Toshkent shahar IIBB boshligʻi va prokuroriga «hayfsan» berildi: poytaxtda 800 dan ortiq jinoyat hisobdan yashirilgan
Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sabab shahar IIBB boshligʻi Ravshan Sultonxoʻjayev va shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar Oʻrmonovga nisbatan intizomiy jazo — «hayfsan» qoʻllanildi.
Oʻzbekiston
27.01.2026, 17:00
Ulashish:

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlat rahbari poytaxt huquq-tartibot tizimida jiddiy kamchiliklar mavjudligini keskin tanqid qildi. Xususan, tergovchi va surishtiruvchilar malakasining yetishmasligi oqibatida oʻtgan yili 833 ta holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilmay, hisobdan yashirilgani qayd etildi.
Rasmiy hisobotlarda jinoyatchilik kamaygani koʻrsatilganiga qaramay, shaharda 26 ta mahalla «qizil», 465 tasi esa «sariq» toifada qolmoqda. Mazkur holatlar asosida Ravshan Sultonxoʻjayev va Anvar Oʻrmonovga olti oylik sinov muddati tayinlandi. Agar ushbu davrda vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarmasa, lavozimga loyiqlik masalasi qayta koʻrib chiqilishi maʼlum qilindi.
Yigʻilishda Toshkentning ayrim tumanlarida respublika miqyosida eng yuqori jinoyatchilik koʻrsatkichlari qayd etilgani taʼkidlandi. Xususan:
- Chilonzor tumani — oilaviy zoʻravonlik, talonchilik va bezorilik boʻyicha respublikada yetakchi;
- Yunusobod tumani — bosqinchilik holatlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega;
- Yashnobod va Mirobod tumanlarida qotillik jinoyatlari koʻp qayd etilgan;
- Olmazor tumani — qasddan tan jarohati yetkazish holatlari boʻyicha yetakchi;
- Shayxontohur tumani — talonchilik jinoyatlari eng koʻp qayd etilgan hudud sifatida tilga olindi.
Yuqorida sanab oʻtilgan besh tuman IIB boshliqlari toʻliq yangilandi. Yangi rahbarlar oldiga jinoyatchilikni keskin kamaytirish va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish talabi qoʻyildi.
Shuningdek, shahar rahbarlarining faqat «mikroavtobusda aylanish» bilan cheklanib qolgani, tuman hokimlari va «mahalla yettiligi» bilan hamjihatlikda ishlamayotgani tanqid ostiga olindi. Taʼkidlanishicha, jamoatchilik bilan yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilsa, poytaxtda yiliga 7,5 mingta jinoyatning oldini olish imkoni mavjud.
Oʻzbekiston
27.01.2026, 17:00
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42

Cobalt sotuvlari quladi: UzAuto Motors avtokredit shartlarini yumshatmoqda
Iqtisodiyot
03.07.2026, 17:30
So'nggi yangiliklar

Tramp Jahon chempionati finalida ham diqqat markazida bo‘ldi
Sport
20.07.2026, 11:13

Argentina terma jamoasini kelajakda kim boshqarishi noaniq
Sport
20.07.2026, 10:07

Hindiston ilk xususiy orbital raketasini uchirdi
Fan-texnologiya
18.07.2026, 15:23

Ukraina hujumlari oqibatida Rossiyada 7 kishi halok bo‘ldi, neft bazasida yong‘in kelib chiqdi
Jahon
18.07.2026, 14:48

Endi Tramp prezidentlik mavqeyidan ham “soqqa” qilishi mumkin
Jahon
18.07.2026, 12:54

JCH–2026 finali AQSh tarixidagi eng qimmat sport musobaqasiga aylandi
Sport
18.07.2026, 11:08

Telefoningiz bosh barmog‘ingizni ishdan chiqaryapti — tadqiqot
Fan-texnologiya
18.07.2026, 10:13

Yirik avariyalarning oldini olish uchun quyidagi hududlarda svet 2 soatgacha o‘chirilishi mumkin — Energetika vazirligi
Oʻzbekiston
17.07.2026, 15:54

15 yoshga to‘lmagan bolalarning ishlashi qonuniymi?
Oʻzbekiston
17.07.2026, 14:07

Britaniya 16 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlamoqda
Jahon
17.07.2026, 09:44

O‘zbekistonda reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlarga yangi cheklovlar joriy etiladi
Oʻzbekiston
16.07.2026, 17:35

O‘zbekistonda kutubxonalar soni oshmoqda
Madaniy
16.07.2026, 16:47

Ayrim Isroil amaldorlari urushni cho‘zmoqchi — AQSH vitse-prezidenti
Siyosat
16.07.2026, 15:54

Besh yil avvalgi bashorat: Argentina Ispaniyani 3:2 hisobida yutadi
Sport
16.07.2026, 15:16

Yakuniy tinchlik uchun Armaniston konstitutsiyasini o‘zgartirishi kerak — Boku
Siyosat
16.07.2026, 14:45

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

Rossiyada migrantlar geolokatsiyasi kuzatilishi uchun maxsus smartfon sotib olishga majburlanishi mumkin
Jahon
16.07.2026, 10:52

Turkmaniston O‘zbekiston SIM-kartalariga qarshi reyd boshladi
Jahon
15.07.2026, 17:58

Yevropa Ittifoqi va Ukraina dron ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon
15.07.2026, 16:51
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42

Cobalt sotuvlari quladi: UzAuto Motors avtokredit shartlarini yumshatmoqda
Iqtisodiyot
03.07.2026, 17:30
