Pokistonda yirik namoyishchilar yurishi boshlandi
Qamoqdagi sobiq bosh vazir Imron Xonning minglab tarafdorlari mamlakat shimoli-g‘arbidan poytaxt tomon yo‘l oldi.
Siyosat
05.10.2026, 16:24
Ulashish:

ABC News
Pokistonning qamoqda saqlanayotgan sobiq bosh vaziri Imron Xonni ozod qilishni talab qilayotgan minglab tarafdorlar poytaxt – Islomobod tomon yurish boshladi. Bu haqda Reuters yozdi.
Namoyish yurishi Pokiston rahbariyati bilan chuqurlashib borayotgan ziddiyatlar fonida o‘tkazilmoqda.
Namoyish 4-oktyabr kuni Xonning “Pokiston Tehrik-e-Insaf (PTI)” partiyasi boshqaruvidagi shimoli-g‘arbiy Xayber-Paxtunxva viloyatida boshlanib, Islomobodga yetib borgunga qadar bir necha joyda to‘xtab o‘tish rejalashtirilgan.
“Men barchangizni, yoshlarni qamoqda o‘tirgan yetakchingiz uchun ko‘chaga chiqishga chaqiraman”, – dedi yurishga boshchilik qilayotgan viloyat bosh vaziri Sohail Afridi.
Dastlab 27-sentyabrga belgilangan ushbu yurish Bosh vazir Shahboz Sharif hukumati partiya talablari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni taklif qilganidan so‘ng qoldirilgan edi, biroq 3 – 4-oktyabr kunlarida mazkur muzokaralar barbod bo‘ldi.
Kelishmovchiliklar qachon boshlangan?
Xon partiyasi va Pokiston rahbariyati o‘rtasidagi ziddiyat 2022-yilda Xonning parlament tomonidan hokimiyatdan chetlatilishiga borib taqaladi.
Xon harbiylar uni lavozimdan olganini aytgan, biroq armiya bu ayblovni inkor etadi.
Qarama-qarashilik 2023-yil may oyida Xon hibsga olinganidan keyin badtar avj oldi, xususan, tarafdorlar ishtirokidagi tartibsizliklar yuz berdi; namoyishchilar harbiy obyektlarga hujum qildi.
Shundan so‘ng hukumat qat’iy choralar ko‘rib, minglab PTI tarafdorlarini hibsga ola boshladi.
74 yoshli sobiq kriket yulduzi Xon o‘zini siyosiy mahbus deb hisoblaydi.
Harbiylar hokimiyati
2023-yildagi hibsga olinishidan oldin Xon harbiylar bilan munosabatlarini buzib qo‘ygandi. Tahlilchilarga ko‘ra, yadroviy qurolga ega Pokistonda harbiylar siyosiy jarayonlarning oliy hakami hisoblanadi.
Harbiylar ham, amaldagi fuqarolik hukumati ham Xonning siyosiy mahbus ekanini rad etib, Pokiston sud tizimi mustaqil ekanini ta’kidlamoqda.
Xon korrupsiya, davlat sirlarini oshkor qilish, noqonuniy nikoh va davlat sovg‘alarini o‘zlashtirish kabi bir nechta ishlar bo‘yicha aybdor deb topilgan. Davlat sirlari va noqonuniy nikoh bo‘yicha hukmlar bekor qilingan. 2025-yilda korrupsiya ishi doirasida chiqarilgan 14 yillik qamoq jazosi esa o‘z kuchida qolmoqda. Shuningdek, Hukmlar bo‘yicha apellyatsiya jarayonlari davom etmoqda.
Namoyishchilarga qarshi tayyorgarlik
PTIning ikki yil avvalgi keng ko‘lamli norozilik namoyishi qonli to‘qnashuvlar bilan yakunlangan.
Ayni paytda Islomobod va uning atrofida minglab politsiya va harbiylashtirilgan kuchlar joylashtirilgan. Parlament, bosh vazir qarorgohi va xorijiy elchixonalar joylashgan Islomobodning hukumat kvartalini to‘sib qo‘yish uchun yuk konteynerlari o‘rnatildi.
Hukumat namoyishchilarning Islomobodga kirishiga ruxsat bermasligini aytdi.
“Biz bunga uzil-kesil chek qo‘yamiz”, – dedi Ichki ishlar vaziri Mohsin Naqvi. Uning qo‘shimcha qilishicha, partiyaga poytaxtdagi faoliyatni o‘z bilganicha izdan chiqarishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Muzokaralar nega buzildi?
Naqvi 4-oktyabr kungi muzokaralarda hukumat vakili sifatida qatnashgan. Uning aytishicha, muzokaralar barbod bo‘lishiga sabab – Xon partiyasi Xayber-Paxtunxva viloyatida kuchayib borayotgan terrorizmga qarshi aksilterror siyosatida hamkorlik qilishdan bosh tortganidir. Mazkur viloyat Afg‘oniston bilan chegaradosh.
PTI esa bu izohni inkor etib, hukumat partiyani adolatsiz ravishda yon berishga majburlamoqchi bo‘lganini bildirdi.
Siyosat
05.10.2026, 16:24
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon qamoqdan shifoxonaga ko‘chirilmoqda
Jahon
18.08.2026, 14:20

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Pokistonning havo hujumlari oqibatida Afg‘onistonda 9 kishi halok bo‘ldi – Kobul
Jahon
01.10.2026, 10:25

Pokistondagi kömir konida yuz bergan portlaşda 34 kişi halok böldi
Jahon
31.07.2026, 11:57

Pokiston Afg‘onistonda havo zarbalari uyushtirdi
Jahon
29.06.2026, 10:14
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37
So'nggi yangiliklar

Yamanda qamal sabab kasalliklar tarqalmoqda
Jahon
14.11.2026, 14:21

Jensen Xuang Nvidia’dan ketdi: kompaniyani endi kim boşqaradi?
Jahon
14.11.2026, 13:19

Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
Jahon
14.11.2026, 10:05

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37
