Rossiya Polsha va Estoniya davlatlarining havo chegarasini buzib oʻtdi. NATOdagilar esa hamon jim
Rossiya NATO aʼzosi boʻlgan Polsha va Estoniya davlatlarining havo chegarasini buzib oʻtgan edi. Tashkilotga aʼzo davlatlar Rossiya harbiy samolyotlarini urib tushirish kerakmi yoki yoʻq bu haqda haligacha yakdil fikrga kela olmadi. Bu masala yuzasidan Shimoliy Atlantika kengashining favqulodda yigʻilishida muhokama qilindi deb yozmoqda CNN.
Jahon
26.09.2025, 08:00
Ulashish:

Tech. Sgt. Michael Battles / USAF / Scanpix / LETA
Telekanal manbalari maʼlum qilishicha, baʼzi davlatlar, xususan, Polsha va Estoniya yigʻilish yakunlari boʻyicha qoʻshma bayonotda Rossiya Federatsiyasi tomonidan havo hududini buzib kirish holatlariga kuch bilan javob qaytarilishi aniq belgilanishini xohlagan. Shu bilan birga, Germaniya va Janubiy Yevropa davlatlari bunday taʼrif istalmagan eskalatsiyaga olib kelishi mumkinligini taʼkidlagan.
Yakunda murosali formulirovka qabul qilingan. Bayonotning rasmiy matnida aytilishicha, NATO va uning ittifoqchilari xalqaro huquqqa muvofiq «oʻzini himoya qilish va har qanday yoʻnalishdagi har qanday tahdidlarni qaytarish uchun barcha zarur harbiy va noharbiy vositalardan» foydalanadi.
«Biz oʻzimiz tanlagan usulda, vaqtda va yoʻnalishda javob berishda davom etamiz», – deyiladi hujjatda.
Telekanal manbalari taʼkidlashicha, ushbu epizod alyansning Rossiya harakatlariga munosabat bildirish masalasida konsensusga erishishi qanchalik qiyinligini koʻrsatadi.
Soʻnggi bir necha hafta ichida Rossiya dronlari va samolyotlari tomonidan NATO mamlakatlari havo hududini buzish bilan bogʻliq bir qator hodisalar kuzatildi.
Xususan, 10 sentabrga oʻtar kechasi Polshaga 20 dan ortiq dron uchib kirgandi, ularni qarshi olish uchun Polsha va ittifoqchilarning qiruvchi samolyotlari havoga koʻtarildi, bir necha dron urib tushirdi.
13 sentabr kuni esa Rossiya droni Ruminiya hududiga uchib kirdi, yana qiruvchi samolyotlar havoga koʻtarildi, biroq bir necha daqiqadan soʻng dronning oʻzi mamlakat havo hududini tark etdi.
19 sentabr kuni Estoniya Rossiyaning uchta qiruvchi samolyoti havo hududini buzib oʻtgani va Estoniya osmonida 12 daqiqa qolib ketganini maʼlum qildi. Shu kuni Polsha Rossiyaning ikkita qiruvchi samolyoti Boltiq dengizidagi burgʻilash platformasi ustidan past balandlikda uchib oʻtganini maʼlum qildi.
CNN'ning NATOdagi manbasi fikricha, Rossiya shu yoʻl bilan alyans mudofaasidagi zaif nuqtalarni oʻrganmoqda, shuningdek, tashkilot oʻz aʼzolarini himoya qilish uchun nima qila olishini tekshirmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar

Yevropa mamlakatlari Ukrainaga 20 milliard yevrolik harbiy yordam beradi
Jahon
24.02.2025, 13:40

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda
Jahon
07.03.2026, 11:18

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi
Jahon
27.02.2026, 12:34
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
