Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 18:06

Sirdaryoda bogʻcha tarbiyalanuvchisining oʻlimi ortidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Joriy yilning 7 avgust kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan bola toʻsatdan vafot etgan edi. Mazkur holatga nisbatan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat berdi.

Ulashish:

Sirdaryodagi bogʻcha tarbiyalanuvchisining oʻlimi ortidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Sirdaryodagi bogʻcha tarbiyalanuvchisining oʻlimi ortidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan tuman prokuraturasi oʻtkazgan tergovga qadar tekshiruv doirasida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, uning xulosasiga koʻra, 2022 yilda tugʻilgan I.S. nafas yoʻllari berkilib qolishi oqibatida (obturatsion asfiksiya) vafot etgan. 

Aniqlanishicha, tuman tibbiyot birlashmasi va oilaviy shifokorlik punkti masʼul shaxslari bolaning tugʻilganidan buyon unda aniqlangan kamqonlik (anemiya) kasalligini shu kunga qadar davolash choralarini koʻrmasdan, masʼul mansabdor shaxslar tomonidan bu borada qatʼiy nazorat oʻrnatilmagan. 

Shu bilan birga, I.S.ni bogʻchaga qabul qilishda bolaning umumiy sogʻligʻi haqidagi maʼlumotnoma olinmasdan hamda bola 3 yoshga toʻlmagan boʻlsada, tarbiyalanuvchilar safiga qabul qilingan. Masʼullar tomonidan bolada sogʻligʻi bilan bogʻliq sodir boʻlishi mumkin boʻlgan jarayonlar doimiy nazoratga olinmagan hamda kuzatilgan dastlabki tibbiy simptomlarni muntazam ravishda nazorat qilib borilmasdan, malakali birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻrilmagan. 

"I.S.ning vafot etganligi holati yuzasidan Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmasi va oilaviy shifokorlik punkti masʼul xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) hamda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi 1-qismi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgdi", deyiladi munosabatda. 

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Oʻzbekiston

12.09.2024, 18:19

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Fargʻonada fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi

Maktabga borishda Toshkent–Fargʻona magistral yoʻlida piyodalar uchun yoʻlak yoʻqligi va bolalar uchun xavfsiz yoʻl talabi koʻtarildi.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 10:29

Toshkentdan Sirdaryoga koʻchayotgan biznesmenlarga yangi imtiyozlar beriladi

Toshkent shahridagi sanoat korxonalarini bosqichma-bosqich boshqa hududlarga koʻchirish jarayoni davom etmoqda. Sirdaryoga koʻchishni rejalashtirayotgan tadbirkorlarga erkin iqtisodiy zonadan soddalashtirilgan tartibda va chegirma asosida yer ajratiladi. Shuningdek, 10 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit berilishi hamda xomashyolarni temir yoʻl orqali tashishda arzonlashtirilgan tariflar qoʻllanishi belgilandi.

Oʻzbekiston

05.12.2025, 10:31

Sirdaryo tumani soliq rahbarining haqoratli murojaati tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari ekani aytilayotgan mansabdor xodimlariga qoʻpol tarzda baqirib, ularni haqorat qilayotgan video tarqaldi. Unda rahbar oʻz xodimlariga nisbatan keskin, odobsiz va haqoratli soʻzlarni qoʻllagani aks etgan.

Oʻzbekiston

14.11.2025, 09:39

Xovos tumanida hokim oʻrinbosari, Karmana tumanida hokim yordamchisi ushlandi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi oʻrinbosari 10 ming AQSh dollari, Navoiy viloyati Karmana tumanida hokim yordamchisi 40 mln soʻm olgan vaqtida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

06.10.2025, 10:07

Firibgarlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar nomidan aldamoqda – Ombudsman

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga fuqaro M.P. oʻzining ehtiyotsizligi va soddaligi oqibatida katta miqdordagi mablagʻdan mahrum boʻlgani yuzasidan murojaat qilgan edi.

Oʻzbekiston

12.09.2025, 16:26

Elektr toki bilan baliq ovlagan shaxslarga chora koʻrildi

Elektr toki bilan baliq ovlagan shaxslarga chora koʻrildi

Sirdaryoda elektr toki bilan turli xildagi jami 70 dona noqonuniy baliq ovlagan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Ekologiya va atrofni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar qildi.

Oʻzbekiston

01.08.2025, 10:00

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Pokiston xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish hamda Xunjarob dovoni orqali o‘tuvchi “Pokiston–Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” yo‘lagi bo‘ylab hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Iqtisodiyot

07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida

Qamoqda saqlanayotgan  tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti  sovrindori Narges Muhammadiy yurak xastaligi tufayli og‘ir ahvolda.

Jahon

06.05.2026, 17:11

FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi

Muxlislarning tanqidlari kuchayib borayotgan bir paytda Infantinoning aytishicha, juda baland narxlar Jahon chempionatini tomosha qilishga bo‘lgan talabni aks ettiradi.

Sport

06.05.2026, 16:09

Yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 18 milliard dollarga yetdi

Joriy yilning ilk choragida O‘zbekiston jahonning 170 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.

Iqtisodiyot

06.05.2026, 14:58

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Ukrainaning biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vakillari Ukrainadagi yirik kompaniyalar rahbarlari va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston

06.05.2026, 14:20

Sobiq birinchi xonimning qamoq muddatini uzaytirgan janubiy koreyalik sudya o‘lik holda topildi

Mahalliy OAV marhum o‘limidan oldin xat qoldirgani haqida xabar bergan, biroq tergovchi buni rad etdi. 

Jahon

06.05.2026, 13:51

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatini Xitoy va Hindiston ko‘rolmasligi mumkin

FIFA Jahon chempionati boshlanishiga bir necha hafta qolgan bo‘lsa-da,  Xitoy va Hindistonda media huquqlarini sotish bo‘yicha muzokaralar hali tugamaganini ma’lum qildi.

Sport

05.05.2026, 15:59

Trampning “Ozodlik loyihasi” – bu boshi berk ko‘cha loyihasidir - Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri AQShni, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarini ham ogohlantirdi.

Jahon

05.05.2026, 13:24

Rossiya 9-mayga “jiddiy bo‘lmagan” sulh e’lon qildi

Rossiya 4-may kuni Ukrainaning Merefa shahriga ballistik raketa orqali zarba berdi, oqibatda yetti kishi halok bo‘ldi. Endi esa Moskva G‘alaba kunini tinch nishonlash maqsadida 8-9-may kunlari uchun vaqtinchalik sulh taklif qilmoqda. 

Jahon

05.05.2026, 11:20

Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi

Samarqandda davom etayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishida bank rahbari Masato Kanda nutq so‘zladi.

Oʻzbekiston

04.05.2026, 16:40

Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi

3-may kuni Niderlandiyaning Oceanwide Expeditions kompaniyasi o‘zining MV Hondius ekspeditsiya kemasida “o‘ta og‘ir tibbiy vaziyat” yuzaga kelganini ma’lum qildi.

Jahon

04.05.2026, 15:06

Ko‘p kvartirali uylarga oid yangi taqiqlar

Avtotransport vositalarini ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkalaridagi gazonlar ustiga, xiyobonlarga, bolalar maydonchalariga, trotuarlarga, kirish yo‘laklari qarshisiga qo‘yish taqiqlanadi.

Oʻzbekiston

02.05.2026, 17:54

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi

2027-yilning mart oyida topshiriladigan navbatdagi “Oskar” taqdirlash marosimiga oid yangi qoida joriy etildi.

Madaniy

02.05.2026, 17:05

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq

Yarim tunda London markazida noma’lum haykal paydo bo‘ldi — ertalab esa uning ortida dunyoga mashhur sirli rassom Benksi turgani ochiqlandi.

Madaniy

01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi

19-aprel kuni isroillik askarning Iso Masih ramzi bo‘lgan haykalni sindirib ketgani bilan bog‘liq munozaralar tinchib ulgurmagan bir paytda, Isroil nasroniylarga qarshi yana bir nafrat jinoyati bilan kun tartibiga chiqdi.

Jahon

01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi

Respublikada 150 ming kilometrdan ortiq daryolar, soylar va kanallar bor. Ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishning katta qismi hamon tabiiy gaz va ko‘mirga bog‘liq. Gidroenergiya ulushi esa 10-12 foiz atrofida.

Iqtisodiyot

01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi

5 yil muqaddam sodir bo‘lgan o‘sha portlashda 13 nafar AQSh harbiysi va 160 nafarga yaqin afg‘onistonlik tinch aholi vakili halok bo‘lgandi.

Jahon

01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish payshanba kuni Vashingtonning mablag‘larni ajratishga shartlar qo‘ygani haqidagi xabarlardan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarning ushbu jahon tashkilotidan milliardlab dollar qarzi “muzokara qilinmasligi”ni ta’kidladi.

Jahon

01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi

Seshanba kuni AQSh ommaviy axborot vositalari Pentagon maxfiy operatsiyalarda Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini xabar qildi.

Fan-texnologiya

30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda

Zelenskiy Ukraina rasmiylariga Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifi yuzasidan Tramp jamoasi bilan bog‘lanishni topshirdi.

Jahon

30.04.2026, 17:30

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →