Oʻzbekistonda pensionerlariga noyabr oyida transport qatnovlariga chegirmalar beriladi

Uzbekistan Airways va «Oʻztemiryoʻlovchi» noyabr oyida pensionerlar uchun avia va temiryoʻl yoʻnalishlarida vaqtinchalik chegirmalar joriy etmoqda.

Ulashish:

Oʻzbekistonda noyabr oyi davomida keksa yoshdagilar uchun aviaparvoz va temiryoʻl safarlariga maxsus chegirmalar amal qiladi.

Uzbekistan Airways 30 sentabrdan boshlab ichki yoʻnalishlarda iqtisodiy sinfda parvoz qiladigan yoʻlovchilar uchun 15 foizgacha chegirmalar taklif etmoqda. Aksiyadan 60 yoshdan katta erkaklar va 55 yoshdan katta ayollar foydalanishi mumkin. Chegirmalar 1–30 noyabr kunlari amal qiladi.

Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiallari, mamlakatdagi agentliklar hamda uzairways.com sayti orqali xarid qilish mumkin. Shu bilan birga, chegirma faqat yoʻlovchi tashish tariflariga tatbiq etiladi, soliq va yigʻimlarga taalluqli emas.

«Oʻztemiryoʻlovchi» ham keksalar uchun aksiya eʼlon qildi. Jumladan, 2–8 oktabr va 1–30 noyabr kunlari mahalliy yoʻnalishlardagi barcha poyezdlarda (Afrosiyob yuqori tezlikli poyezdlari bundan mustasno) yoʻlkira narxining 20 foiz qismiga chegirma qoʻllaniladi.

Temir yoʻl chiptalarini eticket.railway.uz orqali onlayn tarzda yoki barcha kassalardan xarid qilish imkoniyati mavjud.

Avvalroq Oʻzbekistondagi barcha aeroportlarning ICAO (BMT muassasasi boʻlgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti) kodi oʻzgargani, UT kodi oʻrniga aeroportlarning Oʻzbekistonga tegishliligini anglatuvchi UZ kodi qoʻllanilishi haqida xabar bergan edik.

Oʻzbekiston

03.10.2025, 17:32

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26