Shimoliy Orolda suv hajmi 42 foizga oshdi: dengiz ekotizimi tiklanmoqda
Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yillar davomida dengizda muhim ekologik oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, suvning shoʻrlanish darajasi deyarli toʻrt barobar kamaygan, yillik baliq ovlash hajmi 8 ming tonnaga yetgan va avvaliga yoʻqolib ketgan turlar qayta tiklana boshlagan. Ekotizim bosqichma-bosqich yaxshilanib bormoqda.
Jahon
06.12.2025, 11:12
Ulashish:

Qozogʻiston Shimoliy Orol dengizi ekologiyasini tiklash boʻyicha ishlarini jadal davom ettirmoqda. Suv resurslarini boshqarish va qoʻshimcha manbalardan oqim yoʻnaltirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida dengizdagi suv hajmi 42 foizga koʻpayib, 27 milliard kub metrga yetdi. Bu haqda Qozogʻiston suv resurslari vaziri Nurjan Nurjigitov maʼlum qildi.
Tiklanishning asosiy omili sifatida Sirdaryo daryosi orqali Shimoliy Orolga yoʻnaltirilayotgan suv miqdori koʻrsatilmoqda. Faqat 2024 yilning oʻzida dengizga 2,6 milliard kub metr suv kiritilgan boʻlib, bu 2022 yil koʻrsatkichidan uch barobar koʻpdir.
Suv sathini yanada koʻtarish, baliqchilik va ekoturizmni rivojlantirish, daryo oqimini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda mintaqaning tabiiy landshaftlarini tiklashga eʼtibor qaratilmoqda.
Vazirning taʼkidlashicha, bu kabi natijalarga erishishda mintaqadagi davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik va transchegaraviy suv resurslarini tizimli boshqarish muhim oʻrin tutgan.
Mavzuga oid yangiliklar

Yaqin yillarda Orolboʻyi mintaqasining 80 foizida yashil qoplamalar hosil qilinadi
Oʻzbekiston
30.09.2025, 13:15

Orolboʻyida hayvonot va qushlar dunyosi koʻpaymoqda
Oʻzbekiston
19.07.2025, 11:30
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
