updated: 22.03.2026, 19:27

Abituriyentlarning sal kam yarmi testdan yiqildi

Joriy yilda Oʻzbekistondagi OTMlarga kirish uchun imtihon topshirgan abituriyentlarning 46,9 foizi (345 ming nafari) 56,7 ball ham toʻplay olmadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi. 

Abituriyentlarning sal kam yarmi testdan yiqildi

Abituriyentlarning sal kam yarmi testdan yiqildi

Ochiq maʼlumotlarga koʻra, joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu oʻtgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam degani. Testga kirgan abituriyentlarning 345 ming 869 nafari 56,7 ballni ham yigʻa olmadi. 

Bloger va huquqshunos Xushnuddek Xudoyberdiyevning tahliliga koʻra, bu natijani oʻtgan yilgi holat bilan solishtirganda nisbatan yaxshi. 

"Umuman olganda, yildan yilga yaxshi tomonga oʻzgarish bor. Oʻtgan yili 49,4% foiz, aniqrogʻi 439 ming abituriyent 56,7 ball ham toʻplay olmagandi, joriy yilda bu koʻrsatkich 2.5% ga yaxshilandi. 2024 yilda eng yomon koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Toshkent shahrida (35,9%) qayd etilgan", 

deydi u. 

Oʻtgan yili 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan koʻprogʻi 56,7 balldan past ball olgan. Joriy yilda bunday hududlarning soni 4 taga tushgan. Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati oʻz natijasini yaxshilab, 50 foizdan pastki chiziqqa oʻta olgan. 

Quyidagi hududlar esa oʻtgan yilga qaraganda natijasini eng koʻp yaxshilangan 5 ta hududga kirdi: 

Toshkent shahri — 4,9 foizga; 
Toshkent viloyati — 4,9 foizga; 
Jizzax viloyati — 3.7 foizga; 
Buxoro viloyati — 3,5 foizga; 
Sirdaryo viloyati — 3,1 foizga oshgan. 

"56,7 ball — bu toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Yaʼni abituriyent hech boʻlmasa 30 foiz bilimga ega boʻlsa, ushbu koʻrsatkichni toʻplay oladi. 30 foiz bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak toʻgʻri boʻlar balki",

 deya oʻz fikrini xulosalagan bloger.

Ta'lim

27.07.2024, 14:16

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

OTM oʻqishga kirish uchun qabul boshlandi

OTM oʻqishga kirish uchun qabul boshlandi

2025–2026 oʻquv yili uchun  oliy taʼlim muassasalari va professional taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari boshlandi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar qildi.

Ta'lim

05.06.2025, 14:45

OTMga kirolmaganlar ertadan apellyatsiya arizalarini berishi mumkin

Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma beriladi.

Ta'lim

14.08.2025, 14:44

Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

2025/2026 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Ta'lim

26.07.2025, 10:16

Toshkent va Fargʻona shaharlarida OTMga noqonuniy oʻqishga kiritish holatlari aniqlandi

Toshkent va Fargʻona shaharlarida OTMga noqonuniy oʻqishga kiritish holatlari aniqlandi

Oʻqishga kiritib qoʻyish uchun 4000 va 3800 AQSh dollari olgan shaxslar qoʻlga olindi.Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazdilar.

Oʻzbekiston

12.07.2025, 11:57

Oʻzbekistonda xususiy OTM ochish uchun qoʻshimcha shartlari belgilandi

Hukumatning tegishli qaroriga koʻra, oliy taʼlim muassasi ochmoqchi boʻlgan talabgor dastlabki ustav fondini 2 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirishi zarur.

Oʻzbekiston

03.07.2025, 11:45

OTMlarda kontrakt toʻlovini toʻlash muddati uzaytirildi

OTMlarda kontrakt toʻlovini toʻlash muddati uzaytirildi

2024-2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun shartnoma toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024 yil 1 dekabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

29.10.2024, 09:58

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45