updated: 22.03.2026, 16:31

Samarqandda qimorga mukkasidan ketgan shaxs aka va ukasining qiynogʻidan soʻng vafot etdi

Aka-uka onlayn qimorga mukkasidan ketgan oʻrtancha oʻgʻilni bu yoʻldan qaytarish maqsadida daraxtga bogʻlab qoʻyib, kaltaklashgan. Oqibatda ogʻir tan jarohati olgan 29 yoshli yigit vafot etgan. «Odamlardan, bankdan qarz olib, onlayn qimorga tikib yuborardi. Odamlar uyga qarzlarini soʻrab kelardi, akasi va ukasi toʻlardi», degan oʻgʻillarning otasi sudda.

Ulashish:

Samarqandda qimorga mukkasidan ketgan shaxs aka va ukasining qiynogʻidan soʻng vafot etdi

Samarqand shahrida qimorga berilgan oʻrtancha oʻgʻilning oʻlimiga sabab boʻlgan aka-uka jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Sud hukmida keltirilishicha, 30 yoshli U.A. va 23 yoshli Q.A. oʻrtancha oʻgʻil J.A.ni qimor oʻyinidan qaytarish maqsadida «tarbiyalab» qoʻymoqchi boʻlishgan. Ular 2025 yil 20 iyun kuni soat 15:00 larda yashash uylarida J.A.ni kaltaklab, arqon bilan hovlidagi daraxtga bogʻlab qoʻyishgan. Soʻngra U.A. gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilingan J.A.ning tanasining turli qismlariga sim kabel bilan shafqatsizlarcha urib, unga qasddan jarohat yetkazgan. Oqibatda ogʻir tan jarohati olgan J.A. hodisa joyida vafot etgan.

U.A. sudda aybiga toʻliq iqrorlik billirgan va maqsadi ukasini qimordan qaytarish boʻlganini aytgan.

«Oʻrtancha ukam J.A. ayrim fuqarolardan qarz boʻlib qolgandi. Topgan pulini onlayn qimorga tikib yuborardi. Uydagi koʻp narsalarni, turmush oʻrtogʻi, hatto onamga tegishli boʻlgan tilla taqinchoqlarni ham sotib, pullarini onlayn qimorga sarflab yubordi. 

2025 yil 20 iyun kuni tushlikka yaqin ukamning oldiga borib, toʻlashi lozim boʻlgan krediti nima boʻlganini soʻradim. U pullarni qimorga tikib, yutqazib qoʻygani, ishlab toʻlashini aytdi. Uning gaplaridan jahlim chiqib, ogʻzaki tarzda tortishib qoldim. Soʻngra uni bu yoʻldan qaytarish maqsadida kichik ukam Q.A.ga qoʻngʻiroq qilib, uni chaqirdim.

Shu kuni soat 15:00 lar atrofida J.A.ni urdik. Soʻngra arqon bilan hovli oʻrtasidagi daraxtga bogʻladik. Shundan keyin taxminan 30 daqiqa tanasining duch kelgan joylariga sim kabel bilan urdim. Kichik ukam esa yonimda qarab turdi. J.A.ning yuzi, boshi va tanasi shilinib, qon oqa boshladi. Keyin uni arqondan boʻshatib, yuvintirdik hamda tashqaridagi krovatga yotqizdik. J.A. issiq ekanini aytgach, uyga olib kirdik. Soʻngra u dam olishini aytib, uxladi. Ancha vaqt oʻtgach tobi qochdi, yuragi sekin ura boshladi. Tez tibbiy yoram chaqirdik. Yetib kelgan shifokorlar ukam vafot etganini aytishdi», degan U.A. suddagi koʻrsatmasida.

Aka qilgan ishidan pushaymonligini aytib, bir ukasining oʻlimiga, kichik ukasining qamalishiga sababchi boʻlganidan vijdon azobida qiynalayotganini bildirgan.

Q.A. ham sudda akasinikiga oʻxshash koʻrsatma bergan.

J.A.ning otasi I.T. ham sudda koʻrsatma berib, oʻrtancha oʻgʻli qimorga berilgan boʻlgani, odamlardan qarzi koʻpayib ketganini maʼlum qilgan.

«Oʻrtancha oʻgʻlimning ishi yaxshi edi, u payvandlash ishlari bilan shugʻullanardi. 3-4 yildan buyon onlayn qimor oʻyinlariga berilib qoldi. Bu kabi oʻyinlarni oʻynamasligi haqida bir necha marta tayinlab, tanbeh berganman. Ammo u gapimga kirmadi, ishlagan pulini onlayn qimor oʻyinlariga tikib yuboraverdi. Uyga biror marta pul olib kelmagan. Akasi va ukasi ham qimor oʻynamasligi, oxiri baribir qarz boʻlib qolishini aytishsa-da, ular bilan janjal qilardi. Qarzi koʻpayib ketdi, odamlar uyiga pulini soʻrab kelaverganidan soʻng akasi va ukasi qarzlarini toʻlab berishni boshladi. Lekin u odamlardan ham, bankdan ham qarz olib, topgan pulining hammasini onlayn qimorga tikishdan qaytmadi», degan ota.

I.T. sudda kichik oʻgʻliga qamoq bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlashni soʻragan. 

Samarqand shahar sudi hukmi bilan U.A. va Q.A. Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi «a» bandi va 104-moddasi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Akaga 8,5 yil, ukaga esa 6,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Oʻzbekiston

13.10.2025, 15:52

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi

Islomoboddagi kasalxonada yuz bergan fojiadan so'ng sog'liqni saqlash sohasining yuqori lavozimli rahbari vazifasidan chetlatildi.

Jahon

26.08.2026, 15:35

Telefon raqami orqali bank hisobraqamiga pul o'tkazish joriy etiladi

Markaziy bank telefon raqami orqali bank hisobvaraqlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri pul o'tkazmalarini amalga oshirishning yangi tartibini tasdiqladi.

Iqtisodiyot

26.08.2026, 15:06

Buyuk Britaniya AQSHning Eronga qarshi sanksiyalarini olqishladi

Buyuk Britaniya moliya vaziri yangi hokimiyat Eronga qarshi 240 dan ortiq sanksiya joriy qilganini aytdi.

Siyosat

26.08.2026, 11:47

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozida vaqtinchalik koridor ochishni muhokama qilmoqda

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalar harakatini tartibga solish hamda minalardan tozalashga oid  qo‘shma loyiha bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

Siyosat

26.08.2026, 10:36

AQSH Eronni iqtisodiy bosim bilan sindira oladimi?

AQSH nega Eronga qarshi yangi iqtisodiy jang ochdi? Harbiy bosim natija bermagach, Vashington endi neft savdosi va yashirin moliyaviy tarmoqlarga qarshi keng ko'lamli kampaniyaga o'tmoqda.

Jahon

26.08.2026, 10:24

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?

Toşkent şahar hokimiyati yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib oliş niyatida bölgan fuqarolar uçun yöriqnoma e'lon qildi. Unda şartnoma tuziş va pul tölaşdan oldin quriliş obyektining qonuniyligini tekşiriş böyiça tavsiyalar berilgan.

Oʻzbekiston

26.08.2026, 09:52

Diyego Maradonaning “Xudoning qo‘li” to‘pi arzonga – 3,35 million dollarga sotildi

1986-yilgi Jahon chempionatida Argentina-Angliya o‘yinida ishlatilgan Adidas Azteca to‘pi kimoshdi savdosida taxmin qilingan 10 million dollarlik narxiga yeta olmadi.

Sport

25.08.2026, 15:08

Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirmoqchi bo‘ldi – Netanyahu

“Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirishga urindi, shuning uchun xavfsizlik choralari hashamat emas”, – dedi Isroil bosh vaziri.

Jahon

25.08.2026, 14:01

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 5 milliontaga yaqinlashdi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining qariyb 93 foizini yengil avtomobillar tashkil etadi.

Oʻzbekiston

24.08.2026, 14:53

AQSH sudi O‘zbekiston fuqarolariga immigratsion vizalar taqiqini bekor qildi

Nyu-York federal sudi AQSH Davlat departamentining 75 davlat fuqarolariga immigratsion vizalar berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi. Qaror O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolariga ham daxl qiladi.

Siyosat

24.08.2026, 09:36

Rossiyaning Ukrainaga oxirgi hujumlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi jarohatlandi

“Bunday hujumlar terrorchilik harakatlaridan boshqa narsa emas. Biz albatta javob qaytaramiz”, — dedi Zelenskiy.

Jahon

22.08.2026, 10:47

Rossiya tinchlik bo‘yicha yangi takliflarni eshitishga tayyor — rossiyalik rasmiy

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha yangi takliflarni tinglashga ochiq, biroq har qanday taklif “mavjud voqelikni” aks ettirishi lozim.

Siyosat

21.08.2026, 14:32

Ukraina “Masha va ayiq” multserialiga sanksiya joriy etdi

Ukraina “Masha va ayiq” animatsion serialini yaratish va tarqatishga aloqador bo‘lgan besh nafar rossiyalik va to‘rtta tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.

Jahon

21.08.2026, 10:40

Trampning iqtisodiy izolyatsiyasi AQSHga “navbatdagi mag‘lubiyatni” olib keladi – Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri Donald Trampning Tehronga qarshi yangi kampaniyasini AQSHga nisbatan nafratni kuchaytiradigan “muvaffaqiyatsiz siyosat” deb atadi.

Siyosat

20.08.2026, 16:33

AQSH mintaqa resurslarini talon-toroj qilishni ko‘zlagan — Eron spikeri

Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof Qo‘shma Shtatlarning Fors ko‘rfazidagi ishtiroki faqatgina mintaqa resurslarini talon-toroj qilish istagidan kelib chiqishini ta’kidlab, bundan ogohlantirdi.

Siyosat

20.08.2026, 14:50

Rossiya ballistik raketalari hujumi oqibatida Kiyevda kamida 5 kishi o‘ldi

Turar joy binolaridan birida odamlar qamalib qolgan, omborlar va bolalar shifoxonasiga ham zarar yetgan. Ikki slavyan davlati o‘rtasidagi yangi tinchlik muzokaralaridan esa darak yo‘q.

Jahon

20.08.2026, 09:51

Xitoy sun’iy intellekt sohasida raqamli suverenitetni hurmat qilishga chaqirdi

Vashington o‘nlab davlatlarga Xitoy va AQSH o‘rtasidagi sun’iy intellekt poygasida bir tomonni tanlashni aytishga hozirlanmoqda.

Jahon

19.08.2026, 14:34

Toshkent shahri uchun “Noqonuniy qurilish” maxsus Telegram-boti ishga tushdi

Ushbu (@noqonuniy_qurilish_bot) Telegram-bot orqali poytaxtdagi noqonuniy qurilishlar haqida tezkor ma’lumot berish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Oʻzbekiston

19.08.2026, 12:03

BAA Erondan ikkita raketa uchirilganini ma’lum qildi

Raketalar dengiz transporti harakatini nishonga olgan. Ikkala raketa ham dengizga qulab tushgan.

Jahon

19.08.2026, 10:02

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi.

Oʻzbekiston

18.08.2026, 14:53

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →