updated: 21.03.2026, 04:11

TDT rahbarlari Shimoliy Kiprni turk dunyosining ajralmas qismi ekanini tasdiqlashdi

Turkiy Davlatlar Tashkilotining Ozarboyjonda oʻtkazilgan 12-Sammiti yakunlari boʻyicha yetakchilar tomonidan qabul qilingan qoʻshma bayonotda turkiy davlatlar oʻrtasida har bir sohada hamjihatlik, hamkorlik va muvofiqlashuvni kuchaytirishga oid qatʼiylik tasdiqlanib, tashkilotning Falastin, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Suriya kabi mintaqaviy masalalarga nisbatan pozitsiyasi bayon etildi.

Ulashish:

TDT rahbarlari Shimoliy Kiprni turk dunyosining ajralmas qismi ekanini tasdiqlashdi

Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) asl aʼzolari — Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozogʻiston va Qirgʻiziston liderlari imzolagan bayonotda TDT aʼzolarining tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikka boʻlgan sadoqatlari tasdiqlanib, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan majburiyatlar yana bir bor taʼkidlandi. Bayonotda turk davlatlari oʻrtasida barcha sohalarda hamjihatlik, hamkorlik va muvofiqlashuvni kuchaytirishga boʻlgan mustahkam qatʼiylik ifoda etildi.

Bayonotda «Turkiy davlatlar oʻrtasida strategik hamkorlik, abadiy doʻstlik va qardoshlik shartnomasi» loyihasini koʻrib chiqishni tezlashtirish chaqiruvi qilindi.

Liderlar Islomga nisbatan har qanday nafratga qarshi kurashish va bu holatni hal qilish uchun xalqaro platformalarda saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini yana bir bor tasdiqladilar.

Ozarboyjon va Armaniston oʻrtasida Ozarboyjonning asosiy hududlari bilan Naxichevon Avtonom Respublikasi oʻrtasida toʻsiqsiz aloqani taʼminlaydigan, mintaqa tranzit salohiyatini yuzaga chiqaradigan, tinchlik, barqarorlik va farovonlikka hissa qoʻshadigan aloqa yoʻllarini ochishga oid kelishuv mamnuniyat bilan qabul qilingani qayd etildi. Bayonotda «Aʼzo davlatlar Zangezur koridori loyihasini ishlab chiqish va rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashlarini bildirgani, Boku-Tbilisi-Qars temir yoʻlidan eng yuqori salohiyat bilan foydalanish majburiyatlarini yana bir bor tasdiqlagani, shu bilan birga, Trans-Kaspiy Xalqaro Sharq-Gʻarb oʻrta koridori hamda Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻlini mintaqalararo bogʻliqlikni kuchaytirish, Yevropa bilan Osiyo orasidagi savdo yoʻllarini diversifikatsiya qilish nuqtai nazaridan muhim ekanligini taʼkidlagani» qayd etildi.

Kipr muammosi boʻyicha esa oroldagi mavjud realliklarga asoslanib, kelishilgan, oʻzaro qabul qilinadigan va amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yechimga erishish zarurligi qayd etildi. Bayonotda TDT aʼzolarining «Turk dunyocining ajralmas qismi boʻlgan Kipr turk xalqi bilan ularning teng huquqlarini taʼminlash istaklarida hamjihat ekanliklari» qayd etildi.

Bayonotda Gʻazodagi gumanitar vaziyatning yomonlashib borayotganidan chuqur tashvish bildirilib, shoshilinch va doimiy otashkesim hamda gumanitar yordamga toʻsiqsiz kirish imkoniyatini taʼminlashga chaqiriq qilindi.

Isroil-Falastin mojarosiga adolatli va doimiy yechim topish zarurligiga urgʻu berilgan bayonotda 1967 yilgi chegaralar asosida poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan Falastin davlatini koʻzda tutgan ikki davlatli yechim BMTning tegishli qarorlariga muvofiq amalga oshirilishi zarurligi qayd etildi.

Suriya masalasiga ham toʻxtalib oʻtilgan bayonotda TDT aʼzolari Suriyaning hududiy yaxlitligi, birligi hamda mamlakat xavfsizligi, barqarorligi va tiklanishiga qaratilgan qoʻllab-quvvatlashlarini yana bir bor tasdiqladilar.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi

Marko Rubio boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining Samarqandga tashrifi doirasida Amerika va O‘zbekiston biznes vakillari 12 milliard dollarlik 54 ta hamkorlik kelishuvini tuzdi. 

Iqtisodiyot

20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida hamda shaharning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga C5+1 uchrashuvi va bolalar farovonligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 09:41

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →