Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Umumiy vaziyat juda yomon, biz ilgari kuzatilmagan holatga duç keldik, dedi Fransiya rasmiysi.
Jahon
27.07.2026, 12:22
Ulashish:

27-iyul kuni örmon yonğinlari Fransiyaning tarixiy Bordo şahri çekkalariga yaqinlaşdi. Ayni paytda Fransiya va Ispaniya yuz minglab odamlarni evakuatsiya qilişga majbur qilgan alanga bilan kuraşmoqda.
Rasmiylarning ma’lum qilişiça, Fransiyada 220 000 ga yaqin, Ispaniyada esa 75 000 dan ortiq kişi evakuatsiya qilingan va yana 30 000 kişiga öz joyida qolib, boşpana topiş buyurilgan.
Fransiyada yonğinlar Atlantika okeani sohilidagi maşhur sayyohlik maskani — Kap-Ferre yarim orolini qamrab oldi va Bordo şahri atrofidagi hududlarga tarqaldi. Öt öçiruvçilar alanganing mintaqa markaziga yetib borişining oldini olişga harakat qilmoqda.
Bordo meri Tomas Kaznavening aytişiça, yonğin şahar markaziga kiriş nuqtalaridan taxminan 15 km uzoqlikda.
“Nazoratdan çiqqan yonğin şahar hududi tomon harakatlanmoqda. Umumiy vaziyat juda yomon, biz ilgari kuzatilmagan holatga duç keldik”, — dedi içki işlar vaziri Loran Nunes
Avvalroq aholisi 850 ming kişiga yaqin bölgan Bordo va uning atrofidagi hududlarni evakuatsiya qiliş rejalaştirilmagani aytilgan edi.
Yonğin tarqalib borgani sari politsiya tuni bilan Marçeprime va Cestas munitsipalitetlarida uyma-uy yurib, aholini evakuatsiya qildi. Fransiya hukumati zobitlarning qoronğida eşiklarni taqillatib, odamlarni uylarini tark etişga undayotgani aks etgan videolavhalarni e’lon qildi.
Ispaniya Boş vaziri Pedro Sançes yirik yonğinlar röy bergan uçta markaziy viloyatdan biri — Avila hududiga taşrif buyurdi. Madrid va Toledo ham yonğindan jabr körgan viloyatlar sirasiga kiradi.
Alanga Aviladagi 50 ming gektardan ortiq qişloq joylarini vayron qilgan va bu Ispaniyaning yaqin tarixidagi eng katta yonğin böldi.
Ispaniya bir neçta yonğin bilan kuraşmoqda
Ispaniyaning şarqiy Kastellon provinsiyasida yuz bergan yana bir yonğin 4300 gektardan ortiq maydonni vayron qilgan.
Örmon yonğini qarağay va pökak emani örmonlariga boy Sierra de Espadan tabiat boğiga kirib bordi.
Bu yonğinlar uzoq davom etgan qurğoqçilik va ketma-ket kuzatilgan jazirama tölqinlari bilan boğliq sönggi falokatlar bölib, olimlarning fikriça, ular iqlim özgarişi tufayli kuçaygan.
“Reuters Climate Monitor” ma’lumotlariga köra, Bordo va Avilada iyul oyidagi eng yuqori harorat örtaça 32 daraja Selsiyni (90 daraja Farengeyt) taşkil etgan, bu 1961—1990-yillar oraliğidagi oylik me’yoriy körsatkiçdan deyarli 6 daraja yuqoridir.
Jahon
27.07.2026, 12:22
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Eng norozi avlod
Madaniy
12.10.2026, 10:05

«Usmonov va Fridmandan sanksiyalarni olib tashlash şarmandalik»: Ukraina rasmiylari munosabati
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:48

Alişer Usmonov sanksiyalar röyxatidan çiqarildi
Siyosat
24.09.2026, 14:07

Nepal BMTdan $20 mln kompensatsiya talab qildi
Jahon
11.09.2026, 12:00

Ispaniyaning Seuta anklaviga 72 ming muhojir bostirib kirgan
Jahon
04.08.2026, 18:26

Ispaniya: Çegaradagi tartibsizliklarda 57 kişi halok böldi
Jahon
01.08.2026, 11:08
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
