Barcha yangiliklar

Isroil harbiylari yana tinch aholiga hujum qildi
Kecha, 30 iyun kuni Isroil tomonidan Gʻazo shimoliga uyushtirilgan hujumlar oqibatida kamida 62 nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqda "Al Jazeera" telekanali xabar berdi.
Jahon
01.07.2025, 10:20

Ozarbayjon Rossiyadagi barcha tadbirlarni bekor qilmoqda
Ozarbayjon Respublikasi tomonidan Rossiyada oʻtkazilishi rejalashtirilgan barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda Ozarbayjon Madaniyat vazirligiga tayanib, "Azertac" davlat axborot agentligi xabar berdi.
Siyosat
30.06.2025, 13:49

Hindistondagi millatchilik siyosatining hududiy yaxlitlikka taʼsi
Zamonaviy davrda Hindistonda milliy kayfiyat sezilarli darajada kuchaygan. Ayniqsa, 2024 yil aprel-may oylarida boʻlib oʻtgan saylovlarda hokimiyatni saqlab qolgan BJP partiyasi vakillari ushbu millatchilik kayfiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bir tomondan, bu millatchilik siyosatining kuchayishi Hindistonni aynan shunday tizimni joriy qilayotgan davlatlar — AQSh, koʻplab Yevropa mamlakatlari va Isroil kabi ittifoqchilar bilan yaqinlashtirmoqda.
Siyosat
30.06.2025, 11:38

Prokuratura xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi mansab mavqeidan foydalanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3000 AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Oʻzbekiston
25.06.2025, 12:49

Shvetsiya Oʻzbekistondan ishchilarni qabul qilishini rejalashtirmoqda
Shvetsiya Oʻzbekistondan mehnat muhojirlarini qabul qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar qildi.
Siyosat
25.06.2025, 12:23

Isroildagi oʻzbekistonliklar mamlakatni qanday tark etishi mumkin?
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroil-Eron mojarosi tufayli Isroilni mustaqil tark etish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun qanday yoʻl bilan chiqib ketishi mumkinligi haqida maʼlumot berdi.
Siyosat
18.06.2025, 11:26

AQSh bayrogʻini yoqqanlar jazoga tortilishi mumkin
AQSh prezidenti Donalʼd Tramp Amerika Qoʻshma Shtatlari bayrogʻini yoqish jinoyat deb tan olishni taklif qildi. Shuningdek, mamlakat bayrogʻini yoqqan shaxslarni bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qoʻllanish kerakligini aytmoqda. U bu haqda Shimoliy Karolinadagi Fort-Bragg harbiy bazasida chiqish qilganida aytdi.
Jahon
11.06.2025, 16:20

Oʻzbekiston sunʼiy yoʻldoshini "SpaceX" raketasida uchirmoqchi
"Uzbekkosmos" agentligi direktor oʻrinbosari Muxiddin Ibragimovning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston 2028 yilgacha koinotga oʻzining ilmiy-texnik sunʼiy yoʻldoshini uchirishni rejalashtirmoqda.
Oʻzbekiston
09.06.2025, 15:14

Ilon Mask Trampning asosiy qonun loyihasini "jirkanch razolat" deb atadi
Ilon Mask Oq uyda jamoat asosida olib borgan faoliyatidan ketganidan soʻng, AQSh prezidenti Donalʼd Trampning ichki siyosatdagi asosiy tashabbuslaridan biri boʻlgan "Bitta Ulkan Goʻzal Qonun" — soliqlar va mablagʻ ajratish haqidagi qonunni ommaviy ravishda "jirkanch razolat" deb atadi. Bu haqda Mask oʻziga tegishli X tarmogʻidagi sahifasida yozib qoldirgan.
Jahon
04.06.2025, 12:40

Farrux Zokirov "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi
Kecha, 29 may kuni Toshkentdagi "Oʻzbekiston" forumlar saroyida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining Madaniyat quyi komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.
Madaniy
30.05.2025, 14:59

Putinning yadro rejasi fosh boʻldi, tadqiqotchilarning Rossiyaning harbiy bazalarga oid hujjatlarini oʻrgandi
Jurnalist va tadqiqotchilar Rossiyaning Orenburg viloyatida, Qozogʻiston Respublikasi chegarasida joylashgan "Yasniy" harbiy bazasi faoliyatini oʻrgandi. Maʼlum boʻlishicha, Rossiya hukumati bir necha yildan buyon hech qanday rasmiy bayonotsiz oʻzining strategik yadroviy qurollarini keng koʻlamda modernizatsiya qilmoqda. Bu haqda BBC yozmoqda.
Jahon
30.05.2025, 14:31

Boʻrijardagi halokat hamda oxirgi oʻrindagi inson qadri
Toshkent shahrining Belariq mahallasidan oʻtgan Boʻrijar kanalida oqib ketayotgan qizni qutqargan 43 yoshli erkak choʻkib ketdi. Bu halokat nima sabab boʻlgan? Noqonuniy qurilishmi yoki ehtiyotsizlik. Minglab daraxtlarning kesilishi va xavfsizlik talablarining bajarilmasligi bilan kechgan obodonlashtirish ishlari ortidan Boʻrijar kanalining qirgʻoqlari xavfli boʻlib qolgan. Loyiha dastlab yopiq qaror asosida boshlanib, aholi eʼtirozlariga sabab boʻlib kelayotgan edi.
Oʻzbekiston
23.05.2025, 16:45

Bolalar maydonchasi oʻrniga "dom" qurilmoqda
Fargʻona shahrining Mustaqillik koʻchasida joylashgan bolalar maydonchasiga tadbirkor "dom" qurmoqchi. Bunga qarshi chiqqan mahalliy aholiga dastlab pul taklif qilingan soʻngra, "obonchi" ayollar hamda begonalar tomonidan qoʻrqitilib ularga bosim qilinib kelinmoqda.
Oʻzbekiston
16.05.2025, 17:10

Rossiya Malayziya samolyotini urib tushirishda aybdor deb topildi — BMT
Kecha, 12 may kuni BMTning aviatsiya kengashi Rossiya 2014 yilda Ukraina ustida urib tushirilgan Malayziya yoʻlovchi samolyotni urib tushirgan degan xulosaga keldi. Bu halokatda 298 kishi, jumladan, 196 nafar gollandiyalik va 38 nafar avstraliyalik (yoki Avstraliya rezidenti) halok boʻlgan. Bu haqda "Reuters" nashri xabar qildi.
Jahon
13.05.2025, 11:43

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 may kuni Istanbulda Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bevosita muzokaralar oʻtkazishga tayyor ekanini maʼlum qildi.
Jahon
12.05.2025, 13:06

O‘zbekistonda 130 ta obyekt madaniy meros ro‘yxatiga kirishi mumkin
O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan 130 ta inshoot, jumladan, Toshkentdagi Mustaqillik maydonida joylashgan Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi taklif etilmoqda.
Oʻzbekiston
12.05.2025, 10:43

Donald Trampning Oʻzbekistonga tashrifi: strategik manfaatlar va diplomatik signallar ortidagi haqiqat
Donald Trampning Markaziy Osiyoga, xususan Oʻzbekistonga tashrif buyurishi ehtimoli hanuz dolzarb boʻlib qolmoqda. Rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, mavjud diplomatik vaziyat va strukturaviy omillar bunday tashrifning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda.
Siyosat
29.04.2025, 17:39

Qozogʻiston boʻyicha ambitsiyalari nimalardan iborat?
Joriy yilning 21-23 aprel kunlari Qozogʻiston respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin Afgʻoniston poytaxti Kobulga rasmiy tashrifini amalga oshirib, muvaqqat hukumat raisi oʻrinbosari Mulla Abdulgʻani Barodar bilan uchrashdi. Ushbu rasmiy tashrif ikki mamlakat uchun muhim oʻrin tutuvchi umumiy qiymati 140 million AQSh dollarlik boʻlgan 20 ga yaqin shartnomalar imzolanishi bilan yakunlandi.
Iqtisodiyot
29.04.2025, 15:53

Gulnora Karimovaning qancha pullari Oʻzbekistonga qaytarildi, ular qayerga sarflandi?
Gulnora Karimovaning Shveysariyadan 313 mln AQSh dollar puli Oʻzbekiston xalqiga qaytarilgan. Shundan 95 mln AQSh dollar pul Oʻzbekiston xalqiga qaytarish boʻyicha Oʻzbekiston va Shveysariya hukumatlari oʻrtasida tashkil etilgan "Ishonch" jamgʻarmasiga oʻtkazilgan. 95 mln dollardan 87 mln dollar mablagʻ Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimiga yoʻnaltirilgan. Qolgan mablagʻlar esa Shveysariya hukumati nazoratidagi Shveysariya bank hisoblarida saqlanmoqda. Oʻzbekiston xalqiga qaytarilgan Pullarning hozirgi taqdiri qanday kechmoqda. Mablagʻlar rostdan ham bu ikki sohaga yoʻnaltirilganmi? Mana shu masalalarga ochiqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston xalqiga qaytarilgan Gulnora Karimova pullarini sarflanishi boʻyicha, Olmaliq shahrida matbuot anjumani tashkil etildi.
Oʻzbekiston
29.04.2025, 12:21

Xitoy Oʻzbekiston uchun ham xavf, ham imkoniyat
Soʻngi vaqtlarda nafaqat Oʻzbekiston balki koʻplab mamlakatlar xususan AQSh Xitoydan kelayotgan iqtisodiy xavf va xatarlar haqida oldingidan koʻproq oʻylay boshladi. Oʻzbekiston mediasi hamda baʼzi jamoat faollari Xitoyning Oʻzbekistonga nafaqat iqtisodiy baki geosiyosiy jihatdan xavf ekanligi haqida fikrlarini ochiq oydin ayta boshladi. Biz esa Xitoyning Oʻzbekistonga ham xavfli tomonlarini ham foyda tomonlarini koʻrib chiqamiz.
Oʻzbekiston
28.04.2025, 16:39
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
