updated: 22.03.2026, 16:40

Qozogʻistonning bir qancha viloyatlarida kuchli suv toshqinlari kuzatilmoqda

Qozogʻistonning Aqtobe, Aqmola, Kostonay, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatlarida suv toshqinlari kuzatildi. Suv bosgan, toshqin kuzatilgan hududlarda aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi.

Qozogʻistonning bir qancha viloyatlarida kuchli suv toshqinlari kuzatilmoqda

Aqtoʻbeda  koʻprik ustidan erigan suvlar oqa boshladi

Favqulodda hodisa Sazdinka daryosida muz toʻplanishi va suv sathining koʻtarilishi tufayli bugun ertalab yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, Manshuk Mametova koʻchasidagi yoʻl qismi suvga choʻkmoqda.

Qutqaruvchilar suvning koʻchaga yoʻnalishini toʻsish ustida ishlamoqda. Turli boʻlimlardan 1000 ga yaqin xodimlar va 200 ga yaqin texnikalar jalb etilgan.

 

 

 


Abay viloyatida uch kishi bedarak yoʻqoldi

Abay viloyatining Ayagʻoz tumanida avvalroq suvda gʻoyib boʻlgan uch erkakni qidirish ishlari olib borilmoqda. Bugun ertalab Instagram'da eʼlon qilingan Abay viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, viloyatda qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, hokimlik maʼlumotlariga koʻra, Semey Mudofaa vazirligining MI-17 vertolyoti Borli daryosi boʻylab aerovizual parvozni amalga oshirgan. Biroq, qidiruv  hech qanday natija bermagan.

Hozirda qorongʻulik boshlangani sababli qidiruv-qutqaruv ishlari toʻxtatilgan. Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini 28-mart soat 05:00 dan boshlab davom ettirish niyatida.

Kostanay viloyatining suv bosgan hududlaridan 150 dan ortiq odam vertolyotda evakuatsiya qilindi

Qutqaruv operatsiyasi bugun tunda oʻtkazildi - Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qoʻstanay viloyatining Ekidin, Oqqiysi, Qiziljuldiz, Yangiqala qishloqlari va 9 qishlogʻi aholisini evakuatsiya qildi.

“150 dan ortiq mahalliy fuqarolar, jumladan, 63 nafar voyaga yetmaganlar qutqarib olindi. Odamlar vertolyotda Arkaliq shahridagi evakuatsiya markazlariga yetkazildi”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Operatsiyaga Qozogʻiston Mudofaa vazirligining vertolyotlari jalb qilingani aytilgan.

Pavlodar viloyatining Bayanaoʻl tumanidagi suv toshqini xavfi boʻlgan hududlarga gidropostlar oʻrnatildi

Magistral yoʻllar boʻylab qum qoplari yotqizilmoqda, shahar chetidagi qishloqda toʻrtta toʻgʻon qurilgan. Oqsuv va Pavlodar tumanida bir sutkada qariyb 30 ming kub metr suv chiqarildi, deb xabar bermoqda Kazinform agentligi.

Oʻtgan 24 soat ichida 27 ming kub metrdan ortiq suv tortib olindi. Oqsuv shahrida Bokeyxonova koʻchasining janubi-sharqiy qismidan suv oʻtkazuvchi kanal qurildi. Otameken qishlogʻida ekskavator yordamida uch joyda ariq ochildi. “Atameken-Oqsuv-Koʻktoʻbe-Kurchatov” avtomobil yoʻlining respublika ahamiyatga ega boʻlgan suv oqimining oldini olish maqsadida avtomobil yoʻlining 15 va 129-kilometrlari boʻylab 620 qop va 45 tonna inert material yotqizildi, deb xabar berdi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga tayanib inform.kz. 

Jahon

28.03.2024, 13:04

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Tokayev xalqiga murojaat bilan chiqdi

Qozogʻistonda misli koʻrilmagan darajadagi suv toshqinlari kuzatilmoqda, Toqayev xalqiga murojaat bilan chiqdi

Soʻnggi 80 yil ichidagi eng yirigi deya taʼriflanayotgan toshqinlar natijasida Aqmola, Aqtoʻbe, Atirau, Qoʻstanay, Pavlodar, Shimoliy Qozogʻiston va Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatlaridagi 3702 ta turar-joy binolari, 562 ta hovlilar, 1822 ta qishloq uylari va 73 ta turli maqsadlardagi binolar vayron boʻldi, 155 ta avtomobil yoʻllari toshqinda qoldi. 

Jahon

08.04.2024, 14:39

Afgʻonistonda kuchli suv toshqinlari natijasida 50 kishi halok boʻldi / foto: AP /

Afgʻonistonda kuchli suv toshqinlari natijasida 50 kishi halok boʻldi

Afgʻonistonning gʻarbiy Gʻor viloyatida 24 soat ichida kuchli yomgʻir va toshqinlar oqibatida kamida 50 kishi halok boʻldi, yana 10 kishi bedarak yoʻqoldi. Bu haqda shanba kuni mahalliy amaldor maʼlum qildi.

Jahon

20.05.2024, 15:37

Qozogʻistonda tabiiy ofat

Qozogʻistonda tabiiy ofat oqibatlariga qarshi kurashish uchun tadbirkorlar millionlab dollar xayriya qilmoqda

Qozogʻiston tarixida eng kuchlisi deya taʼriflanayotgan suv toshqinlari mamlakatning bir qancha hududlarida talafotlarga sabab boʻldi.

Jahon

22.04.2024, 16:26

Qozogʻistonda suv toshqini

Iyun oyida Ostonada oʻtishi kerak boʻlgan xalqaro forum bekor qilindi

Bunga mamlakatga kuchli talafotlar olib kelgan suv toshqinlari sabab boʻldi.

Jahon

13.04.2024, 14:31

8 nafar oʻzbekistonlik Qozogʻistonda avtohalokatga uchrab halok boʻldi

2024-yil 3-aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Qozogʻiston Respublikasi, Aqtoʻbe viloyati, Algin tumanidan oʻtgan Respublika ahamiyatiga ega “Samara-Chimkent” avtomobil yoʻlining 678 {Toyota} “Toyota-Alhpard” rusumli hamda “Volvo” rusumli yuk avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Natijada, “Toyota-Alhpard” rusumli avtomobilida boʻlgan jami 8 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Oʻzbekiston

04.04.2024, 12:20

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45