Pokiston va Afgʻoniston sulhni davom ettirishga kelishib oldi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi muzokaralar natijalari boʻyicha rasmiy bayonot eʼlon qildi. Turkiya va Qatar vositachiligida oʻtgan uchrashuvda tomonlar tinchlikni taʼminlash hamda kelishuvni amalga oshirish boʻyicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi.

Jahon

31.10.2025, 09:17

Ulashish:

Bayonotda qayd etilishicha, 2025 yil 25–30 oktabr kunlari Istanbul shahrida Afgʻoniston, Pokiston, Turkiya va Qatarning ishtirokida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Mazkur muzokaralar 2025 yil 18–19 oktabr kunlari Doxada Turkiya va Qatar vositachiligida erishilgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini mustahkamlashga qaratilgan.

Tomonlar sulh rejimidagi kelishuvni davom ettirishga kelishib olgan. Shuningdek, kelishuvni amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha mexanizmlar 2025 yil 6 noyabr kuni Istanbulda oʻtkaziladigan yuqori darajadagi yigʻilishda muhokama qilinib, tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tomonlar tinchlikni saqlash hamda kelishuvni buzgan tomonlarga nisbatan choralar koʻrish imkonini beradigan monitoring va nazorat mexanizmini yaratishga kelishgan.

Vositachi davlatlar sifatida Turkiya va Qatar har ikki tomonning faol ishtirokiga yuqori baho berib, barqaror tinchlik va mintaqaviy barqarorlik yoʻlida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, yil boshidan beri Pokiston va Afgʻoniston chegara hududlarida bir necha marta qurolli toʻqnashuvlar sodir boʻlgan edi. Bu toʻqnashuvlar asosan «Tolibon» harakati va Pokiston xavfsizlik kuchlari oʻrtasidagi keskinlik natijasida yuzaga kelgan. Natijada ikki davlat munosabatlari sovuqlashgan va chegara orqali savdo ham cheklangan edi.

Mavzuga oid yangiliklar

Istanbulda ikki oʻzbekistonlik ayol oʻldirilib, jasadlari boʻlaklangan

Istanbul shahrida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan ikki ayolning oʻlimi yuzasidan tergov davom etmoqda. Yangi maʼlumotlarga koʻra, har ikki jabrlanuvchining jasadi boʻlaklarga ajratilgan.

Oʻzbekiston

13.02.2026, 11:37

Turkiyada yoʻlovchi avtobusi halokatga uchradi: qurbonlar bor

Turkiyaning Antaliya viloyatida yoʻlovchi avtobusi ishtirokida yirik yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Fojia oqibatida 9 nafar inson halok boʻlgan, yana 26 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Jahon

02.02.2026, 09:17

Istanbulda Oʻzbekistonning xorijdagi ilk maktabi qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan Istanbulning Bekirkyoy tumanida oʻzbek maktabi qurilishini boshlab berdilar.

Oʻzbekiston

30.01.2026, 10:29

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol boshi uzilgan holda topildi

Maʼlum boʻlishicha, jasad 24 yanvar  kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:40 atrofida chiqindilar joylashgan hududdan topilgan.

Oʻzbekiston

26.01.2026, 08:13

Afgʻonistonda Jahon banki faoliyati qayta tiklandi — «Tolibon»

«Tolibon» harakati Moliya vazirligi 22 noyabr kuni Afgʻonistonda Jahon banki qayta ochilgani va uning faoliyati tiklanganini maʼlum qildi. Afgʻoniston Islom Respublikasi qulaganidan va hukumat «Tolibon» qoʻliga oʻtganidan keyin Jahon banki mamlakatdagi faoliyat shaklini oʻzgartirgan. Shu vaqtdan beri u «Tolibon» nazoratidagi davlat idoralari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qilmayotgan edi.

Jahon

24.11.2025, 09:16

Turkiyada qulagan harbiy samolyot 57 yillik boʻlgani maʼlum boʻldi — OAV

20 nafar harbiy xizmatchi va ekipaj aʼzolari boʻlgan Turk Havo Kuchlariga tegishli samolyot Gruziya hududida qulab tushgani haqida xabar berilgandi. Maʼlum boʻlishicha, qulagan harbiy-transport samolyoti 1968 yilda ishlab chiqarilgan boʻlib, avval Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan. Bu haqda turk nashri Sözcü xabar berdi.

Jahon

12.11.2025, 13:05

So‘nggi yangiliklar

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Andijondan kelin boʻlib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qoʻshib olib keldi.

Madaniy

08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.

Vengriya zaderjala sem ukrainsev i dva bronirovannыx avtomobilya s millionami yevro i 9 kg zolota, otkrыv rassledovaniye po otmыvaniyu deneg. Kiyev obvinyayet Orbana v politicheski motivirovannoy provokatsii, Zelenskiy prigrozil premeru, vыzыvaya shok i napryajeniye v Vengrii. 

Iqtisodiyot

07.03.2026, 14:42

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.

1–5 martda Yaqin Sharqdan Oʻzbekistonga 9 361 nafar, Qozogʻistondan esa 4 700dan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya aviareyslar va nazorat yoʻllari orqali tizimli va bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilmoqda. 

Siyosat

07.03.2026, 14:19

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi

AQSh va Isroilning Eronga hujumlaridan soʻng Hurmuz boʻgʻozi va boshqa mintaqalarda elektron signallarni buzish holatlari aniqlandi. 

Jahon

07.03.2026, 14:12

Emirates Airlines

Dubay parvozlari tiklanmoqda: Emirates yaqin kunlarda toʻliq faoliyatga qaytishni rejalashtirmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli toʻxtab qolgan parvozlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Emirates aviakompaniyasi yaqin kunlarda reyslarni toʻliq hajmda qayta yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Aviatsiya xabidagi uzilishlar Dubay iqtisodiyotiga katta moliyaviy yoʻqotishlar keltirgan. 

Jahon

07.03.2026, 13:27

Irina Matviyenko “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nemolchi.uz ijtimoiy loyihasi rahbari Irina Matviyenkoni mamlakatda ijtimoiy himoyani mustahkamlashga qoʻshgan hissasi va faol jamoatchilik ishlari uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.

Oʻzbekiston

07.03.2026, 13:14

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi

Oʻzbekiston Markaziy banki talabi bilan toʻlov tashkilotlari va banklarning mobil ilovalarida kartadan-kartaga (P2P) pul oʻtkazishda “oʻtkazma maqsadini koʻrsatish” tartibi majburiy ravishda joriy etildi.

Iqtisodiyot

07.03.2026, 13:08

Oʻzbekistonga sovuq antitsiklon kirib kelmoqda

7 martdan boshlab Oʻzbekiston hududiga sovuq antitsiklon kirib kela boshlaydi. Shu sababli ayrim hududlarda atmosfera havosi sifati yomonlashishi mumkin.

Oʻzbekiston

07.03.2026, 12:53

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda

Putin, shuningdek, Fors koʻrfazi arab davlatlari rahbarlari bilan doimiy aloqada ekanini bildirgan.

Jahon

07.03.2026, 11:18