updated: 22.03.2026, 16:08

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining vazifalari belgilandi

8 sentabr kuni prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-275-son qarori qabul qilindi.

Ulashish:

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining vazifalari belgilandi

Hujjat prezidentning "Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-76-son farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi "Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi negizida yaratildi. U oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Hujjat bilan Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. U agentlikning maqomi, vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Agentlikning asosiy vazifalari:

taʼlim tashkilotlarida ichki sifat nazorati mezonlari va tartib-taomillarini takomillashtirish va samarali amalga oshirish boʻyicha uslubiy tavsiyalar berish;

taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan choralar samaradorligini oʻrganish boʻyicha ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish, shuningdek soʻrovlar oʻtkazish.

Agentlik tuzilmasiga Agentlikning markaziy apparati va Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti kiradi.

Ta'lim

17.09.2025, 17:28

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Ebola Yevropada: Fransiyada ilk kasallik holati tasdiqlandi

Kongo Demokratik Respublikasidan Fransiyaga qaytgan shifokorda Ebola kasalligi qayd etildi. Bu Yevropada aniqlangan birinchi holatdir.

Jahon

24.06.2026, 17:34

Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi $12 milliardlik kelishuvlarga erishdi

Davlat rahbari yangi kelishuvlar haqida “Qozog‘iston–Yevropa Ittifoqi” davra suhbati chog‘ida ma’lum qildi.

Jahon

24.06.2026, 16:46

“Yadroviy qurol jahon urushiga qarshi yagona kafolatdir” — Kreml

Rossiya va AQSH o‘rtasidagi yadroviy qurollarni nazorat qilish shartnomasi bo‘lgan “Yangi START”ning amal qilish muddati fevralda tugadi. Natijada dunyoning ikki eng gigant yadroviy davlatida cheklovlar qolmadi. 

Siyosat

24.06.2026, 15:57

Yangi Namanganda yangi IT-park qurilishi boshlandi

Majmuada namanganlik 2 mingga yaqin yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratilish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston

23.06.2026, 16:05

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

Qirg‘izistonlik rasmiy tashrifning asosiy maqsadini ma’lum qildi: chegara bo‘yicha muhim qaror kutilmoqda.

Oʻzbekiston

23.06.2026, 12:58

Shimoliy Kaliforniya kutubxonasida otishma sodir bo‘ldi

Dushanba kuni Shimoliy Kaliforniyadagi kutubxonada ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan otishmani huquq-tartibot idoralari tergov qilmoqda.

Jahon

23.06.2026, 12:32

23-iyun – Xalqaro beva ayollar kuni

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 258 million beva ayol bor. Ularning 115 millioni qashshoqlikda yashaydi. Millionlab ayollar turmush o‘rtog‘idan ayrilgani uchun kamsitish va huquqiy tengsizlikka duch keladi.

Jahon

23.06.2026, 11:13

British Prime Minister Keir Starmer announces his resignation outside 10 Downing Street on Monday. (REUTERS / REUTERS)

Starmer ketdi. Britaniya yana bosh vazir izlayapti

Dushanba kuni ertalab Kir Starmer Dauning-stritdagi mashhur qora eshik oldiga chiqdi — va iste'fosini e'lon qildi. Ovozi bir-ikki marotaba qaltiradi. "Parlament fraksiyam bergan javobni eshitdim va uni munosib qabul qilyapman" — dedi u va hammasi shu bilan tugadi.

Jahon

22.06.2026, 19:58

Sadir Japarov O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi

Aripov Qirg‘iziston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, Shavkat Mirziyoyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston

22.06.2026, 17:22

Tyumen hududiga berilgan dron zarbalari qaytarildi — Rossiya

Tyumen — Ukraina chegarasidan 2500 km sharqda joylashgan bo'lib, Rossiyaning neft va gaz qazib oluvchi eng muhim hududlaridan biri. 

Jahon

22.06.2026, 16:54

Ikkinchi jahon urushidagi yo'qotishlar

Bundan roppa-rosa 85-yil oldin, 1941-yilning 22-iyunida Germaniya Sovet Ittifoqiga bostirib kirish bo‘yicha "Barbarossa" operatsiyasini boshlagan edi. 

Jahon

22.06.2026, 15:18

Toshkent davlat pedagogika universiteti binosi sotuvga qo‘yildi

Yangi Toshkentga ko‘chish munosabati bilan Pedagogika universiteti va boshqa bir qator davlat obyektlari boshlang‘ich narx bilan sotuvga chiqarildi.

Oʻzbekiston

22.06.2026, 11:51

Surxondaryoda xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka talafot yetdi

Sel oqimi yuzaga kelishi oqibatida Obizarang daryosi ustidagi xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining 1449-kilometrida joylashgan ko‘prikka zarar yetdi.

Oʻzbekiston

22.06.2026, 10:24

Buyuk Britaniya Yevropa Migratsiya Tarmog‘iga kuzatuvchi davlat sifatida qo‘shildi

Yangi kelishuv migratsiya va boshpana berish masalalari bo‘yicha hamkorlik hamda axborot almashinuvini yaxshilashga xizmat qiladi.

Siyosat

21.06.2026, 10:04

Yevropa Ittifoqi Armanistonga yordam tariqasida 34 million yevro ajratdi

Kengayish masalalari bo‘yicha komissar Marta Kosning aytishicha, Yevropa Ittifoqi suveren, demokratik va mustaqil davlat – Armanistonni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.

Siyosat

20.06.2026, 14:34

Isroil Livanga yana hujumlar uyushtirdi. Qurbonlar bor

Isroil va “Hizbulloh” juma kuni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganiga qaramay, shanba kuni Isroil Livan janubiga yangi zarbalar to‘lqinini yo‘llagan.

Jahon

20.06.2026, 12:31

Toshkentda gumanoid robotlar zavodi qurilmoqda

Toshkentdagi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida gumanoid robotlar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Loyiha doirasida 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot

20.06.2026, 10:59

Dominikan Respublikasida hashamatli kurort yonib ketdi

19-iyun kuni Dominikan Respublikasidagi yirik yong‘in oqibatida hashamatli dam olish maskani butunlay vayron bo‘ldi. 1700 ga yaqin sayyoh evakuatsiya qilindi.

Jahon

20.06.2026, 10:31

Rossiya Yevropa bilan muzokaralarga tayyor – Dmitriy Peskov

Kreml matbuot kotibi Rossiya Yevropa davlatlari bilan muloqotga ochiq ekanini, biroq ultimatumlarni qabul qilmasligini aytdi.

Siyosat

19.06.2026, 17:59

Poytaxtdagi ba’zi armatura mahsulotlari talablarga javob bermaydi – Nazorat qo‘mitasi

Nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar bo‘limi bozorlardagi o‘rganishlar davomida ayrim armatura (metall) mahsulotlari amaldagi texnik reglament va standart talablariga mos kelmasligini aniqladi.

Oʻzbekiston

19.06.2026, 16:09

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →