Aziz Voitov: Qamoqqa olingan sobiq vazirning sudidan nimalar maʼlum?
2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligini boshqargan sobiq vazir Aziz Voitov oʻtgan yilning dekabr oyida qoʻlga olingan edi. 2022 yilning avgust oyida Prezident farmoni bilan Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlangan Voitov qaysi qilmishlari sabab hibsga olindi? Sobiq vazirning sudga oshirilgan ishi boʻyicha nimalar maʼlum? Umuman olganda, Aziz Voitov oʻzi kim?
Siyosat
16.08.2024, 14:31
Ulashish:

Aziz Voitov: Qamoqqa olingan sobiq vazirning sudidan nimalar maʼlum?
Aziz Botirovich Voitov — 1980 yil 29 may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2001 yilda Toshkent moliya institutida, 2004 yilda esa Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutlarida oʻqigan. 2010 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamoat qurilishi Akademiyasining oliy biznes maktabini tamomlagan.
Aziz Voitov 2000-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida turli lavozimlarda ishlagan. 2017-2020-yillarda "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2020 yil mart oyidan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimini egallagan. Prezident farmoni bilan 2022 yil 29 avgustdan 2023 yil 24 oktabrgacha Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri boʻlgan.
Sobiq vazir qamoqqa olindi
Oʻtgan yilning 25 oktabrida ishdan boʻshatilgan Aziz Voitov oradan bir necha hafta oʻtib, aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, 13 dekabr kuni qoʻlga olingan. Unga doir ish 14 dekabr kuni soat 00:10 da jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining yopiq sud majlisida koʻrilgan.
Maʼlum boʻlishicha, sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi "a" bandi va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni qilganlikda gumonlanib qoʻlga olingan.
Rasmiy ommaviy axborot vositalarida yozishicha, Voitov mansab vakolatini suiisteʼmol qilgan holda 2022-2023-yillarda Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi direktoriga 'zudlik bilan va muammosiz qarz ajratib berish toʻgʻrisida' noqonuniy topshiriq bergan. Buning oqibatida esa “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror talabiga zid ravishda bir necha tadbirkorlik subʼektlariga qarz mablagʻlari noqonuniy ajratilib, davlatning 9,8 mlrd soʻm mablagʻi rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilingan.
Bosh prokuror oʻrinbosari sudga iltimosnoma kiritib, gumon qilinuvchi A.Voitov tomonidan davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan juda koʻp miqdordagi moddiy zarar qoplanmaganini, u ochiqda qolgan taqdirda dastlabki tergovdan yashirinishi, jinoiy harakatlarni davom ettirishi, guvohlarni koʻndirishi va dalillarni yoʻq qilishi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni soʻragan.
Sud Bosh prokuror oʻrinbosarining iltimosnomasini qanoatlantirgan holda Voitovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni lozim topgan. Shuningdek, u DXX tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.
Voitov ishi sudda koʻrib chiqilmoqda
Oradan bir necha oy oʻtib, joriy yilning 12 avgust kuni Oliy sud tomonidan Aziz Voitovning ishi sudga oshirilgani maʼlum qilindi. Unda Voitov ishi 15 avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida koʻrib chiqilishi maʼlum qilingan.
15 avgust kuni Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, Voitovga oid ish yana bir hibsga olingan sobiq amaldor Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan Husniddin Karimovga oid ish bilan birlashtirilgan. Dastlabki eshituv Jinoyat-protsessual kodeksining 405-6-moddasi talabiga muvofiq yopiq sud majlisida oʻtkazilib, aynan shuning natijasi oʻlaroq ikkita jinoyat ishi bitta ish yurituvga birlashtirilgan.
"Aziz Voitov va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudi tomonidan birinchi instansiyada koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni 2024 yil 5 sentabr soat 15:00 da jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudi binosida boshlanadi",
deydi Aziz Abidov
Tergov organining ayblov xulosasiga koʻra, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining:
167 moddasi — Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish;
168,moddasi — Firibgarlik;
184 moddasi — Soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash;
185-2 moddasi — Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish;
189 moddasi — Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish;
205 moddasi — Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish;
206 moddasi — Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish;
28,209 moddasi — Jinoyat ishtirokchilarining turlari, Mansab soxtakorligi;
209 moddasi — Mansab soxtakorligi;
211 moddasi — Pora berish;
228 moddasi — Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish;
243-moddasi — Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish boʻyicha nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 29 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 15 nafariga “garov“ va 6 nafariga "munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat" tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilmoqda.
Siyosat
16.08.2024, 14:31
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
So'nggi yangiliklar

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Özbekistonda gaz ballonlari noqonuniy sotilmoqda
Oʻzbekiston
23.10.2026, 09:20

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
