilingan suyultirilgan gazni ballonlarda aholiga to'g'ridan-to'g'ri sotishi mumkin bo'ladi. Narxni tadbirkorning o'zi belgilaydi.
- 300 dan ortiq bozor va savdo majmuasini E-bozor tizimiga ulash boshlanadi. Unda manzil, bo'sh savdo joylari va ish vaqti haqida ma'lumot bo'ladi.
- Davlat ulushi 50%dan yuqori kompaniyalarning qimmatli qog'ozlari Markaziy depozitariyda hisobga olinadi.
- Raqobat bor sohalarda byudjetdan moliyalashtirilmaydigan yangi davlat muassasalarini ochish cheklanadi.
- 3 oktabrdan Toshkent viloyatida ichimlik suvi qimmatlaydi. Aksar hududlarda 1 kub suv 2912 so'mdan 3472 so'mga chiqadi.
Mavzuga oid yangiliklar

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Gaz va elektr energiyasi kompensatsiyasini my.gov.uz platformasida rasmiylashtirish mumkin
Oʻzbekiston
01.07.2026, 14:25
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
