Ekologiya vazirligi Navoiyda 20 dan ortiq korxona faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi
Navoiyda shahar va unga tutash hududlardagi 168 ta sanoat korxonasi faoliyati oʻrganilmoqda.
Oʻzbekiston
01.08.2025, 16:34
Ulashish:

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi rahbariyati hamda Bosh prokuraturadan iborat ishchi guruh Ekologiya vazirining topshirigʻiga binoan Navoiy shahrida oʻrganish ishlarini olib bormoqda. Maqsad — atmosfera havosining ifloslanish manbalarini aniqlash, sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha samarali choralar koʻrish.
Oʻrganish ikki yoʻnalishda olib borilmoqda: birinchisi — shaharda qayd etilgan oq tuman (yoki oq tutun) manbaini aniqlash, ikkinchisi — sanoat chiqindilari bilan bogʻliq umumiy ekologik vaziyatni yaxshilash. Barcha chora-tadbirlar qatʼiy nazorat ostida amalga oshirilmoqda, qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda masʼul shaxslarga nisbatan qattiq choralar koʻriladi.
Birinchi holatda, 19 iyul kuni Navoiy shahrida atmosfera havosining oq tutun bilan ifloslanishi boʻyicha laboratoriya tahlillari va boshqa maʼlumotlar toʻplandi. Navoiy shahri hududi boʻylab 11 ta nuqtadan koʻchma laboratoriya orqali havoning ifloslanish darajasi tahlil qilinganda oltingurgurt ikki oksidi (SO₂) belgilangan meʼyordan 1,86 baravar, ammiak (NH₃) esa 1,43 baravar yuqori ekanligi maʼlum boʻldi.
Shu kuni soat 05:30da (sobiq “Elektrokimyo” zavodi xududida) “Sogda kimyo zavod” MChJ, “Ferrosplav” MChJ va "Zarafshon industrial technology" MChJ zavodlariga tutash hududda qisqa vaqtning oʻzida konsentranlangan tashlanma shakllantirilgan videotasmasi dalil sifatida rasmiylashtirildi.
Ushbu korxonalarni tekshirish davomida:
1) “Sogda kimyo zavod” MChJ davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olmasdan faoliyat yuritayotganligi, oʻz hududida betartib chiqindixona yaratganligi hamda qurishi jarayonida hosil boʻlgan qurilish chiqindilarni hududidan tashqarida joylashtirganligi, zararli moddalar ochiq hovuzda saqlanayotganligi, zararli moddalarni eritish jarayonida hosil boʻlgan kislotali suvlar ochiq relefga tashlanganligi, atmosfera havosiga nazoratsiz tashlanmalar chiqarayotganligi aniqlanib, atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun jami 7 mlrd 382 mln soʻm toʻlovlar belgilandi;
2) “Ferrosplav” MChJ davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olmasdan faoliyat yuritayotganligi, xomashyoni eritishdan hosil boʻlayotgan ifloslantiruvchi moddalar atmosferaga chiqarilayotganligi va sanoat chiqindilari betartib toʻplanayotganligi aniqlandi;
3) “Zarafshon industrial technology” MChJ esa davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan talablarni bajarmaganligi, ruxsat etilgan meʼyordan vodorod sulfid 25 baravar, azot oksidi 12 baravar, ammiak 7 baravar, oltingurut qoʻsh oksidi 2,6 baravar, vodorod sulfid 40 baravar yuqori ekanligi va oltingugurt saqlash omborxonasida zararli moddalarni saqlash talablariga roiya etilmaganligi aniqlandi.
Mazkur sanoat korxonalari atrof-muhitni ekologik normativdan ortiq darajada ifloslantirganligi va belgilangan qonunchilik talablari qoʻpol ravishda buzilganligi sababli Ekologiya vazirligi tomonidan ularning faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Mazkur korxonalarga ekologik tadbirlarni amalga oshirish uchun 10 kun muddat berildi. Ushbu muddat ichida korxonalar oʻz faoliyatini ekologik talablarga moslagan holda yoʻlga qoʻymasa, sudga tegishli ravishda ularning faoliyatini tugatish boʻyicha daʼvo arizalari kiritiladi.
Ikkinchi holatda, Navoiy shahrida umumiy ekologik vaziyatni oʻrganish va yaxshilash boʻyicha 3 ta guruh shakllantirilib, shahar va unga tutash hududlardagi 168 ta sanoat korxonasi faoliyati oʻrganilmoqda.
Bugunga qadar 42 ta korxona oʻrganilib, ekologiya sohasidagi qonun talabalariga rioya etmagan mansabdor shaxslarga nisbatan jarima choralarini qoʻllash uchun sud organlariga materiallar tayyorlandi.
Shu bilan bir qatorda oʻrganish davomida 22 korxona — (“Qurilish mahsulotlari” (gʻisht zavodi), “Navoiy global trans servis” (granit), “Ittifoq” (gʻisht zavodi), “Qizilqum temir beton” (plita), “Qizilqum shifer” (shifer), “Stroykom-77” (buyoq pegmenti), “Karmana kvars” (ohak zavodi), “Navoiy util med” (tibbiyot chiqindilarni yoqish), “Navoiy asir invest” (kimyoviy moddalar saqlash ombori), “BARNO” (qurilish chiqindi poligoni), “Navoiy sheben xom-ashyo” (ohak va tosh maydalash sexi), “Navoiy sheben xom-ashyo” (ohak zavod), “Navoiy asir invest savdo” (sirka kislotasi omborxona), “Montaj servis malikrabot” (metalga ishlov berish), “Karmanasut” (sut qayta ishlash), “Alibobo-2020” (temir eritish), “Fosxim agro” (fosforli oʻgʻit ishlab chiqarish), “Jahon biznes baraka servis” (ohak sexi), “Rubin-karmana” (asfalt zavod), “Sogda kimyo zavod” (kimyoviy oʻgʻit ishlab chiqarish), “Ferrosplav” (metall eritish) MChJlar, “Parda bobo ustaxonasi” (beton blok) faoliyati ekologik ekspertizadan oʻtkazilmaganligi, atmosfera, yer va suv muhofazasi bilan bogʻliq talablar qoʻpol ravishda buzilganligi, betartib chiqindixonalar yaratilganligi sababli ularning faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu korxonalarga ham 10 kunlik muddat berildi. Kamchiliklarini barataraf etmagan 19 ta korxonalarni faoliyatini toʻxtatish boʻyicha sudga daʼvo arizalari kiritildi.
Bundan tashqari, “Navoiy azot korxonasi” faoliyati oʻrganilganda, korxona hududida hosil boʻlgan qurilish chiqindilari belgilanmagan joylarda saqlab kelinganligi, qurim (saja) chiqindisi yoqib yuborilishi oqibatida atmosferga havosi ifloslantirilganligi aniqlandi.
Shuningdek, 29 iyul kuni korxonaning karbamid sexida olingan tahlil natijasida ammiak belgilangan meʼyoridan 1,08 marotaba yuqoriligi, 29 iyuldan 30-iyulga oʻtar kechasi “Navoiyazot” AJ atrofida oʻtkazilgan tahlillar natijasida soat 23:43da sharqiy hudud atrofida (NH₃) ammiak moddasi miqdori 1,5 marta, (H₂S) vodorod sulfidi 36 marta, soat 00:16da gʻarbiy hudud atrofida (NH₃) ammiak moddasi miqdori 6,6 marta (H₂S) vodorod sulfidi 1,4 marta, (SO2) oltingugurt toʻrt oksidi moddasi 1,2 marta meʼyordan yuqori chiqishi holati aniqlandi.
Oqibatda korxona jarima va kompensatsiya toʻlovlariga tortilib, huquqbuzarlikni bartaraf etish uchun 10 kun muddat belgilandi.
Joriy yilning 24 iyul kuni tungi vaqtda oʻtkazilgan tezkor nazorat tadbiri davrida Navoiy shahriga chegaradosh Karmana tumanining togʻli hududida 24 nafar fuqaro tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz, ekologik meʼyorlarga mutlaqo zid boʻlgan noqonuniy ohak ishlab chiqarish faoliyati olib borilayotganligi, natijada atmosfera qora tutun va changlar bilan ifloslantirilayotganligi aniqlangan. Oqibatda jami 24 nafar fuqaroga nisbatan 18 mln soʻm jarima belgilandi hamda noqonuniy qurilmalar buzib tashlandi.
Faoliyatini ekologik ekspertizadan oʻtkazmagan, ekologik qonunchilik va talablarga muvofiq faoliyat yuritmayotgan korxonalarga jazo choralarini koʻrish va ularning faoliyatini ekologik huquqiy meʼyorlarga moslashtirish boʻyicha Navoiy shahri boʻylab oʻrganishlar tun-u kun davom etmoqda. Oʻrganishlar natijasi boʻyicha Navoiy shahri atmosfera havosi ifloslanishini kamaytirishda har bir korxona kesimida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ekologik tadbirlar dasturi shakllantiriladi hamda Navoiy viloyati Xalq deputatlari kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Vaziyat qatʼiy nazorat ostida. Ekologiya vazirligi tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzuvchi korxonalarga nisbatan bundan buyon ham qatʼiy choralar koʻradi.
Oʻzbekiston
01.08.2025, 16:34
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Navoiyda 10 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan chetlatildi
Oʻzbekiston
17.12.2025, 12:19

Xovos tumanida hokim oʻrinbosari, Karmana tumanida hokim yordamchisi ushlandi
Oʻzbekiston
06.10.2025, 10:07

Navoiyda fuqaro nega kaltaklandi? IIB bayonot berdi
Oʻzbekiston
02.09.2025, 16:30

Navoiydagi 8 ta konga investorlar 566 million dollar sarmoya kiritishga tayyor
Iqtisodiyot
08.08.2025, 18:42

Navoiyda havo ifloslanishi bilan bogʻliq holat oʻrganildi
Oʻzbekiston
21.07.2025, 17:21

Navoiyda 41 yoshli erkak oʻzini yuk mashinasi tagiga tashladi
Oʻzbekiston
02.11.2024, 12:42
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
