Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish boʻyicha prezidentga axborot berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni sogʻliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan hisobot bilan tanishdi.
Oʻzbekiston
20.09.2025, 11:20
Ulashish:

Bugungi kunda Oʻzbekistonda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning xalqaro tajribaga asoslangan va tibbiyotni aholiga yaqinlashtirishga qaratilgan yangi modelini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu asosda koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar, mahalla tibbiyot punktlari yagona yondashuv asosida rivojlantirilmoqda.
Buning natijasida oilaviy shifokorlar ulushini 70 foizga yetkazish moʻljallangan. Raqamlashtirish va qogʻoz hujjat aylanishini qisqartirish orqali tibbiyot xodimlarining ish yuklamasini qariyb uchdan bir qismga kamaytirish, fuqarolarning birlamchi boʻgʻin xizmatlaridan qoniqish darajasini 85 foizdan oshirish maqsad qilingan. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning ularning kasbiy samaradorligiga bevosita bogʻliq boʻladigan yangi tizimi joriy etilmoqda.
Prezident ixtisoslashgan yordamni tubdan takomillashtirish muhimligini taʼkidladi. Mamlakatimizda oʻnlab ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari mavjud boʻlib, ular zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda, byudjetdan katta mablagʻ ajratilmoqda.
Shu bilan birga, aholi orasida xizmat sifati va uzun navbatlar yuzasidan eʼtirozlar saqlanib qolmoqda. Ixtisoslashtirilgan markazlarda davolashning xalqaro standartlarini joriy etish, birlamchi boʻgʻinda metodologik ishlar sustligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois, barcha respublika ixtisoslashtirilgan klinikalari faoliyatini qayta koʻrib chiqib, ularning boshqaruviga zamonaviy, professional menejerlarni jalb qilish taklifi bildirildi. Turkiyalik mutaxassislar faoliyat yuritayotgan Respublika onkologiya va radiologiya markazi bunga yorqin misol boʻla oladi.
Ayni paytda klinik protokollarni qayta koʻrib chiqish va yangilash davom etmoqda: hozirgacha 400 tasi qayta koʻrildi, yil oxirigacha bu koʻrsatkich ikki baravar oshadi. Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida uch mingdan ziyod tibbiy xizmatlar uchun tariflar metodologiyasi ishlab chiqilmoqda.
Davlat rahbari yana beshta markazga xorijiy professional menejerlarni jalb qilish yoki ularni xorijdagi nufuzli klinikalar boshqaruviga berish imkoniyatini oʻrganishga topshiriq berdi.
Bunda xalqaro tajriba asosida diagnostika va davolash standartlari ishlab chiqilishi, milliy klinik protokollar yaratilishi, yangi texnologiyalar joriy qilinishi, markazlarni rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqilishi, yuqori malakali mutaxassislar jalb etilishi, aholiga sifatli tibbiy yordam koʻrsatishning shaffof va adolatli tizimi yaratilishi shartligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda bolalar salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, butun dunyoda bolalarni ona suti bilan oziqlantirish muammosi dolzarb boʻlib, ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlardan foydalanish surʼati ortib bormoqda.
2030 yilga qadar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan koʻrsatkich – 6 oygacha boʻlgan bolalarning 70 foizi faqat ona suti bilan oziqlantirilishiga erishish maqsadida mamlakatimizda ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlanadi.
Dastur doirasida JSST va YuNISEFning “Ona suti bilan oziqlantirish uchun qulay sharoit yaratuvchi tibbiyot muassasasi” va “Ona suti bilan muvaffaqiyatli oziqlantirish sari 10 qadam” tashabbuslari joriy etiladi. Tibbiyot xodimlarini ona suti bilan oziqlantirish boʻyicha oʻqitish, homilador ayollar va onalarning bilimini oshirish tadbirlari oʻtkaziladi.
Qonunchilikka ona suti oʻrnini bosuvchi mahsulotlar reklamasini cheklashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, bolalar uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, import va eksport qilish, tashish, saqlash, sotish va yetkazib berishga oid talablar hamda standartlarni takomillashtirish taklif etildi.
Prezident bildirilgan takliflarni maʼqullab, tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish va sifatini oshirish, yuqumli boʻlmagan kasalliklardan oʻlimni kamaytirish, yosh avlod salomatligini mustahkamlash boʻyicha qator topshiriqlar berdi.
Oʻzbekiston
20.09.2025, 11:20
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31

Endi tank, samolyot va askarlar soniga tayanib gʻalabaga erishib boʻlmaydi — Prezident
Oʻzbekiston
13.01.2026, 17:15

Prezident maktabga qor kechib borayotgan oʻquvchi bilan uchrashdi
Jahon
18.12.2025, 13:14

"Bugun dunyoda 1 milliard 100 million aholi kambagʻallikda umr kechirmoqda" - Mirziyoyev sammitda global muammolarga toʻxtaldi
Jahon
04.11.2025, 15:41

Serbiya prezidenti Oʻzbekistonga keldi
Siyosat
28.10.2025, 11:33
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin
Madaniy
08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.
Iqtisodiyot
07.03.2026, 14:42

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12

Dubay parvozlari tiklanmoqda: Emirates yaqin kunlarda toʻliq faoliyatga qaytishni rejalashtirmoqda
Jahon
07.03.2026, 13:27

Irina Matviyenko “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
07.03.2026, 13:14

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
