Pokiston va Afgʻoniston mojarosi urushga aylandi

Toʻqnashuvlar olti viloyatni qamrab olgan. Tomonlar artilleriya va pulemyotlardan foydalanmoqda, quruqlikdagi boʻlinmalar esa bir-birining hududiga kirgani aytilmoqda.

Jahon

27.02.2026, 15:35

Ulashish:

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif 27 fevraldagi bayonotida Islomobod “har doim tinchlikka intilganini”, biroq endi mamlakat qurolli kuchlari har qanday tajovuzga qatʼiy qarshi turishini maʼlum qildi.

Pokiston mudofaa vaziri Xoja Osifning aytishicha, hozirda Pokiston va “Tolibon” hukumati oʻrtasida “ochiq urush” ketmoqda, chunki Kobulda portlashlar haqida xabar berilgan va chegara boʻylab janglar davom etmoqda.

Bundan bir necha soat avval “Tolibon” hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Afgʻonistonning ikki mamlakatni ajratib turuvchi Dyurand chizigʻi boʻylab Pokiston harbiylariga qarshi keng koʻlamli hujum amaliyotlarini olib borayotganini maʼlum qilgan edi.

“Tolibon” oʻz hujumini Pokistonning shu hafta boshida uyushtirgan havo hujumlariga javoban amalga oshirganini aytdi.

Afgʻonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay Pokiston hujumlari fonida mamlakati “har qanday sharoitda oʻz jonajon vatanini toʻla yakdillik bilan himoya qilishini va tajovuzga jasorat ila javob qaytarishini” maʼlum qildi.

“Pokiston oʻzi yaratgan zoʻravonlik va portlashlar muammosidan xalos boʻla olmaydi, aksincha, oʻz siyosatini oʻzgartirishi hamda Afgʻoniston bilan yaxshi qoʻshnichilik, hurmat va madaniy munosabatlar yoʻlini tanlashi zarur”, - deb yozdi u “X” ijtimoiy tarmogʻida.

Bu soʻnggi keskinlashuv mamlakatlarning umumiy chegarasi boʻylab bir necha hafta davom etgan janglar ortidan yuz berdi va har ikki tomon oʻnlab odamlar halok boʻlganini daʼvo qilmoqda.

BMT

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish vaziyatni diqqat bilan kuzatib, zoʻravonlik avj olganidan chuqur xavotir bildirdi.

U har ikki davlatni xalqaro gumanitar huquqqa alohida eʼtibor qaratgan holda xalqaro huquq boʻyicha oʻz majburiyatlariga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.

Shuningdek, Guterrish qarama-qarshiliklar davom etayotgan bir paytda har ikki tomon tinch aholini himoya qilishga ustuvor ahamiyat berishi zarurligini taʼkidladi.

Eron

Oʻz mamlakatini urush girdobiga tashlamaslik uchun Qoʻshma Shtatlar bilan jadal muzokaralar olib borayotgan Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Pokiston va Afgʻonistonni oʻzaro kelishmovchiliklarni muloqot va ahil qoʻshnichilik tamoyillari asosida hal qilishga undadi.

Shuningdek, u muqaddas Ramazon oyi oʻzini tiyish va islom birdamligi uchun muhim fursat ekanini taʼkidladi.

Juma kuni tongda “X” ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilgan postida Aroqchi Eronning ushbu vaziyat yumshashi uchun yordam berishga tayyorligini yana bir bor taʼkidladi.

U oʻz mamlakati Kobul va Islomobod oʻrtasidagi konstruktiv muloqotni yengillashtirish hamda hamkorlikni ragʻbatlantirish uchun har qanday zarur yordamni koʻrsatishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Rossiya

Rossiya urishayotgan tomonlarni zudlik bilan transchegaraviy hujumlarni toʻxtatishga va kelishmovchiliklarni diplomatik yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi, deb xabar berdi juma kuni RIA agentligi Tashqi ishlar vazirligiga tayanib. Shuningdek, agar ikki tomon ham rozi boʻlsa, vositachilik qilishni taklif qildi.

Xitoy

Juma kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekinning Pokiston-Afgʻoniston chegarasidagi vaziyat keskinlashuvidan chuqur xavotirda ekanini maʼlum qildi. “Xitoy oʻz kanallari orqali mojaroga vositachilik qilib kelmoqda”, - dedi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin navbatdagi brifingda. Uning qoʻshimcha qilishicha, Xitoy vaziyatni yumshatishda konstruktiv rol oʻynashga tayyor.

                                           Muallif: Isomiddin Jumanazarov

Mavzuga oid yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 13:40

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?

Bugungi asosiy savol — oʻz hududlariga raketa va dronlar tushayotgan bir sharoitda, arab davlatlari Eronga qarshi ochiq urushga kirishadimi yoki neytral pozitsiyani saqlab qoladimi?

Jahon

05.03.2026, 17:25

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17