Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi
2025 yilda oʻzbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, mos ravishda 361 ming va 349 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi.
Sport
09.02.2026, 15:30
Ulashish:

2025 yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston shaxmatchilari xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etib, yirik miqdordagi mukofot pullarini qoʻlga kiritdi. Xususan, grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov yil davomida eng koʻp daromad topgan shaxmatchilar reytingida dunyoning TOP-10 taligiga kirdi.
Chess.com portali eʼlon qilgan reytingga koʻra, Abdusattorov va Sindarov 2025 yilda xalqaro turnirlardan eng koʻp mukofot puli ishlab topgan shaxmatchilar orasida mos ravishda 9- va 10-oʻrinlarni egalladi.
Maʼlum qilinishicha, Nodirbek Abdusattorov yil davomida 16 ta nufuzli xalqaro turnirda ishtirok etib, jami 361 811 AQSh dollari miqdorida mukofot puli ishlab topgan. Uning bir turnirdagi eng yirik individual yutugʻi 85 000 dollarni tashkil etgan.
Javohir Sindarov esa 2025 yilda 11 ta xalqaro musobaqada qatnashib, 349 955 AQSh dollari miqdorida daromad qayd etdi. Uning eng katta yutugʻi FIDE World Cup musobaqasidagi muvaffaqiyatli ishtiroki boʻlib, ushbu turnirda 120 000 dollar mukofot puliga sazovor boʻlgan.
Hisob-kitoblarga koʻra, ikki nafar oʻzbekistonlik grossmeysterning 2025 yilda xalqaro turnirlardan olgan umumiy mukofot pullari 711 766 AQSh dollarini tashkil etgan.
Qayd etilishicha, mazkur summa faqat xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritilgan rasmiy mukofot pullarini oʻz ichiga oladi. Unga homiylik shartnomalari, reklama va tijoriy hamkorlik daromadlari, davlat mukofotlari, bir martalik bonuslar, stipendiyalar, grantlar hamda klub yoki terma jamoa maoshlari kiritilmagan.
Sport
09.02.2026, 15:30
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Akademik litseylarga kiriş test natijalari e'lon qilindi
Ta'lim
31.07.2026, 10:54

Yuqori kurs talabalari maktablarga diplomsiz işga ariza topşirişi mumkin
Ta'lim
01.08.2026, 10:37

Magistraturaga qabul yakunlandi
Ta'lim
31.07.2026, 11:31

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga imtihonda qo‘shimcha 50 foiz vaqt beriladi
Ta'lim
05.08.2026, 15:29

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47
So'nggi yangiliklar

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi
Oʻzbekiston
18.08.2026, 14:53

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon qamoqdan shifoxonaga ko‘chirilmoqda
Jahon
18.08.2026, 14:20

Vaziyat: Eron yangi hujumlarga shay, AQSh sulhni uzaytirmoqchi emas
Siyosat
18.08.2026, 11:50

“G‘azo bizniki”: Isroil vaziri har kecha G‘azoda 30–40 nafar falastinlikni o‘ldirishga chaqirdi
Jahon
17.08.2026, 10:31

Tramp benzin qimmatlashishidan ogohlantirdi, Eron esa murosasiz pozitsiyada
Siyosat
15.08.2026, 12:13

O'zbekistonga qayerdan köproq pul yuborilyapti?
Iqtisodiyot
14.08.2026, 16:32

Rossiya Ukraina temiryo‘l va port inshootlariga, Ukraina esa Rossiya neft markazi va omboriga hujum qildi
Jahon
14.08.2026, 16:02

O‘zbekistonga elektromobil importi hajmi 2,6 baravarga ko‘paydi
Iqtisodiyot
14.08.2026, 14:14

Qamchi prezident bo‘lardi, men nafaqaga chiqardim — Sadir Japarov
Siyosat
14.08.2026, 11:49

Putin Yaponiya da’vo qiladigan orolga tashrif buyurdi. Tokio bundan norozi
Siyosat
13.08.2026, 17:04

Green Card olish uçun 1000 dan ortiq soxta nikoh tuzilgan
Siyosat
13.08.2026, 14:21

AQSH bilan vaqtinchalik kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha hech qanday siljish yo‘q — Eron rasmiysi
Siyosat
13.08.2026, 13:37

Milliy alifboda [ŋ] tovushi uchun alohida harf kerak(mi?)
Fan-texnologiya
13.08.2026, 10:37

Eski yoki yirtilgan dollar banknotasini nima qiliş kerak?
Iqtisodiyot
13.08.2026, 09:57

Ukraina AQŞ iltimosiga köra Rossiya portidan foydalanayotgan tankerlarga hujumlarni töxtatdi
Jahon
12.08.2026, 10:47

Şimoliy Koreya xakerlari hujumlarda sun’iy intellektdan foydalanmoqda
Jahon
11.08.2026, 13:53

Mehmonxonalarda o‘zbek nonushtasi uchun yangi mezonlar joriy etiladi
Madaniy
11.08.2026, 12:37

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

Netanyahu Tramp taklif qilgan Ğazo rejasini rad etdi
Siyosat
10.08.2026, 11:14

Rossiyaning oxirgi zarbalari oqibatida Kiyevda uç kişi halok böldi
Jahon
08.08.2026, 12:23
Mashhur yangiliklar

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Akademik litseylarga kiriş test natijalari e'lon qilindi
Ta'lim
31.07.2026, 10:54

Yuqori kurs talabalari maktablarga diplomsiz işga ariza topşirişi mumkin
Ta'lim
01.08.2026, 10:37

Magistraturaga qabul yakunlandi
Ta'lim
31.07.2026, 11:31

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga imtihonda qo‘shimcha 50 foiz vaqt beriladi
Ta'lim
05.08.2026, 15:29

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47
