Oʻzbekistondagi voqea diqqat-eʼtiborimiz markazida — Mariya Zaxarova. Rossiya nimaga shama qilmoqda?
Oʻzbekiston Rossiya taʼsirida emas, buyogʻiga davlatning qaysidir siyosiy vakili biz haqimizda gapirsa yoki shaxsiy ishimizga aralashsa uni Oʻzbekistonga kiritmaymiz deb turgan bir vaqtda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Oʻzbekistondan tushuntirish soʻradi. Xoʻsh, nega, qanday masala yuzasidan deb oʻylayotgan boʻlsangiz, bugun PARADIGMA.UZ shu savollaringizga javob beradi.
Siyosat
26.09.2024, 11:55
Ulashish:

Oʻzbekistondagi voqea diqqat-eʼtiborimiz markazida — Mariya Zaxarova. Rossiya nimaga shama qilmoqda?
Avvalroq, tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 188-umumtaʼlim maktabida 6-sinf oʻquvchi rus tili fani oʻqituvchisi tomonidan kaltaklangani tasvirlangan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirgan.
Munosabatda oʻquvchi darsda oʻqituvchisiga gap qaytarib, u bilan tortishib qolgani, janjal vaqtida oʻqituvchi oʻquvchini qulogʻidan choʻzib, oʻtirgan partasidan tortib olib chiqqani hamda yuziga tarsaki urgani, biroq bolaga shikast yetmagani qayd etilgan. Hatto yuqoridagi holat boʻyicha, oʻqituvchiga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani maʼlum qilingan.
Xoʻsh, masala hal, oʻqituvchiga jazo tayinlanadi, hech qursa ishdan ketadi deyotgan boʻlsangiz ham kerak. Ha, albatta, bu taxminlaringiz yuz foiz boʻlmasa ham haqiqatga toʻqson foizga yaqin. Ammo muammo boshqa.
Mazkur video tarmoqlardagi oʻzbek auditoriyasining muhokamalaridan tushgani bilan Rossiya mansab egalarining eʼtiboridan chetda qolib ketmadi. Yaʼni yuqorida taʼkidlaganimizdek, davlatning Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Oʻzbekistondan tushuntirish soʻradi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkentdagi 188-maktabda rus tili darsi oʻtilayotganda oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida boʻlgan voqeaga qanday izoh berasiz?", deya Oʻzbekiston hukumatiga savol yoʻllagan u.
Shuningdek, Zaxarova mazkur holat aks etgan video mazmunidan nihoyatda tashvishlanganini ham bildirgan.
"Ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan doʻstona munosabatlarda hech qanday adovatga, ayniqsa, til masalasidagi adovatga oʻrin yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas", deydi u.
Bundan tashqari, Zaxarova Rossiya Oʻzbekistonda yuz bergan hodisaga huquqiy baho berishni va bolaga nisbatan shafqatsizlik qilgan aybdorga qarshi choralar koʻrishni talab ham qilgan.
"Bu masalani diqqat-eʼtiborimiz markazida tutamiz", deya xulosa qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.
Ammo hanuz Oʻzbekiston hukumati Mariya Zaxarovaning savoliga javob bermadi.
Siyosat
26.09.2024, 11:55
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Zaxarova: "Gʻarb Qozogʻiston va Rossiyani ajratib qoʻymoqchi"
Jahon
29.09.2025, 16:00

Alisher Qodirov Rossiyaning talab qilgan izohiga javob qaytardi
Oʻzbekiston
26.09.2024, 14:33

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda
Jahon
07.03.2026, 11:18

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
