Olimpiada kundaligi: Oʻzbekiston hisobiga ikkita oltin medal qoʻshildi
Kecha, 8 avgust kuni boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi jamgʻarmasiga ikkita oltin medal qoʻshildi. Oʻzbekiston hozircha 18 oʻrinni band qilmoqda.
Sport
09.08.2024, 11:29
Ulashish:

Olimpiada kundaligi: Oʻzbekiston hisobiga ikkita oltin medal qoʻshildi
Shu kunning oʻzida bahslarga kirishgan Tokio Olimpiadasi chempioni Ulugʻbek Rashidov -68 kg vazn toifasida taekvondo boʻyicha musobaqa finaligacha yetib keldi. Ortda qolgan bahslarda raqiblaridan yaqqol ustun kelgan Rashidov uchun final jangi biroz qiyin kechdi. Shunga qaramay amaldagi Olimpiada chempioni azaliy raqib Iordaniya vakili Zaid Karimni magʻlub etib, ketma-ket ikki marta taekvondo boʻyicha Olimpiadaning oltin medalini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbek sportchisi boʻldi.
Boks boʻyicha oʻsmirlar Olimpiadasi gʻolibi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov Olimpiadaning final yoʻllanmasi uchun -57 kg vazn toifasida avstraliyalik Charli Seniorga qarshi ringga chiqdi. Tajribali bokschi Abdumalik 3 raundda ballar hisobiga raqibidan ustun keldi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Uning final jangi 11 avgust kuni Munarbek Seyitbek oʻgʻliga qarshi boʻlib oʻtadi.
Oʻzbek boksi professori, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Doʻsmatov final jangini oʻtkazdi. Bu bosqichda unga mezbon sportchi Bilal Bennama raqib boʻldi. Oʻta qiziqarli kechgan bahsda Hasanboy chindanam professor ekanligini isbotlab, raqibini magʻlub etdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu natijasi bilan u ikki karra Olimpiada chempioni boʻlgan ilk oʻzbek bokschisi nomini oldi. Hasanboyning final jangini uning oila aʼzolari bilan bir qatorda Andijon viloyati hokimi Shuhratdek Abdurahmonov va Buloqboshi tumani hokimi Furqatbek Boʻtaxonovlar birga kuzatdi.
Koʻp kurash bahslarida ishtirokini boshlagan Taxmina Ikromova saralash bosqichida 126 400 ball toʻpladi. Bu esa unga keyingi bosqichga yoʻl olish uchun yetarli boʻlmadi. Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Taxmina Ikromova Olimpiadani 14-natija bilan yakunladi.
Beshkurash bahslarida ishtirok etayotgan Alise Faxrutdinova esa qilichbozlik boʻyicha kechgan bahslarda 220 ball toʻplashga erishdi va yakunda yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Erkin kurash boʻyicha bahslarga kirishgan Gʻulomjon Abdullayev (-57 kg) va Javrail Shapiyevlar yarim finalda raqiblariga imkoniyatni boy berganiga qaramay, Olimpiadaning bronza medalini qoʻlga kiritish imkoniyatini saqlab qoldi. Endi ular oʻtish bosqichida ishtirok etadi.
Maʼlumot uchun, medallar reytingida Oʻzbekiston umumjamoa hisobida 3 ta oltin 2 ta bronza toʻplagan holda 18 oʻrinni egallab turibdi.
Sport
09.08.2024, 11:29
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32
So'nggi yangiliklar

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32
