Nega ayrim qozoq doʻstlarimiz Oʻzbekiston yutuqlaridan xursand boʻlmayapti?
Avval-boshdan aytib qoʻyaylik, bu video ikki xalq oʻrtasiga nizo urugʻlarini sochish maqsadida tayyorlangani yoʻq, aksincha, agar oʻrtada biror tushunmovchilik boʻlsa, darhol bartaraf etish, ikki xalq, ikki davlat bugungi murakkab geosiyosiy mojarolar, yuksak ehtimolli tabiiy ofatlar, iqtisodiy-ijtimoiy inqirozlar qarshisida bir-biriga raqib va raqobatchi emas, balki yelkadosh, hamnafas boʻlish zarurligini eslatish maqsadida tayyorlandi.
Oʻzbekiston
07.10.2025, 12:03
Ulashish:
Gapning indallosi shundaki, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda AQShning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida muvaffaqiyatli diplomatik yutuqlarga imzo chekdi. Xususan, Bosh Assambleya minbarida turib mintaqa va global muammolarni koʻtarish bilan birga, ularga yechimlar ham taklif etdi. AQSh prezident Donald Tramp bilan koʻrishib, muzokaralar oʻtkazgani, ikki davlat ishbilarmonlari, yirik kompaniyalari oʻrtasida bir necha milliard dollarlik shartnomalarning imzolanishi ham katta yutuq sifatida eʼtirof etildi.
Ammo, negadir bu odimlarimiz ayrim qardoshlarimizga xush kelmadi. Ijtimoiy tarmoqlar nega Oʻzbekiston prezidenti Donald Tramp bilan koʻrishdiyu bizniki uchrashmadi, oʻzbeklar bizdan oʻzib ketmoqchi qabilidagi gap-soʻzlarga toʻlib-toshdi. Bu ham yetmagandek, Qozogʻiston prezidenti Qosim Joʻmart Toʻqayev oʻz yurtiga qaytar-qaytmas tashqi ishlar vaziri, mamlakatning AQShdagi elchisi va boshqa bir qator amaldorlarni ishdan oldi. Qozoq hamkasblarimiz ham jim turmay, yangi tayinlangan TIV rahbariga Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi yetakchilikni oʻz qoʻliga olmoqchimi qabilidagi provakatsion savollarni berishdi. Vazir diplomatik qonun-qoidalardan chetga chiqmaslikka harakat qildi biroq bot-bot “Vaziyatni koʻrmoqchi boʻlsanglar, iqtisodiy koʻrsatkichlarga qaranglar, shuning oʻz yetarli”, dedi.
Bunday holatlar avval ham kuzatilgani eʼtiborga molik. Ayniqsa, sport sohasida. Koʻpincha sport olamida biror bir natija qayd etishimiz bilan qozoqlar ochiqchasiga nega biz ololmadik, oʻzbeklar oldi, degan savolni berishadi. Bundan biz zoʻrmiz, ular kuchsiz, degan xulosaga bormaslik kerak. Har kim oʻz kuch va imkoniyatlari darajasida kuchli va tengsiz. Qozoqlardan oʻrganishimiz, oʻrnak olishimiz kerak boʻlgan jihatlar koʻp. Ayniqsa iqtisodiyot, infratuzilma, ekologiya, hatto sport sohasida ham katta tajribaga ega. Ularning har bir yutugʻi bilvosita bizga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Zero geografik jihatdan bir mintaqada joylashganimiz, umumiy muammolarimizning mavjudligi, masalan transmilliy daryolar, Orol masalasi, shimoldan esayotgan imperializm shamollari bizni doim birdamlikka, hamjihatlikka chorlaydi.
Shu bilan birga, yelkama-yelka turib erishiladigan yutuqlar, imkoniyatlarimiz ham yoʻq emas. Turizm, qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish, katta bozorlarga chiqish potensiali va boshqalarga koʻz yumib boʻlmaydi. Bunday vaziyatda biz unday, ular bunday deyish oʻz ildizimizga bolta urish, oʻzimiz turgan shoxni arralash, umumiy dushmanlarga osongina yem boʻlishga tayyorlanishdan boshqa narsa emas. Xurmatli yurtdoshlar, aziz qoʻshnilar, bovurlarimiz, zamon qoʻlni qoʻlga beradigan, yelkaga yelkani tutadigan zamon. Biz bir boʻlsakkina zamon toʻfonlariga qarshi tura olamiz. Oramizga dushmanlik urugʻini sochmoqchi boʻlganlarga imkon bermaylik, bir-birimizning yutuqlarimizdan xursand boʻlib, muammolarimizga hamdard boʻlaylik. Yaxshi kunlarda koʻrishguncha.
Oʻzbekiston
07.10.2025, 12:03
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda kutubxonalar soni oshmoqda
Madaniy
16.07.2026, 16:47

O‘zbekistonda “Shajara” axborot tizimi ishga tushiriladi
Oʻzbekiston
15.07.2026, 15:40

“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi boshlandi
Oʻzbekiston
15.07.2026, 14:10

“ANORBANK” jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
09.07.2026, 11:06

O‘zbekistonda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlanmoqda
Madaniy
06.07.2026, 13:02

1-avgustdan kamyob hayvonlarni ovlash taqiqlanadi
Oʻzbekiston
01.07.2026, 15:36
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42

Cobalt sotuvlari quladi: UzAuto Motors avtokredit shartlarini yumshatmoqda
Iqtisodiyot
03.07.2026, 17:30
So'nggi yangiliklar

Tramp Jahon chempionati finalida ham diqqat markazida bo‘ldi
Sport
20.07.2026, 11:13

Argentina terma jamoasini kelajakda kim boshqarishi noaniq
Sport
20.07.2026, 10:07

Hindiston ilk xususiy orbital raketasini uchirdi
Fan-texnologiya
18.07.2026, 15:23

Ukraina hujumlari oqibatida Rossiyada 7 kishi halok bo‘ldi, neft bazasida yong‘in kelib chiqdi
Jahon
18.07.2026, 14:48

Endi Tramp prezidentlik mavqeyidan ham “soqqa” qilishi mumkin
Jahon
18.07.2026, 12:54

JCH–2026 finali AQSh tarixidagi eng qimmat sport musobaqasiga aylandi
Sport
18.07.2026, 11:08

Telefoningiz bosh barmog‘ingizni ishdan chiqaryapti — tadqiqot
Fan-texnologiya
18.07.2026, 10:13

Yirik avariyalarning oldini olish uchun quyidagi hududlarda svet 2 soatgacha o‘chirilishi mumkin — Energetika vazirligi
Oʻzbekiston
17.07.2026, 15:54

15 yoshga to‘lmagan bolalarning ishlashi qonuniymi?
Oʻzbekiston
17.07.2026, 14:07

Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlamoqda
Jahon
17.07.2026, 09:44

O‘zbekistonda reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlarga yangi cheklovlar joriy etiladi
Oʻzbekiston
16.07.2026, 17:35

O‘zbekistonda kutubxonalar soni oshmoqda
Madaniy
16.07.2026, 16:47

Ayrim Isroil amaldorlari urushni cho‘zmoqchi — AQSH vitse-prezidenti
Siyosat
16.07.2026, 15:54

Besh yil avvalgi bashorat: Argentina Ispaniyani 3:2 hisobida yutadi
Sport
16.07.2026, 15:16

Yakuniy tinchlik uchun Armaniston konstitutsiyasini o‘zgartirishi kerak — Boku
Siyosat
16.07.2026, 14:45

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

Rossiyada migrantlar geolokatsiyasi kuzatilishi uchun maxsus smartfon sotib olishga majburlanishi mumkin
Jahon
16.07.2026, 10:52

Turkmaniston O‘zbekiston SIM-kartalariga qarshi reyd boshladi
Jahon
15.07.2026, 17:58

Yevropa Ittifoqi va Ukraina dron ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon
15.07.2026, 16:51
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42

Cobalt sotuvlari quladi: UzAuto Motors avtokredit shartlarini yumshatmoqda
Iqtisodiyot
03.07.2026, 17:30
