O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
1 avgust kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv ombori sohilidagi Sea Breeze Uzbekistan investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish haqida qaror qabul qildi. Loyiha maydoni 577 gektar. Sarmoya hajmi 5 milliard AQSH dollari.
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26
Ulashish:

Фото: Пресс-служба президента Республики Узбекистан
Loyihani amalga oshirish shartlari
Yer uchastkalari 25 yillik imtiyozli ijaraga beriladi, keyinchalik uzaytirish imkoni bor.
Ijara haqi umumiy 1,7 trln so‘m (≈133,2 mln $) etib belgilangan, ammo investor 5 yil davomida 17 mlrd so‘m (≈1,3 mln $) to‘laydi – chegirma koeffitsenti qo‘llaniladi.
Investor 2029 yil oxirigacha qurilishni va loyiha hujjatlarini bir vaqtda amalga oshirishi mumkin.
Qurilish me’yorlarini mustaqil belgilash, uchastkalarni subijaraga berish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish va ularning tariflarini belgilash huquqi beriladi.
Loyiha 2025–2035 yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Loyiha bosh rejasi Britaniyaning Scott Brownrigg kompaniyasi tomonidan tayyorlayapti.
Ekologiya va nazorat
Chorvoq va Chirchiq daryosiga chiqindi oqizish qat’iyan taqiqlanadi.
Barcha chiqindilar Chirchiqdagi tozalash inshootlariga yo‘naltirilishi shart.
Nazoratni Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligi amalga oshiradi.
Har bir kesilgan daraxt uchun 10 ta ko‘chat eklishi kerak.
Suvni qayta ishlash va qayta foydalanish tizimini qurish majburiy.
Yerlarni olib qo‘yish va tovon to‘lash
Belgilangan yerlar «erkin» deb topilib, amaldagi foydalanishdan chiqariladi.
Yer egalari va ijarachilarga 5 mln dollarlik kompensatsiya mahalliy budjet orqali to‘lanadi.
Shaxsiy mulk (agrar va o‘rmon fondiga kirmaydigan) faqat kelishuv asosida sotib olinadi.
Qurilish shartlari buzilsa, yerlar tovonsiz tartibda qaytarib olinadi.
Infratuzilma va majburiyatlar
Chorvoq ustidan ko‘prik, yo‘llar va kommunikatsiyalar qurilishi uchun xalqaro sarmoyalar jalb etiladi.
Investor 1 yanvar 2026 yilgacha xalqaro BOJ (GCHP) asosida hamkor topishi shart.
Investor:
Xalqaro byurolarni jalb qilgan holda master-plan tuzadi;
Sarmoyador rezidentlar bilan shartnoma tuzadi;
1 m² qurilish uchun 50 dollarlik infratuzilma yig‘imini to‘laydi.
Bu mablag‘lar kompensatsiyalar, infratuzilma va ijtimoiy obyektlar qurilishiga yo‘naltiriladi.
Imtiyozlar va maqom
2 hafta ichida loyiha “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasiga a’zo sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kutilayapti. Bu unga soliq va ma’muriy imtiyozlar taqdim etadi.
Jamoatchilik munosabati va tanqid
Loyiha jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Ekologlar va faollar qurilish Chorvoq – Toshkent uchun asosiy ichimlik suv manbai – ekologiyasiga tahdid solishidan xavotirda. Shuningdek, aholi uchun suv xavzasiga kirish cheklanishi va infratuzilmaga yuk orttirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov avvalroq hech qanday rasmiy hujjat kelib tushmaganini va ekologik ekspertizalar tugatilmasdan qurilish boshlanmasligini bildirgandi. Biroq qarorda ekologik ekspertiza to‘g‘risida so‘z yuritilmagan. Yangi ekologiya to‘g‘risidagi qonun 25 avgustdan kuchga kiradi.
«Hukumat barcha xavf-xatarni zimmasiga olmoqda»
Iqtisodchi Otabek Bakirov qaror matni bilan tanishib, loyihaga qattiq tanqid bildirdi. U investor tanlovining shaffof emasligini va iqtisodiy mantiqan asossizligini ta’kidladi.
Bakirovning ta’kidlashicha:
Agalarovlarga tegishli Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasining taklifi "eng yaxshi" deb topilgan, lekin boshqa ishtirokchilar va ularning rad etilishi sabablari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Ushbu hudud strategik ahamiyatga ega va uning faqat bitta chet el kompaniyasiga berilishi xavfli.
5 mlrd dollar sarmoya manbalari noaniq. Agalarov Development bu darajadagi mablag‘ni o‘z hisobidan amalga oshirishi ehtimoldan yiroq. Demak, kreditlar jalb qilinadi – ular kimdan, qanday sharoitda va qaysi kafolatlar bilan olinadi – nomuayyan.
Eng katta xavotir shundaki:
Investorga yerni subijaraga berish huquqi berilgan. Bakirovning fikricha, bu jihat loyihani turizm markazi emas, yer sotish sxemasiga aylantiradi.
Yer ijarasi juda arzon: 577 gektar yer 1,3 mln dollarga berilyapti, qo‘shimchasiga juda yengil shartlar bilan.
Ekologik talablar yoritilmagan, kanalizatsiya va tozalash tizimi kafolatlanmagan. Agar muammolar yuzaga kelsa, davlat budjeti zararni yopishi mumkin.
Qurilish hujjatlari tugallanmasdan qurilishni boshlashga ruxsat berish – keyingi yillarda ko‘plab samarasiz va shubhali loyihalarning sababchisi bo‘lgan amaliyotdir.
Hukumat barcha infratuzilma obyektlarini – yo‘llar, kanalizatsiya, aloqa vositalari va hatto Chorvoq ustidan o‘tuvchi ko‘prikni ham to‘liq o‘z hisobidan qurishga majbur. Investor esa deyarli barcha imtiyozlarga ega bo‘lmoqda.
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Ekologiya vazirligi “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi munosabati bilan bayonot berdi
Oʻzbekiston
04.08.2025, 16:31

Chorvoqdagi kurortni qurish uchun Emin Agalarov Oʻzbekistonga taklif qilongan — Ekologiya vaziri
Iqtisodiyot
29.07.2025, 09:58
Mashhur yangiliklar

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55
So'nggi yangiliklar

Toshkentda eng qimmat kvartiralar Shayxontohurda, eng arzonlari Bektemirda
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Apple iPad va MacBook narxlarini keskin oshirdi
Fan-texnologiya
26.06.2026, 16:33

Tolibon hukumati davlat amaldorlariga smartfonlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
26.06.2026, 15:06

Yoshlar nega ta’lim va ishdan uzilyapti — tadqiqot
Fan-texnologiya
26.06.2026, 10:11

Jurnalist va blogerlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
25.06.2026, 18:16

“Hormuzdan ruxsatsiz o‘tganlar xavf ostida qoladi” — Eron
Jahon
25.06.2026, 16:30

Aholisi eng koʻp tuman va shaharlar top 10 taligi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
25.06.2026, 12:23

“Mamlakat uni qahramondek qabul qildi” — Ronalduning Toshkentga tashrifi
Sport
25.06.2026, 11:38

Venesuelada halokatli zilzila bo‘ldi. Qurbonlar 100 mingtaga yetishi mumkin
Jahon
25.06.2026, 09:54

Ebola Yevropada: Fransiyada ilk kasallik holati tasdiqlandi
Jahon
24.06.2026, 17:34

Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi $12 milliardlik kelishuvlarga erishdi
Jahon
24.06.2026, 16:46

“Yadroviy qurol jahon urushiga qarshi yagona kafolatdir” — Kreml
Siyosat
24.06.2026, 15:57

Yangi Namanganda yangi IT-park qurilishi boshlandi
Oʻzbekiston
23.06.2026, 16:05

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston
23.06.2026, 12:58

Shimoliy Kaliforniya kutubxonasida otishma sodir bo‘ldi
Jahon
23.06.2026, 12:32

23-iyun – Xalqaro beva ayollar kuni
Jahon
23.06.2026, 11:13

Starmer ketdi. Britaniya yana bosh vazir izlayapti
Jahon
22.06.2026, 19:58

Sadir Japarov O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi
Oʻzbekiston
22.06.2026, 17:22

Tyumen hududiga berilgan dron zarbalari qaytarildi — Rossiya
Jahon
22.06.2026, 16:54

Ikkinchi jahon urushidagi yo'qotishlar
Jahon
22.06.2026, 15:18
Mashhur yangiliklar

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55
