Oʻzbekiston nima sababdan «Tinchlik kengashi»ga qoʻshildi?
Taʼkidlanishicha, kengash faoliyatining asosiy vazifasi Yaqin Sharqda davom etayotgan mojarolarni bartaraf etish va mintaqada barqaror tinchlikni taʼminlashdan iborat.
Oʻzbekiston
24.01.2026, 15:33
Ulashish:

Prezident maslahatchisi, sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Oʻzbekistonning «Tinchlik kengashi»ga aʼzo boʻlishiga nima sabab boʻlgani hamda ushbu tashabbusdan koʻzlanayotgan maqsad va manfaatlar haqida izoh berdi.
Uning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlashga qaror qilgan, chunki Yaqin Sharqdagi vaziyat mamlakat xavfsizligiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu bois bu borada xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Komilovning soʻzlariga koʻra, «Tinchlik kengashi» tashabbusi Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari — tinchlik, barqarorlik va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash tamoyillariga toʻliq mos keladi. Shuningdek, Yaqin Sharq mintaqasida Oʻzbekistonning muhim strategik manfaatlari mavjud.
Prezident maslahatchisi bir necha yil avval Yaqin Sharqqa ketib, turli ekstremistik guruhlar safiga qoʻshilgan, keyinchalik esa Oʻzbekistonga qaytarilgan fuqarolar masalasiga ham toʻxtalib oʻtdi. Uning aytishicha, ushbu shaxslar vatanga qaytarilgandan soʻng, ularni jamiyatga qayta moslashtirish va ijtimoiy hayotga integratsiya qilish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
«Bu boradagi insonparvarlik siyosati Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbariyati tomonidan yuqori baholandi. Ularning fikricha, Prezidentimiz olib borayotgan siyosat koʻplab davlatlar uchun namuna boʻlishi mumkin. Bu esa Oʻzbekistonning Yaqin Sharq mintaqasida boshqa davlatlar bilan oʻzaro manfaatdor ekanini va eng avvalo, oʻz xavfsizligini taʼminlashga intilayotganini koʻrsatadi», — dedi Komilov.
Shuningdek, u Yaqin Sharqdagi beqarorlikning Markaziy Osiyo xavfsizligiga taʼsiri haqida gapirar ekan, Afgʻonistonda urush boshlanishidan avval ekstremistik guruhlar deyarli mavjud boʻlmaganini, keyinchalik esa ularning asosan Yaqin Sharqdan kirib kelganini qayd etdi.
Komilovning fikricha, mintaqadagi muammolarni hal etish murakkab va uzoq davom etadigan jarayon boʻlib, bunda xalqaro hamjamiyatning birlashgan harakati zarur.
«Faqatgina AQSh emas, balki arab davlatlari, musulmon mamlakatlari va Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda harakat qilishi kerak. Har bir qadam puxta oʻylab tashlansa, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlida muhim natijalarga erishish mumkin. Oʻzbekiston xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni izchil davom ettiradi», — dedi prezident maslahatchisi.
Oʻzbekiston
24.01.2026, 15:33
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

O‘zbekiston MDHga raislik qiladi: sammit Buxoroda o‘tkaziladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 17:08

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Oʻzbekiston
23.09.2026, 12:23

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi
Oʻzbekiston
17.09.2026, 16:39

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lida muhim tunnel qurib bitkazildi
Jahon
08.09.2026, 16:09
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31
So'nggi yangiliklar

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda
Oʻzbekiston
23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31
