updated: 22.03.2026, 14:15

Quva tuman IIB xodimlari oshxonadagi qarzlarini toʻlash oʻrniga tadbirkorga bosim oʻtkazmoqda

Kun.uz nashrining maʼlum qilishicha, Fargʻona viloyati Quva tuman IIB xodimlari uch aka-uka yuritadigan oshxonada muntazam ravishda ovqatlanib, pulini toʻlamay kelgan. Qarzdorlik koʻpayib ketgach, oʻz haqini talab qilgan tadbirkorga xodimlar tomonidan bosim boshlangan. Hatto toʻngʻich aka Abror Sodiqov “ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga boʻysunmagani” aybi bilan maʼmuriy qamoqqa tiqilgan. “Xodimlar formada kelib, aroq ichib, oyoqda tura olmasdan yiqilgudek boʻlib chiqib ketishadi”, deydi tadbirkor.

Ulashish:

Quva tuman IIB xodimlari oshxonadagi qarzlarini toʻlash oʻrniga tadbirkorga bosim oʻtkazmoqda

Maktab direktori boʻlgan ayolni soliq idorasi rahbariga qarshi koʻrsatma berishga majburlab, rozi boʻlmagach, kaltaklagan va tazyiq oʻtkazgan Fargʻona viloyati Quva tuman IIB xodimlari endi tadbirkorga bosim oʻtkazib, uning hisobidan yeb-ichishni odat qilishgani ayol boʻldi. Kun.uz tadbirkorlarning murojaatini eʼlon qildi.

Taʼkidlanishicha, IIB xodimlari uch aka-uka yuritadigan oshxonada muntazam ravishda ovqatlanib, pulini toʻlamay kelgan. Qarzdorlik koʻpayib ketgach, oʻz haqini talab qilgan tadbirkorga xodimlar tomonidan bosim boshlangan. Hatto toʻngʻich aka Abror Sodiqov “ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga boʻysunmagani” aybi bilan maʼmuriy qamoqqa tiqilgan. “Xodimlar formada kelib, aroq ichib, oyoqda tura olmasdan yiqilgudek boʻlib chiqib ketishadi”, deydi tadbirkor.

Tadbirkor Ahmadali Yunusovning aytishicha, hammasi Quva tumani IIB boshligʻi oʻrinbosari Baxtiyor Hamroboyevning oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayramiga 3 ta “korobka” qilib berasan, degan topshirigʻi bajarilmaganidan keyin boshlangan.

“Quva tumani Iftixor mahallasida joylashgan “Ulfatlar” nomli oshxonani yuritaman. Shu paytgacha ichki ishlar xodimlari oshxonamizga kelib, yeb-ichib pulini bermay ketar edi. Akam Moskvadan kelib, qarz daftarni koʻrdi va “Nasiya koʻpayib ketibdi, birovga nasiya qilma, qarzlarni tezroq yigʻ”, deb qatʼiy tayinladi. Avvalo Quva tuman IIB boshligʻiga qoʻngʻiroq qildim. “Beraman, beraman, olasan”, deb vaʼda berdi. Undan keyin boshqa ichki ishlar tizimidagi qarzi borlarga birma-bir qoʻngʻiroq qilib chiqdim. Natija boʻlmagach, ilojsizlikdan 1102 ishonch telefoniga aloqaga chiqib, bor gapni aytdim. Shundan keyin ayrim xodimlar qarzini berib ketishdi, ayrimlari esa yoʻq. Keyin esa bizga qarshi ishlashni boshlashdi. Akamga “statya” qoʻyib, 5 sutkaga qamashdi.

Ichki ishlar bilan nizo boshlanishiga sabab Quva tuman IIB xodimi Baxtiyor Hamroboyevning “Ustoz va murabbiylar kuniga “karobka” qilib bering”, degan topshirigʻini bajarmaganim boʻldi. Narxini bilsam har bir “karobka” 1 mln soʻm ekan. 3 mln soʻmlik topshiriq ogʻirlik qildi toʻgʻrisi.

Topshiriq bajarilmaganidan keyin bizga qarshi har xil rejalar tuzishdi, amaliyotlar olib borishdi. Oshxonamni har xil bahonalar bilan berkitmoqchi boʻlishdi. Quvada boshqa oshxonalar ishlab tursa, nega aynan mening oshxonam soat 22:00 da berkilishi kerak? Hayron qolasan kishi. 

Xodimlar tahdidlar qilib, “koʻchada yurishingni oʻyla, oshxona ochishingni oʻyla, tadbirkorlik qilishingni oʻyla”ga tushishdi. Prezident “tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatla”, “tadbirkorga tegma”, deyaptiku.

Odatda IIB xodimlari 200 ming soʻm “schyot” boʻlsa, 100 ming soʻm, 100 ming soʻm “schyot” boʻlsa, 50 ming soʻm beradi. Bermay chiqib ketgani ham boʻladi. Shunda ham rozi boʻlaman. Nega? Rahmatli otam ana shu tizimda ishlagan, shu tizimning nonini yeb, bizni voyaga yetkazgan. Tizimning, otamning hurmatidan xodimlarning koʻnglini olishga harakat qildim. Lekin ular haddidan oshib ketishdi. Tizim menga qarshi ishlashni boshladi. Xodimlarni formada kelib aroq ichib, oyoqda tura olmay yiqilgidek boʻlib chiqib ketishlarining koʻp guvohi boʻlganman. Lekin biror marta sotmadim. Akamni qamatgandan keyin koʻzim ochildi. Halol ishlab topgan haqqimni soʻraganimdan keyin baloga qoldim”, deydi tadbirkor Ahmadali Yunusov.

“Yeydi, ichadi, bolalar berib ketadi, deb ketaveradi” 

“Baxtiyor aka bor Quva IIB boshligʻining oʻrinbosari, 1,8 mln soʻm qarzi bor. Bir marta pul bermagan. Keladi, yeydi, ichadi, bolalar berib ketadi, deb chiqib ketadi. Xoʻp, xoʻpdan boshqa gap ayta olmaymiz. Oxiri nasiya toʻlib ketganda hisoblab chiqsak, 10 mln soʻmdan oʻtib ketibdi. “Nachalnik GAI” Farruh akaning ham qarzi boʻlgan. Uning xodimi Oʻtkir aka ham qarz boʻlgan. “Nachalnik militsiya”ning haydovchisi Ziyod aka ham qarz boʻlgan. Sulton aka ham qarz boʻlgan. Doston aka “uchastkavoy”ning ham 500 ming soʻm qarzi bor. Qarzlar toʻlib-toshgandan keyin ishonch telefoniga chiqishga qaror qildik.

Bunga javoban biz bilan olishishni boshlabsanlarmi, deb 15 oktabr kuni akamni 5 sutkaga olib kirib qoʻyishdi. Avaz aka, JTSBning boshligʻi. Skuterda ketayotgan bolani aynan jiyanimizligini bilib turib, atay toʻxtatgan. Toʻxtatib, qoʻlini qayirib turgan akam borgunicha. Akam voqea joyiga yetib borib, tortishib ketgan. Oʻzlari atay janjal chiqarishdi. Buning ortidan akamni 5 sutkaga qamab qoʻyishdi.

Akamning 1,5 mlrd soʻm krediti bor. Kredit olib, mana shu choyxonamizni yurityapmiz. IIBning sovgʻa olib ber, degan topshiriqlarini bizga ortiqchalik qiladi.

Ayrim IIB xodimlari formada oshxonamizga keladi-da, spirtli ichimliklar ichadi. Oyoqda tura olmaydigan darajada ichganidan keyin noiloj bir ikki marta uyiga tashlab qoʻyganman. Qilgan ishimni tana qilmayman, lekin shunga majbur qilishdi bular.

150 ming soʻmdan qoʻy goʻshti, 135 ming soʻmdan halol mol goʻshti olib ishlatamiz. Bular kelib yeb-ichib ketadigan boʻlsa, pulini qayerdan olib qoplayman?!  Kreditlarim, soligʻim, svetim, gazim bor, ishchilarim bor. Bu ketishda oshxonamni yopishim kerak. Ishlashdan foyda qolmadi. Faqat shularga ishlab berishim kerak. 

Akamni 5 sutkaga qamab qoʻyishganidan keyin viloyatga yozdik, apellyatsiyaga berdik. 15 oktabr kuni kirgan boʻlsa, 17 oktabr kuni chiqdi”, deydi Mashhurbek Yunusov.

“Qarzni toʻlanglar desak doʻq-poʻpisaga oʻtishdi” 

“Safardan Quvaga qaytib kelib, qarz daftarni ochsam, qarzdorlik toʻlib-toshib ketibdi. “Uchastkovoy”larning boshligʻi 400 ming soʻm, 12-boshliqni 1,8 mln soʻm,  IIB boshligʻi haydovchisi 260 ming soʻm... Ukam qarzni qaytaringlar, deganida IIB boshligʻining haydovchisi kelib, doʻq-poʻpisa qilib, senlarga reyd boshlaymiz, deb ketibdi. JTSB boshligʻi Avazbek aka bizga nihoyatda koʻp bosim oʻtkazdi. Kelib oshxonani berkitasan, deb ovqatlanib oʻtirganlarni haydadi, boshqa qildi. Xoʻp dedik, koʻzimizni yumdik. Boʻpti dedik.

Jiyanim nomersiz skuter haydagini uchun IIB xodimi uni ushlab, qoʻlini qayiribdi. Voqea joyiga yetib borib jarimasini toʻlayman desam ham tortishuv toʻxtamadi. Spirtli ichimlik ichgansan, deb 5 sutkaga olib kirib qoʻyishdi. Lekin aroq ichmagandim. Xudoga shukur, adolat bor ekan, sud oqlab, qamoqdan chiqarib berdi. Bizning aybimiz ichki ishlar xodimlaridan haqqimizni soʻrab qoʻyganimiz boʻldi.

Davlatga har oy 12,8 mln soʻm soliq toʻlayman. Davlatga ziyon keltirmaganman. Prezidentimiz tadbirkorlarga keng yoʻl ochib beryapti. Lekin Quvada buning aksi boʻlyapti: “uchastkavoy”lar oʻz vazifasini suisteʼmol qilib, davlat bergan formasidan foydalangan holda bizga tazyiq, bosimlar oʻtkazyapti,” deydi tadbirkor Abror Sodiqov.

JIB Quva tuman sudining 2025 yil 15 oktabrdagi qarori bilan Abror Sodiqov ichki ishlar organlari xodimlarining oʻz xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish hamda ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik huquqbuzarliklarini sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Sud qarorida Abror Sodiqov hech qanday hujjatlarsiz skuter boshqarib ketayotgan voyaga yetmagan jiyanini toʻxtatgan IIB xodimlarining oldiga Malibu mashinasida kelib, yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda mashinasini yoʻlning qarama-qarshi tomoniga toʻxtatgani, IIB xodimlarining mashinani yoʻlning qatnov qismidan olishi haqidagi qonuniy talablarini bajarmagani keltirilgan. Tadbirkor esa sudda IIB xodimlari suhbat davomida qattiq gapirgani uchun tortishganini maʼlum qilgan. 

Fargʻona viloyati sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 17 oktabrdagi qarori bilan dastlabki sud qarori bekor qilingan va ish qoʻshimcha oʻrganish uchun Quva tuman IIBga yuborilgan. Ammo bu orada Abror Sodiqov 3 kun umrini qamoqda oʻtkazib boʻlgandi. Surishtiruvga qaytgan ishning taqdiri esa hozircha nomaʼlum.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Aholining banklar oldidagi qarzi $20,3 milliardga yaqinlashdi

O‘zbekiston aholisi banklardan tobora ko‘proq qarz olyapti. 2026 yil boshidan buyon jismoniy shaxslarning banklar oldidagi qarzi 19,5 trillion so‘mga (20,3 milliard dollar) yetdi. Eng qizig‘i — qarzning o‘sishi ipotekada emas. Eng tez o‘sayotgan segment kredit kartalari va overdraftlar bo‘lib, 33,5 foizga oshgan.

Iqtisodiyot

07.09.2026, 17:58

Isroil harbiy samolyotlari Livan janubiga hujum uyushtirdi

Isroilning Livan janubiga bergan havo zarbalari oqibatida kamida 11 kishi, jumladan, ikki nafar bola va ikki nafar tibbiyot xodimi halok bo‘ldi.

Jahon

07.09.2026, 16:26

2026-yilda O‘zbekistondan ko‘chib ketganlarning 83 foizi Qozog‘istonga yo‘l olgan

Hududlar kesimida eng ko‘p fuqaro Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va Navoiy viloyati  hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Oʻzbekiston

07.09.2026, 14:31

Tramp Nyu-Meksiko shtatini qayta nomlashni taklif qildi

Nomlarni o‘zgartirishga ishtiyoqmand Donald Tramp yangi nishon topdi: u Nyu-Meksiko shtatini “Yangi Amerika” deb nomlashni taklif qildi. 

Jahon

07.09.2026, 11:35

Bugundan ayrim talabalar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

Mazkur avtobuslar faqat ertalabki tig‘iz vaqtda — soat 07:00 dan 08:00 gacha harakatlanadi.

Ta'lim

07.09.2026, 10:52

Shimoliy Koreya javob zarbalariga qodir harbiy esminesni suvga tushirdi

Ayni paytda AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya dengiz kuchlari ham yarimorol yaqinida harbiy mashg‘ulotlarni boshlagan.

Jahon

07.09.2026, 10:43

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘l oldi

Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasi final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Sport

07.09.2026, 09:51

Rossiya Kiyevdagi xavfsizlik xizmati rahbarining idorasini nishonga oldi

Rossiya droni Kiyevdagi Ukraina Xavfsizlik xizmati bosh qarorgohiga zarba berdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskvani xavfsizlik rahbarining shaxsiy kabinetini nishonga olganlikda aybladi.

Jahon

05.09.2026, 11:00

Eron Yozuvchilar uyushmasi mamlakatdagi qatllarni qoraladi

Bayonotda aytilishicha, hech qanday jinoyat, hech qanday ayblov va hech qanday holat inson hayotiga qasd qilishni qonuniylashtirib, buni “jazo” deb atashga asos bo‘la olmaydi.

Jahon

04.09.2026, 14:55

SI xodimlarni aslidagidan ko‘ra mahoratliroq ko‘rsatmoqda – tadqiqot

Ofis xodimlarida yangi, ko‘zga ko‘rinmas ustunlik paydo bo‘ldi, ish beruvchilar esa buni doim ham ilg‘ay olmaydi.

Fan-texnologiya

04.09.2026, 13:32

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda

"Yangi Toshkent"da qad rostlayotgan aeroport "mintaqa darvozasi" bo'lishi mumkin. Biroq bu maqomga qo'shni Qozog'iston ham da'vogarlik qilmoqda.

Oʻzbekiston

04.09.2026, 11:24

Vladimir Putin: “Menimcha, urushni tugatish imkoniyati bor”

Putin Ukrainadagi urushni yakunlash imkoniyati mavjudligini, Zelenskiy esa bitimga vositachilik qilishga urinayotgan AQSH muzokarachilari tez orada Moskva va Kiyevga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Siyosat

04.09.2026, 09:46

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda

Avtomobil savdosi orqali chegara ortiga nima yuborilgan?

Oʻzbekiston

04.09.2026, 09:25

Norvegiya Rossiyaning “Professor Molchanov” nomli kemasini hibsga oldi

Operatsiya Ukrainaning 2014-yilga oid 4,2 milliard dollarlik da’vosi sababli amalga oshirilgan.

Jahon

03.09.2026, 15:56

Rasman: Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

2026-yil 15-sentyabrdan boshlab  Tailandga kirish qoidalari o‘zgarmoqda.

Oʻzbekiston

03.09.2026, 15:31

Ishlayotgan onalarga bolasi bir yoshga to'lgunga qadar nafaqa to'lanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig'ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilandi.

Oʻzbekiston

03.09.2026, 14:48

Eron raketa va dronlari Quvaytga hujum qildi

Quvayt armiyasining ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari dushman nishonlarini tutib qolgani uchun mamlakatda kuchli portlashlar eshitilgan.

Jahon

03.09.2026, 11:53

Özbekiston startaplar boʻyiça «Yil mamlakati» deb eʼlon qilindi

Uç yil içida 111-örindan 79-öringa — Özbekiston dunyo startap xaritasida qanday sakraş qildi?

Fan-texnologiya

03.09.2026, 09:57

Pentagon 30 yoshdan katta harbiylar uchun testosteron tekshiruvini joriy qildi

Bu chora-tadbirlar gormonal va energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish orqali harbiy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan.

Jahon

03.09.2026, 09:55

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi

Qabul çegarasiga bir neça ball yetmay qolgan abituriyentlarga talabalik qançaga tuşadi?

Ta'lim

02.09.2026, 17:55

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →