Suv xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqotlar mintaqaviy bazasi kengaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2025 yildagi "Suv xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 482-son qarori qabul qilindi.

Ulashish:

Prezidentning 07.05.2024 yildagi PF-74-son Farmoni bilan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan.

Suv xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida oʻzaro integratsiyani kuchaytirish uchun hujjatda Irrigatsiya va suv muammolari ITI huzurida Qashqadaryo mintaqaviy markazini tashkil etish nazarda tutilgan.

Xorazm va Qashqadaryo markazlarining bino va inshootlarini saqlash, shuningdek xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2025 yilda Suv xoʻjaligi vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, 2026 yildan boshlab esa Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari mahalliy byudjetlari parametrlarida nazarda tutiladi.

Institutga qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan yer uchastkalari 30 yil muddatga ijara huquqida beriladi. Ularda quyidagilar boʻyicha tadqiqotlar olib boriladi:

zamonaviy suv hisobi tizimlarini joriy etish;

qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslari sarfini hisoblash;

tuproq-iqlim sharoitlari va qishloq xoʻjaligi ekinlari turlariga qarab suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishni takomillashtirish;

filtratsiyaga qarshi innovatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish orqali sugʻorish tarmoqlarida suv yoʻqotishlarini kamaytirish va ularning samaradorligini oshirish;

suv xoʻjaligi sohasida erishilgan ilmiy natijalar, ilgʻor tajribalar va zamonaviy texnologiyalarni sinovdan oʻtkazish.

Fan-texnologiya

06.08.2025, 18:24

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Senat: Kattaqoʻrgʻon shahri hududi kengaytiriladi

Shahar hududining kengayishi natijasida Kattaqoʻrgʻon oʻrta shaharlar toifasidan katta shaharlar toifasiga oʻtkazilib, urbanizatsiya jarayonlarini tezlashtirish imkoni yaratiladi.

Oʻzbekiston

07.09.2025, 12:45

DXXga ishga kiritishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Qashqadaryo va Samarqandda davlat xavfsizlik organlariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib pul olgan shaxslar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

06.09.2025, 21:30

Davlat tiliga rioya etish talablarini buzgan tadbirkorlarga nisbatan chora koʻrildi

Oʻzbekiston Respublikasida oʻzbek tili davlat tili maqomiga ega boʻlib, “Davlat tili haqida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan uning qoʻllanilishi qatʼiy tartibga solingan.

Oʻzbekiston

06.09.2025, 18:26

Oʻzbekiston va Polsha avtotransport ehtiyot qismlarini birgalikda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi

Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida "Oʻzavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi oʻrinbosari Davron Hidoyatov va Polsha Avtomobil sanoati uyushmasi prezidenti Yakub Farish oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Iqtisodiyot

06.09.2025, 14:37

Mayk Tayson – Floyd Meyvezer jangi tasdiqlandi + POSTER

Boks afsonasi Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi kechgan daromadli jangidan keyin pul isini olgan koʻrinadi.

Sport

06.09.2025, 11:51

Toshkent–Abakan yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslarni yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Xakasiya Respublikasi rahbari Valentin Konovalov bilan muzokara oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Oʻzbekiston

06.09.2025, 10:07

Bosh prokuror: 11,2 milliard soʻmlik ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar talon-toroj qilingani aniqlandi

Senatning oʻninchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2024 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 20:38

Qirgʻizistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shugʻullangan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi

Qoʻrgʻontepalik ogʻufurushlardan biri giyohvand moddani oʻzining avtomashinasida olib ketayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 19:34

Oʻzbekistonga guruch asosan qaysi davlatdan import qilinadi?

Oʻzbekistonda ham guruch yetishtiriladi, ammo iqlim oʻzgarishlari, suv resurslarining cheklanishi, ekin maydonlarining qisqarishi kabi omillar guruch hosildorligiga taʼsir koʻrsatmoqda. 

Iqtisodiyot

05.09.2025, 18:35

Andijon, Toshkent va Surxondaryoda xavfli dorilarni sotayotganlar qoʻlga olindi

Tezkor tajbirlar natijasida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. 

Oʻzbekiston

05.09.2025, 17:42

Andijon tumanida sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida maʼlumot

Xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari hodisa joyiga 12:13 da yetib borib, yongʻin soat 12:26 da oʻrab olingan hamda 13:03 da bartaraf etilgan.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 16:55

Britaniya kompaniyasi Oʻzbekistondagi laboratoriyalarni zamonaviy standartlarga moslashtiradi

"Intertek" kompaniyasi 100 dan ortiq mamlakatda 1000 dan ziyod laboratoriyaga egalik qiladi.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 16:38