Uyi buzilishga tushgan fuqarolarga 3 turdagi kompensatsiya taklif etiladi
Respublika boʻyicha 42 mingdan ortiq koʻp qavatli uylar mavjud boʻlib, ularning 17 mingtasi 2-3 qavatli hisoblanadi.
Oʻzbekiston
06.08.2025, 11:08
Ulashish:

Har yili 145 mingta turar joyga boʻlgan talabni qondirish uchun 2019-2023 yillar davomida oʻrtacha 60 mingta, 2024 yilda esa 100 mingta yangi turar joylar qurilgan boʻlib, bu borada oʻsib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun qoʻshimcha yer resurslari talab etilmoqda.
Bugungi kunda respublika boʻyicha 42 mingdan ortiq koʻp qavatli uylar mavjud boʻlib, ularning 17 mingtasi 2-3 qavatli hisoblanadi. Bu uylarning 343 tasi foydalanish muddatidan oʻtgan, yaʼni texnik jihatdan yaroqsiz hisoblanadi. Elektr, suv taʼminoti eskirgan, ayrimlarida oqova suv tarmogʻi ham mavjud emas. Hojatxonalari umumiy yoki uy tashqarisida joylashganlari ham yoʻq emas. Ammo shunga qaramay, bu uylarda aholi vakillari yashashda davom etmoqda.
Tahlillarga koʻra, 17 mingta 2-3 qavatli uylar oʻrnida 7-9 qavatli 13,5 mingta zamonaviy uy-joy qurish imkoniyati mavjud. Bu esa hozirgi hududda taxminan 3 barobar koʻp aholini uy-joy bilan taʼminlash mumkin. Yangi quriladigan uylar esa zamonaviy, barcha sharoitlarga ega holda, energetik va infratuzilma resurslarini tejagan holatda barpo etiladi.
Bu sohada yagona qonun hujjati mavjud emas edi. Shundan kelib chiqib, jamoatchilik va soha mutaxassislari ishtirokida “Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat loyihasi parlament quyi palatasining bugungi majlisida birinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, loyihada shaharsozlik renovatsiyasi asoslari va maqsadlari, majburiy shartlari, asosiy prinsiplari, renovatsiya bosqichlari, bu borada loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi, sohada davlat boshqaruvi asoslari belgilanmoqda.
Shuningdek, shaharsozlik renovatsiyasi loyihasini boshlash uchun barcha huquq egalari bilan notarial tartibda kelishuv bitimi imzolanishi belgilanyapti. Yaʼni, hech kim renovatsiyada ishtirok etishga majburlanmasligi hamda renovatsiya ixtiyoriylik prinsipiga asoslanishi mustahkamlanmoqda.
Qonun loyihasida aynan qaysi hududlar renovatsiya qilinishi mumkinligiga doir aniq mezonlar belgilanmoqda. Yaʼni, hududning bosh rejasida renovatsiya hududi sifatida eʼtirof etilgan boʻlishi, uy-joylar yashash uchun butunlay yaroqsiz holda boʻlishi va aholining ijtimoiy holatiga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan holatlar mavjud boʻlishi hududning renovatsiya qilinishiga asos sifatida belgilanmoqda.
Albatta, renovatsiya dasturi loyihasi renovatsiyaga tushadigan uy-joy mulkdorlarining roziligiga asoslanishi hamda keng jamoatchilik muhokamalaridan oʻtkazilishi lozim. Bu borada renovatsiyaga mahalliy hokimlik, shu hudud aholisi va investorlar taklif kiritishi mumkinligi, buning uchun esa oʻsha hududning kamida 80 foiz aholisining roziligi notarial tasdiqlangan boʻlishi shartligi oʻz aksini topgan. Taklif kiritilgandan soʻnggina loyiha ishlab chiqiladi. Mulkdorlarning roziligisiz buzishlarga va qurilishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mulkdorlar uchun uch xil kompensatsiya shakllari nazarda tutilmoqda. Birinchisi, renovatsiya hududining oʻzidan turar yoki noturar joy berish, ikkinchisi, boshqa hududdan joy berish va uchinchisi, uyning bozor qiymatidagi bahosida pul toʻlash.
Bundan tashqari, ijarada yashab turgan aholi vakillari uchun ijara puli toʻlab beriladi. Har bir mulkdorga oʻzining mulki bozor qiymatining qoʻshimcha 12 foizi miqdorida bir martalik tovon puli ham toʻlanadi.
Renovatsiya qurilish muddati 2 yil etib belgilanmoqda. Agar quruvchi 2 yilda qurib ulgurmasa, kechikkan har bir kun uchun mulkdorlarga mulk qiymatining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi.
Shuningdek, har bir loyiha boʻyicha alohida direksiya tuzilishi koʻzda tutilmoqda. Agar qurilish yakunlanmay qolsa yoki choʻzilib ketsa, yangi investor jalb etilib, yakuniga yetkaziladi. Boshlangan loyiha toʻxtab qolmasligi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidn bir qator savollar koʻtarildi. Qonun tashabbuskorlari oʻrtaga tashlangan savollarga batafsil tushuntirishlar berdi. Qizgʻin muhokama va savol-javoblardan soʻng, qonun loyihasining bugungi kundagi dolzarbligi taʼkidlanib, birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Oʻzbekiston
06.08.2025, 11:08
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Uyi renovatsiyaga tushgan fuqarolarga kompensatsiya beriladi
Oʻzbekiston
05.08.2025, 11:02

Buzilayotgan turar va noturarjoy obʼektining bozor qiymati toʻliq qoplab beriladi
Siyosat
24.02.2025, 11:29

Urbanizatsiya Konstitutsiya va inson huquqlarini oyoq osti qilmasligi kerak
Oʻzbekiston
30.08.2024, 17:49
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47
So'nggi yangiliklar

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin
Jahon
07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Iqtisodiyot
07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida
Jahon
06.05.2026, 17:11

FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi
Sport
06.05.2026, 16:09

Yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 18 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
06.05.2026, 14:58

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Ukrainaning biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Oʻzbekiston
06.05.2026, 14:20

Sobiq birinchi xonimning qamoq muddatini uzaytirgan janubiy koreyalik sudya o‘lik holda topildi
Jahon
06.05.2026, 13:51

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatini Xitoy va Hindiston ko‘rolmasligi mumkin
Sport
05.05.2026, 15:59

Trampning “Ozodlik loyihasi” – bu boshi berk ko‘cha loyihasidir - Abbos Aroqchi
Jahon
05.05.2026, 13:24

Rossiya 9-mayga “jiddiy bo‘lmagan” sulh e’lon qildi
Jahon
05.05.2026, 11:20

Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi
Oʻzbekiston
04.05.2026, 16:40

Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi
Jahon
04.05.2026, 15:06

Ko‘p kvartirali uylarga oid yangi taqiqlar
Oʻzbekiston
02.05.2026, 17:54

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq
Madaniy
01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi
Iqtisodiyot
01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi
Jahon
01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi
Jahon
01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi
Fan-texnologiya
30.04.2026, 18:09
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47
