Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Xitoylik abituriyentlar soni o‘tgan yilga nisbatan 450 mingga kamaydi. Ishsizlikning oshishi sababli universitet bitiruvchilari hatto cho‘ponlikka ariza topshirmoqda.
Ta'lim
05.06.2026, 13:52
Ulashish:

Yakshanba kuni boshlanishi rejalashtirilgan milliy oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonida qatnashadigan xitoylik abituriyentlar soni o‘tgan yilga nisbatan 450 mingga kamayib, 12,9 million nafarni tashkil etdi. Bunga ko‘plab o‘smirlarning akademik daraja olishdan voz kechayotgani sabab bo‘lmoqda.
Ta’lim vazirligi tomonidan chorshanba kuni e’lon qilingan raqamlar kollej yoshidagi xitoylik o‘smirlar sonining tarkibiy qisqarishi hamda 16 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi 16 foizdan oshgan murakkab mehnat bozori sharoitida kuzatilmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, bu yozda mehnat bozoriga rekord darajadagi 12,7 million nafar oliy ma’lumotli bitiruvchi kirib kelishi kutilmoqda. Demak, ishsizlik ko‘rsatkichlari yomonlashadi.
Ko‘rsatkichlarning ketma-ket ikkinchi yil pasayishi
O‘tgan yili ham abituriyentlar soni 2024-yilga nisbatan 70 mingga kamaygan edi.
Vazirlik ushbu raqamlar pasayishi yuzasidan izoh bermadi, ammo yolg‘on reklama, yuqori to‘lovlar, firibgarlik yoki qalloblikni tashkil etish kabi noqonuniy harakatlarga qarshi qat’iy kurashilishini ma’lum qildi.
Kasb-hunar kollejlari ommalashmoqda
Ko‘pchilik talabalar tobora to‘liq stavkali ish bilan ta’minlaydigan kasbiy ta’lim dasturlarini tanlayotgani sababli o‘qishga qiziqishning pasayishi yuz bermoqda.
May oyida Pekindagi kasb-hunar maktablaridan birida mavjud 30 ta bo‘sh o‘ringa farzandlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuzlab ota-onalar navbatga turgan.
Shanxayda esa kasb-hunar kollejlariga qabul uch yil avvalgiga qaraganda 15 foizga oshgan.
Yoshlar cho‘ponlikka ham rozi
Xitoylik fermer Zuo Syaoyong onlayn vakansiya joylashtirganidan so‘ng, Mo‘g‘uliston janubidagi olis va qir-adirlardan iborat yaylovlarda cho‘ponlik qilish uchun atigi ikkita o‘ringa 700 dan ortiq kishi ariza topshirgan.
Uning reklamasi Weibo tarmog‘ida bir necha soat ichida 59 million marta ko‘rilib, Shanxay va Chunsin kabi megapolislardagi ofis xodimlari, butun Xitoy bo‘ylab zavod ishchilari va hatto universitet bitiruvchilaridan arizalar kelib tushdi.
Bunday holat mamlakat mehnat bozorida raqobat jiddiy kuchayib borayotganidan dalolat.
Xitoyda joriy yil imtihon topshiradigan millionlab abituriyentlar uchun shaffoflik choralari kuchaytirilgan: mobil telefonlar, aqlli ko‘zoynaklar kabi qurilmalar yordamidagi ko‘chirmakashlikning oldini olish uchun aqlli tekshiruv tizimlari qo‘llaniladi.
Mavzuga oid yangiliklar

Putin endi Si Szinpinning teng hamkori emas, balki kichik sherigiga aylandi
Jahon
15.07.2026, 12:06

Pekindagi baland binoga kichik samolyot urildi
Jahon
27.06.2026, 10:09

Xitoy Tayvanga tashrif buyurganlarga sanksiya qo‘llayapti
Siyosat
04.06.2026, 15:41

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
