Mirzaobod tumani sobiq hokimi jinoiy jazoga tortildi
Jinoyat ishi Sardoba suv omboridagi favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq: tumanni 2020-2023 yillarda boshqargan Jonibek Yariyev toshqinda uy-joyi buzilgan oilalar uchun qurilgan oʻnga yaqin yangi uyni belgilangan talablarga zid ravishda berib yuborgan.
Oʻzbekiston
28.10.2025, 13:41
Ulashish:

Mirzaobod tumani sobiq hokimi Jonibek Yariyev jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.
Sudning hukmiga koʻra, tumanga 2020-2023 yillarda hokimlik qilgan Jonibek Yariyev mansab vakolatini suiisteʼmol qilgan. U Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqindan soʻng yashash joyidan ayrilgan oilalar uchun qurilgan uylarni bir nechta holatda belgilangan talablarga zid ravishda berib yuborgan. Bu orqali davlat va jamiyat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan.
Xalq deputatlari Mirzaobod tuman kengashining 2020 yil 3 noyabrdagi qarori bilan Sardoba suv ombori toʻgʻonidan suv toshishi oqibatida jabr koʻrgan oilalar uchun 2020 yil davomida qurilgan koʻp qavatli uy-joylarni topshirish tartibi tasdiqlangan. Unga koʻra, uy-joyi buzilgan yoki yashab boʻlmaydigan holatga kelgan oilalarga uy-joy taqsimlash bilan bogʻliq hujjatlarni oʻrganish natijalari boʻyicha yakuniy qaror mahalliy kengashi tomonidan qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan. Biroq sobiq hokim va oʻsha paytda mahalliy kengash raisi boʻlgan Jonibek Yariyev uy-joyga egalik qilish huquqini beruvchi davlat orderisiz hamda kengash qarorisiz oʻnga yaqin holatda uylarni berib yuborgan.
Jumladan, Sardoba tumani Yurtdosh mahallasida yashagan fuqaro N.A.ga uning uy-joylari yaroqli deb topilgani sababli xalq deputatlari Sardoba tuman kengashining qarori bilan uy-joy berilishi rad etilgan. Ammo Jonibek Yariyev unga uy-joyi buzilgan yoki yashab boʻlmaydigan holatga kelgan oilalar uchun qurilgan xonadonlardan birini bergan.
Bundan tashqari, uy-joy taqsimlashda buzilgan yoki yashab boʻlmaydigan holatga kelib qolgan uyda nechta oila yashaganidan qatʼiy nazar, har bir uy-joy kadastriga muvofiq bitta uy berilishi belgilangan. Ammo sobiq hokim ushbu talabni ham buzgan. Shuningdek, texnogen ofat oqibatida zarar yetgan uyi toʻliq taʼmirlab berilgan fuqarolarga ham yangi qurilgan koʻp qavatli uylardan xonadon ajratib bergan.
Jonibek Yariyev JIB Xovos tuman sudi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandi hamda 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 2 yil davlat ishtirokidagi korxona, tashkilot, muassasalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, ish haqining 20 foizini davlat davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2,5 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Shuningdek, sobiq hokimga BHMning 105 baravari miqdorida jarima jazosi ham qoʻllangan.
Sirdaryo viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining 2025 yil 17 oktabrdagi ajrimi bilan dastlabki sud hukmi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Maʼlumot uchun, 2020 yil noyabr oyida Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlangandi. 2023 yil oktabr oyida lavozimidan ozod etilgan va uning oʻrnini Sarvar Sultonov egallagan.
Oʻzbekiston
28.10.2025, 13:41
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Akademik litseylarga kiriş test natijalari e'lon qilindi
Ta'lim
31.07.2026, 10:54

Yuqori kurs talabalari maktablarga diplomsiz işga ariza topşirişi mumkin
Ta'lim
01.08.2026, 10:37

Magistraturaga qabul yakunlandi
Ta'lim
31.07.2026, 11:31

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga imtihonda qo‘shimcha 50 foiz vaqt beriladi
Ta'lim
05.08.2026, 15:29

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47
So'nggi yangiliklar

Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada
Siyosat
15.08.2026, 12:13

O'zbekistonga qayerdan köproq pul yuborilyapti?
Iqtisodiyot
14.08.2026, 16:32

Rossiya Ukraina temiryo‘l va port inshootlariga, Ukraina esa Rossiya neft markazi va omboriga hujum qildi
Jahon
14.08.2026, 16:02

O‘zbekistonga elektromobil importi hajmi 2,6 baravarga ko‘paydi
Iqtisodiyot
14.08.2026, 14:14

Qamchi prezident bo‘lardi, men nafaqaga chiqardim — Sadir Japarov
Siyosat
14.08.2026, 11:49

Putin Yaponiya da’vo qiladigan orolga tashrif buyurdi. Tokio bundan norozi
Siyosat
13.08.2026, 17:04

Green Card olish uçun 1000 dan ortiq soxta nikoh tuzilgan
Siyosat
13.08.2026, 14:21

AQSH bilan vaqtinchalik kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday siljish yo‘q — Eron rasmiysi
Siyosat
13.08.2026, 13:37

Milliy alifboda [ŋ] tovushi uchun alohida harf kerak(mi?)
Fan-texnologiya
13.08.2026, 10:37

Eski yoki yirtilgan dollar banknotasini nima qiliş kerak?
Iqtisodiyot
13.08.2026, 09:57

Ukraina AQŞ iltimosiga köra Rossiya portidan foydalanayotgan tankerlarga hujumlarni töxtatdi
Jahon
12.08.2026, 10:47

Şimoliy Koreya xakerlari hujumlarda sun’iy intellektdan foydalanmoqda
Jahon
11.08.2026, 13:53

Mehmonxonalarda o‘zbek nonushtasi uchun yangi mezonlar joriy etiladi
Madaniy
11.08.2026, 12:37

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

Netanyahu Tramp taklif qilgan Ğazo rejasini rad etdi
Siyosat
10.08.2026, 11:14

Rossiyaning oxirgi zarbalari oqibatida Kiyevda uç kişi halok böldi
Jahon
08.08.2026, 12:23

30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar pensiyasi oşiriladi
Oʻzbekiston
08.08.2026, 11:35

Endi I va II guruh nogironlik pensiyasi proaktiv qayta hisoblanadi
Oʻzbekiston
08.08.2026, 11:15

Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya qöşma mudofaa bitimini imzoladi
Siyosat
08.08.2026, 10:46

Sun’iy intellekt yordamida ilk bor tabiatda uçramaydigan viruslar yaratildi
Fan-texnologiya
07.08.2026, 12:10
Mashhur yangiliklar

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Akademik litseylarga kiriş test natijalari e'lon qilindi
Ta'lim
31.07.2026, 10:54

Yuqori kurs talabalari maktablarga diplomsiz işga ariza topşirişi mumkin
Ta'lim
01.08.2026, 10:37

Magistraturaga qabul yakunlandi
Ta'lim
31.07.2026, 11:31

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga imtihonda qo‘shimcha 50 foiz vaqt beriladi
Ta'lim
05.08.2026, 15:29

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

