updated: 22.03.2026, 04:19

Toshkent havosini tozalash: ekologiya idorasi qanday choralar koʻrdi?

Poytaxtda atmosfera havosini ifloslantiruvchi obʼektlar faoliyatini cheklash boʻyicha Maxsus komissiya tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhlar rejali reydlarini davom ettirmoqda. Maʼlumotga koʻra, 24 noyabr soat 18:00 da Toshkent havosidagi PM2.5 zarrachalarining oʻrtacha sutkalik miqdori 171 mkg/m³ boʻlgan boʻlsa, 28 noyabrga kelib bu koʻrsatkich 97 mkg/m³ gacha pasaygan

Ulashish:

Toshkent havosini tozalash: ekologiya idorasi qanday choralar koʻrdi?

Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻyicha Milliy qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Koʻrsatilgan natija Maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar samarasi sifatida qayd etilmoqda.

Issiqxonalarda:

  • 1449 ta issiqxona tekshirildi
  • 67 tasining faoliyati toʻxtatildi
  • 403 shaxsga maʼmuriy bayonnoma tuzildi
  • «Hududgaztaʼminot» filiallari 19 ta issiqxonaga gaz tarmogʻiga ulanish uchun texshartlar berdi

Qurilish obʼektlarida:

  • Jami 6,3 gektar maydonda 53 ta noqonuniy qurilish aniqlanib, yoʻq qilinyapti
  • 186 holatda havo ifloslanishi qayd etildi
  • 235 ta qurilish obʼektlaridan 25 foizi obodonlashtirilmagan
  • 34 ta obʼektda qurilish ishlari vaqtincha toʻxtatildi
  • 188 shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi
  • 51 obʼektda changni kamaytirish uchun sugʻorish uskunalari oʻrnatildi

Transport yoʻnalishida:

  • Yuki brezent bilan qoplanmagan 837 haydovchi jarimaga tortildi
  • Normadan ortiq ifloslanish manbai boʻlgan 206 haydovchiga maʼmuriy chora koʻrildi

Mikroklimatni barqarorlashtirish uchun:

  • 77 ta koʻcha va 165 ta jamoat joyi sugʻorildi va namlantirildi (496 km²)
  • 121 km ariq tozalandi, ularga 45 ta kanaldan suv keltirildi
  • 126 ta favvora ishga tushirildi

Bundan tashqari, Toshkent viloyatida daryo va jilgʻalardan qum hamda shagʻal noqonuniy qazib olishning 54 ta holati aniqlandi. Aybdorlarni javobgarlikka tortish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Ekologiya qoʻmitasiga koʻra, yangi antitsiklonning kirib kelishi (29 noyabrdan 5 dekabrgacha) inversiya holatlarining koʻpayishi va havo ifloslanishi koʻrsatkichlarining qisman oʻsishiga sabab boʻlishi mumkin.

«Qabul qilingan choralar natijasida Toshkent havosidagi ifloslanish darajasi maʼlum darajada pasaydi. Maxsus komissiya tezkor choralarni davom ettiradi va jamoatchilikni muntazam xabardor qilib boradi», — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan favqulodda chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmonni imzolagandi. Unga muvofiq poytaxtdagi ekologik muammolarni hal etish uchun Maxsus komissiya tuzilgan.

Oʻzbekiston

01.12.2025, 12:09

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?

Global isish elektromobillar batareyalarining tezroq eskirishiga olib kelishi mumkin. Bu esa elektromobil sotib olishni rejalashtirayotgan koʻplab odamlarda shubha uygʻotmoqda.

Iqtisodiyot

05.03.2026, 11:01

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?

Chorvoq suv ombori hududida qurilayotgan «Sea Breeze Uzbekistan» turistik majmuasi qonunchilik va xalqaro ekologik majburiyatlarga zid ravishda boshlangan boʻlishi mumkin. 

Oʻzbekiston

06.02.2026, 08:01

Sea Breeze Uzbekistan hujjatlari ekologik ekspertizaga taqdim etilmagan

Chorvoq suv ombori boʻyida barpo etilishi rejalashtirilgan Sea Breeze Uzbekistan umummavsumiy kurortining ekologik loyihasi hali Davlat ekologik ekspertizasi markaziga taqdim etilmagan.

Oʻzbekiston

26.01.2026, 17:12

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45