Senat qoʻmitalarida sunʼiy intellekt hamda rieltorlik faoliyatiga oid qonunlar koʻrib chiqildi
Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining majlisida “Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi.
Oʻzbekiston
11.09.2025, 10:04
Ulashish:

Sunʼiy intellekt texnologiyalari barcha sohalarning samarali faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatayotgani qayd etildi. Sunʼiy intellekt bugungi kunda insoniyatga keng imkoniyat taqdim etish bilan birga, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga, xususan inson huquqlariga va shaxsga doir maʼlumotlar daxlsizligiga tahdidlarni yuzaga keltira boshladi.
Shu sababli, sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish zarur. Shu munosabat bilan amaldagi bir qator qonunlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, qonunchilikda “sunʼiy intellekt” tushunchasiga taʼrif berilmoqda. Ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda maxsus vakolatli organning vazifalari, axborot resurslarini yaratishda hamda axborot tizimlari ishida sunʼiy intellektdan foydalanishning umumiy qoidalari belgilanmoqda.
Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan axborot resurslariga markirovka qoʻyish tartibi, ular yordamida qonunga xilof ravishda shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni OAV yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatishga yoʻl qoʻymaslik majburiyati belgilanmoqda.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda sunʼiy intellekt vositasida shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilanishi nazarda tutilmoqda.
***
Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi majlisida rieltorlik faoliyatini takomillashtirish hamda tadbirkorlik subʼektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Senatorlar rieltorlik sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali rieltorlik xizmatlari sifatini oshirish zarurati yuzaga kelayotganligi taʼkidlandi.
Qonunning qabul qilinishi davlat organlarining rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlarini kengaytirib, rieltorlik xizmatlari sifati va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik subʼektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlashga hamda qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun bilan Fuqarolik kodeksi hamda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subʼektlarini tugatish tartibini soddalashtirishga doir qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Endilikda mazkur qonun bilan harakatsiz rejimda boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra tugatish muddati uch yildan bir yilga oʻzgartirilmoqda hamda ushbu qoidani yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham qoʻllashni nazarda tutuvchi norma Fuqarolik kodeksida oʻz aksini topadi.
Muhokamalar yakunida qoʻmitalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Oʻzbekiston
11.09.2025, 10:04
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06
So'nggi yangiliklar

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi
Jahon
28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt
Madaniy
27.05.2026, 07:48

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs
Oʻzbekiston
26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi
Iqtisodiyot
26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin
Oʻzbekiston
26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48
Mashhur yangiliklar

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

