Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Yangi Toşkentda hokim kimga böysunadi, şaharni kim boşqaradi va davlat idoralari qayerda joylaşadi? Prezident farmoni bilan yangi şaharning boşqaruv tizimi belgilandi.
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08
Ulashish:

Саида Мирзиёеванинг Телеграм-канали, 2026-йил 17-сентабр.
Prezidentning 2026 yil 10 noyabrdagi PF–243-son Farmoni bilan Yangi Toşkent şahrida boşqaruv tizimi belgilandi. Hujjatga köra, şaharda alohida hokimlik taşkil etiladi, uning rahbarini Prezident tayinlaydi. Şuningdek, 16 ta davlat organi va taşkilotning hududiy bölinmalari faoliyati yölga qöyiladi.
Farmon 2026 yil 11 noyabrdan kuçga kirgan.
Hokimni Prezident tayinlaydi
Yangi Toşkent şahri hokimini Özbekiston Prezidenti lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Hokim tegişli ma’muriy-hududiy birlik taşkil etilguniga qadar faoliyat yuritadi.
Hokimlikning boşqaruv apparati 14 nafar xodimdan iborat böladi. Uning tarkibiga hokim, birinçi örinbosar va ikki nafar örinbosar, yordamçi, axborot xizmati rahbari (davlat tili böyiça maslahatçi), taşkiliy-nazorat guruhi, boş hisobçi, boş yuriskonsult hamda devonxona kiradi.
Hokim örinbosarlarining mas’uliyat yönalişlarini Yangi Toşkentni rivojlantiriş rejalaridan kelib çiqib, hokimning özi belgilaydi.
16 ta davlat organi bölinmasi taşkil etiladi
Yangi şaharda 16 ta davlat organi va taşkilotning hududiy bölinmalari iş boşlaydi. Ular uçun jami 30 ta ştat birligi ajratiladi.
Bölinmalar quyidagi yönalişlarni qamrab oladi: ekologiya, statistika, iqtisodiyot va moliya, investitsiyalar, ta’lim, quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi, madaniyat, kadastr, yoşlar işlari, oila va xotin-qizlar, sanitariya-epidemiologiya.
Bundan taşqari, şaharda Prezidentning Xalq qabulxonasi, tibbiyot birlaşmasi, soliq inspeksiyasi hamda mahalla fuqarolar yiğini faoliyati yölga qöyiladi.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ham tuzilma oçadi
Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir oy muddatda Yangi Toşkent şahrida öz tuzilmalarini taşkil etişi kerak.
Uşbu tuzilmalar tegişli idoralarning amaldagi ştat birliklari hisobidan şakllantiriladi.
Hokimlikning vakolatlari va xarajatlari
Farmonga köra, hokimlik Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasiga berilgan hududlarda Toşkent viloyati va tumanlari davlat organlari vakolatiga kiradigan masalalar böyiça mustaqil qaror qabul qiladi.
Hokimlik va uning tarkibidagi bölinmalarni saqlaş xarajatlari respublika budjeti hisobidan moliyalaştiriladi.
Farmonda alohida körsatilmagan boşqa davlat organlari esa şaharda Toşkent viloyatidagi mavjud bölinmalari orqali faoliyat yuritişda davom etadi.
Hokimlik vaqtinça qayerda joylaşadi?
Hokimlik va davlat organlarining yangi taşkil etiladigan bölinmalari vaqtinça sobiq «Yangi Toşkent» loyiha ofisi binosiga joylaştiriladi. Ular uşbu binodan bepul foydalanadi.
Mavzuga oid yangiliklar

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
