Oʻzbekistonda xususiy OTM ochish uchun qoʻshimcha shartlari belgilandi
Hukumatning tegishli qaroriga koʻra, oliy taʼlim muassasi ochmoqchi boʻlgan talabgor dastlabki ustav fondini 2 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirishi zarur.
Oʻzbekiston
03.07.2025, 11:45
Ulashish:

yuz.uz
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat taʼlim xizmatlari sifatini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 403-sonli qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, litsenziyalashning qoʻshimcha shartlari quyidagilardan iborat:
talabgor tomonidan tashkil etilayotgan oliy taʼlim tashkilotining konsepsiyasi taqdim etiladi.
Konsepsiyada quyidagilar koʻrsatiladi:
taʼlim tashkilotining nomi;
maqomi;
boshqaruv tizimi va kadrlari;
asosiy taʼlim va ilmiy faoliyat yoʻnalishlari;
qabul parametrlari;
taʼlim sifatini taʼminlash tizimi va vositalari;
toʻlov-kontrakt miqdori va uning hisob-kitobi;
taʼlim tashkilotini rivojlantirish boʻyicha 5 yillik strategik rejasi;
taʼlim tashkiloti faoliyatiga oid boshqa muhim masalalar.
Talabgor tomonidan nodavlat oliy taʼlim tashkilotining taʼlim jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan moddiy-texnik baza, dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olgan dastlabki ustav fondi (ustav kapitalini) 2 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantiradi;
Keyinchalik talabalar sonining koʻpayib borishiga mutanosib ravishda ustav fondi oshirib boriladi;
Talabgor tomonidan 350 ming AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtiriladi;
Tashkil etilayotgan oliy taʼlim tashkilotining taʼlim jarayoniga moʻljallangan bino va inshootlari maydoni 5 ming kv/metrdan kam boʻlmasligi lozim. Bunda bino universitetning oʻz mulki boʻlishi shart emas, kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalanish) shartnomasi asosida ish boshlash ham mumkin;
Oliy taʼlim tashkiloti tashkil etilgan vaqtdan boshlab dastlabki 5 yil davomida uning yillik sof foydasining kamida 80 foizi, keyingi yillarda esa kamida 50 foizi mazkur taʼlim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltiradi.
Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Qaror kuchga kirgunga qadar litsenziya olgan tadbirkorlik subʼektlari 2026-yil 1-yanvarga qadar oʻz faoliyatini yangi litsenziya talablari va shartlari asosida tashkil etishi lozim.
Oʻzbekiston
03.07.2025, 11:45
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

OTMga kirolmaganlar ertadan apellyatsiya arizalarini berishi mumkin
Ta'lim
14.08.2025, 14:44

Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Ta'lim
26.07.2025, 10:16

Toshkent va Fargʻona shaharlarida OTMga noqonuniy oʻqishga kiritish holatlari aniqlandi
Oʻzbekiston
12.07.2025, 11:57

OTM oʻqishga kirish uchun qabul boshlandi
Ta'lim
05.06.2025, 14:45

OTMlarda kontrakt toʻlovini toʻlash muddati uzaytirildi
Oʻzbekiston
29.10.2024, 09:58

Abituriyentlarning sal kam yarmi testdan yiqildi
Ta'lim
27.07.2024, 14:16
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
