Yirik avariyalarning oldini olish uchun quyidagi hududlarda svet 2 soatgacha o‘chirilishi mumkin — Energetika vazirligi
So'nggi kunlarda yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiq havo elektr energiyasi iste'molining keskin oshishiga sabab bo'lmoqda, natijada elektr tarmoqlari o'ta yuqori yuklama ostida ishlamoqda. Buni oldini olish maqsadida bir qator hududlarda qisqa muddatli majburiy cheklovlar joriy etildi.
Oʻzbekiston
17.07.2026, 15:54
Ulashish:

O'zbekiston yagona energetika tizimida 16-iyul kuni sutkalik elektr energiyasi iste'moli 291 million kVt·soatni tashkil etib, yangi rekord qayd etildi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilgi eng yuqori darajadan 18,4 million kVt·soatga (6,7 foizga) yuqori.
Shu bilan birga, 16-iyul kuni sutkalik ishlab chiqarish hajmi ham 295,4 million kVt·soatga yetib, yangi rekord o'rnatildi — bu 15-iyuldagi 291,4 million kVt·soatlik ko'rsatkichdan 4 million kVt·soat (1,37 foiz) ko'p.

Nima uchun tarmoqlar xavf ostida?
Ochiq havoda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari va uskunalari quyosh ta'sirida me'yoriy haroratdan ancha yuqori qizimoqda. Bunga qo'shimcha ravishda, kunduzgi vaqtlarda minglab konditsioner, muzlatkich va boshqa sovutish jihozlarining bir vaqtda ishlashi tarmoqlardagi yuklamani yanada kuchaytirmoqda. Bu esa uskunalarning ishdan chiqishi yoki avariyaga uchrashi xavfini oshirmoqda.
Qanday choralar ko'rilmoqda?
Yirik nosozliklarning oldini olish maqsadida dispetcherlik xizmatlari yuklamani kamaytirish choralarini ko'rmoqda. Xususan, yuklama kritik darajaga yaqinlashgan hududlarda uskunalarni himoya qilish maqsadida qisqa muddatga elektr ta'minoti uzib turilishi mumkin — bu uzoq muddatli ta'mirlash talab qiladigan yirik avariyalarning oldini olish uchun zarur chora hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf etish uchun hududlarda tunu kun faoliyat yurituvchi maxsus avariya brigadalari tashkil etilgan.
Qaysi hududlarda cheklov joriy etildi?
O'ta yuklamaning oldini olish maqsadida bir qator hududlarda 2 soatlik majburiy cheklov joriy etildi:
- Qashqadaryo viloyati, Ko'kdala va Chiroqchi tumanlari — 1750 iste'molchi
- Jizzax viloyati, Sharof Rashidov va Zomin tumanlari — 1200 iste'molchi
- Xorazm viloyati, Shovot, Gurlan va Qo'shko'pir tumanlari — 1300 iste'molchi
- Toshkent viloyati, Toshkent va Zangiota tumanlari — 1000 iste'molchi
Rasmiylar aholidan elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishni, zarurat bo'lmagan hollarda elektr jihozlaridan foydalanishni cheklashni so'radi. Shuningdek, yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so'ralgan.
Oʻzbekiston
17.07.2026, 15:54
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
