updated: 22.03.2026, 19:25

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining farmoyishiga muvofiq, Komil Ismoilovich Allamjonov maslahatchi-vakil — Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimiga tayinlandi.

Ulashish:

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Shu bilan birga, Komil Allamjonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining maslahatchisi sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi.

Bundan avval Jorj Vashington universiteti huzuridagi Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari instituti (IERES)ning Markaziy Osiyo dasturi (CAP) janob Komil Allamjonovning mazkur dasturning maxsus maslahatchisi etib tayinlanganini eʼlon qilgan edi.

Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimi

 

Tashqi siyosiy va davlat tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida 2026 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi tuzilmasiga qoʻshimcha maslahatchi-elchi — Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimi kiritilishi haqida xabar berilgan edi. Prezidentning 12 noyabrdagi farmoniga koʻra, maslahatchi-elchini tayinlash va lavozimdan ozod etish, shuningdek uning faoliyati reglamentini tasdiqlash Prezident administratsiyasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

Maslahatchi-elchi oʻz faoliyatida Prezident administratsiyasi rahbariga hisobdor va Oʻzbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yoʻnalishida qoʻllab-quvvatlashga masʼul hisoblanadi.

Maslahatchi-elchi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • Oʻzbekiston va AQShda yirik va strategik investitsiya hamda savdo loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha bevosita tashabbus koʻrsatish va muhokama olib borish;
  • Oʻzbekiston tomonidan Amerika—Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ishini kompleks muvofiqlashtirish.

Farmonga koʻra, Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi xodimlari shtat birligini koʻpaytirish toʻgʻrisida taklif kiritishi lozim.

Bir oy muddatda AQSh hududida qoʻshimcha konsulxonalar ochish masalasi ishlab chiqiladi. Bunda geografik qamrovni taʼminlash maqsadida AQShning asosiy transport va iqtisodiy markazlari, shuningdek vatandoshlar diasporasi koʻp joylashgan hududlar (Filadelfiya, Chikago, Orlando va Sietl shaharlari) inobatga olinadi.

Shuningdek, AQShning barcha shtatlarida yashayotgan oʻzbek diasporalari bilan samarali hamkorlik modelini ishlab chiqish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish — AQShda yangidan tashkil etilayotgan konsulxonalarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilab qoʻyilgan.

Siyosat

25.11.2025, 10:19

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada

Eron AQShni mag‘lubiyatni tan olishga chaqirdi. Tramp esa Tehronni “o‘ta yovuz” deb atab, amerikaliklarni yoqilg‘i narxi ko‘tarilishiga tayyor turishga undadi.

Siyosat

15.08.2026, 12:13

O'zbekistonga qayerdan köproq pul yuborilyapti?

2026-yilning birinçi yarim yilligida horijdan O'zbekistonga kelib tuşgan pul ötkazmalari 9,3 milliard dollarga yetdi.

Iqtisodiyot

14.08.2026, 16:32

Rossiya Ukraina temiryo‘l va port inshootlariga, Ukraina esa Rossiya neft markazi va omboriga hujum qildi

Moskvadagi barcha aeroportlarda parvozlar vaqtincha cheklangan. Mintaqaviy xatar ortgani uchun Latviya va Finlandiya ham xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Jahon

14.08.2026, 16:02

O‘zbekistonga elektromobil importi hajmi 2,6 baravarga ko‘paydi

Mahsulot yetkazib berishning asosiy hajmi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi — 37 ming 560 ta elektromobil.

Iqtisodiyot

14.08.2026, 14:14

Qamchi prezident bo‘lardi, men nafaqaga chiqardim — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti Japarov 2027-yilda hokimiyatni Tashiyevga topshirishni rejalashtirganini, biroq keyin fikridan qaytganini aytdi.

Siyosat

14.08.2026, 11:49

Putin Yaponiya da’vo qiladigan orolga tashrif buyurdi. Tokio bundan norozi

Ikkinchi jahon urushida Moskva tomonidan egallab olingan Kuril orollariga Tokio haliyam da’vo qiladi. 

Siyosat

13.08.2026, 17:04

Green Card olish uçun 1000 dan ortiq soxta nikoh tuzilgan

AQŞ Adliya vazirligi mamlakat tarixidagi eng yirik nikoh firibgarligi işlaridan birini foş etdi. Maʼlum qilinişiça, 10 yil davomida Green Card olish maqsadida 1000 dan ortiq soxta nikoh tuzilgan.

Siyosat

13.08.2026, 14:21

AQSH bilan vaqtinchalik kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday siljish yo‘q — Eron rasmiysi

Iyun oyida tuzilgan kelishuvda “barcha jabhalarda harbiy amaliyotlarni tezda batamom to‘xtatish” e’lon qilingan edi, biroq u ko‘p o‘tmay barbod bo‘ldi.

Siyosat

13.08.2026, 13:37

Milliy alifboda [ŋ] tovushi uchun alohida harf kerak(mi?)

O‘zbek tilining sh va ch digraflari bir belgiga aylantirilgan bir paytda, mayin burun undoshlaridan bo‘lmish [ŋ] tovushi nima uchun alohida harfsiz, ikki belgili birikma holatida qolib ketdi? Filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliyev “ng” birikmasidan voz kechish o‘rniga, [ŋ] tovushi uchun alohida harf joriy etish kerakligini ilgari surmoqda.

Fan-texnologiya

13.08.2026, 10:37

Eski yoki yirtilgan dollar banknotasini nima qiliş kerak?

Eski yoki yirtilgan dollar banknotangiz bor, lekin uni nima qilişni bilmayapsizmi? Dollarni axlatga ulöqtirişga şoşilmang.

Iqtisodiyot

13.08.2026, 09:57

Ukraina AQŞ iltimosiga köra Rossiya portidan foydalanayotgan tankerlarga hujumlarni töxtatdi

Qora dengizdagi dron hujumlari kompaniyalari savdosiga ta’sir körsatdi. Qozoğistonda iyul oyida neft qazib oliş iyun oyiga nisbatan 14 foizga kamaygan.

Jahon

12.08.2026, 10:47

Şimoliy Koreya xakerlari hujumlarda sun’iy intellektdan foydalanmoqda

Şimoliy Koreya razvedka xizmatlariga aloqador "Kimsuky" xakerlik guruhi fişing hujumlarida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan hujjatlardan foydalanmoqda.

Jahon

11.08.2026, 13:53

Mehmonxonalarda o‘zbek nonushtasi uchun yangi mezonlar joriy etiladi

Turizm qömitasi tomonidan “Joylaştiriş vositalarida özbek nonuştasini taqdim etiş böyiça qöllanma” işlab çiqildi.

Madaniy

11.08.2026, 12:37

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan

Ular orasida AQŞ, Xitoy, Koreya Respublikasi kabi davlatlarning ham fuqarolari bor.

Ta'lim

10.08.2026, 11:47

Netanyahu Tramp taklif qilgan Ğazo rejasini rad etdi

Netanyaxu örtalarida kelişmovçiliklar kuçayib borayotgan Trampni “Oq uydagi eng buyuk döstimiz” deb atadi, şu bilan birga unga qarşi çiqişga tayyorligini ham oçiq aytdi.

Siyosat

10.08.2026, 11:14

Rossiyaning oxirgi zarbalari oqibatida Kiyevda uç kişi halok böldi

Kiyevda ballistik raketalar qöllanilişi xavfi tufayli aholi boşpanalarga yaşirinişga çaqirildi.

Jahon

08.08.2026, 12:23

30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar pensiyasi oşiriladi

Bu faqat kelgusida pensiyaga çiqadigan harbiy xizmatçilarga emas, balki bugungi kunda pensiya olayotgan, kalendar hisobida 30 yildan ortiq xizmat qilganlarga ham tatbiq etiladi.

Oʻzbekiston

08.08.2026, 11:35

Endi I va II guruh nogironlik pensiyasi proaktiv qayta hisoblanadi

Fuqaroga I yoki II guruh nogironligi belgilansa, unga nogironlik pensiyasi fuqaroning alohida murojaatisiz, proaktiv ravişda tayinlanadi.

Oʻzbekiston

08.08.2026, 11:15

Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya qöşma mudofaa bitimini imzoladi

Kelishuvga köra, uç davlatdan biriga qarşi amalga oşirilgan qurolli hujum uçala davlatga qarşi hujum sifatida baholanadi.

Siyosat

08.08.2026, 10:46

Sun’iy intellekt yordamida ilk bor tabiatda uçramaydigan viruslar yaratildi

Amerikalik tadqiqotçilar sun’iy intellektdan foydalanib 16 ta virus yaratdi. Bu kaşfiyot yangi yutuqlarga umid uyğotiş bilan birga, undan notöğri maqsadda foydalaniliş borasidagi xavotirlarni ham kuçaytirmoqda.

Fan-texnologiya

07.08.2026, 12:10

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →