Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Chorvoq suv ombori hududida qurilayotgan «Sea Breeze Uzbekistan» turistik majmuasi qonunchilik va xalqaro ekologik majburiyatlarga zid ravishda boshlangan boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01
Ulashish:

«Sreda» nashri loyiha yuzasidan jiddiy huquqiy va ekologik savollar koʻtarmoqda.
Qoʻriqlanadigan hududda qurilish
Chorvoq suv ombori Ugam–Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi hududida joylashgan. Ugam–Chotqol milliy bogʻi Gʻarbiy Tyan-Shan ekotizimining bir qismi boʻlib, 2016 yilda YuNESKOning Butunjahon tabiiy merosi roʻyxatiga kiritilgan. Bu esa mazkur hududda har qanday yirik qurilish loyihalariga nisbatan alohida ekologik va huquqiy talablar qoʻyilishini taqozo etadi.

Vazirlar Mahkamasi qarori va jamoatchilik eshituvi
2025 yil 1 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining 490-son qarori bilan «Sea Breeze Uzbekistan» umummavsumiy kurort majmuasini barpo etish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlangan. Qarorda loyiha boʻyicha keng axborot va reklama ishlarini olib borish, shu jumladan jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish belgilangan.
Shu doirada 2025 yil 23 yanvar kuni Boʻstonliq tumani hokimiyati binosida jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtdi. Unda loyiha tashabbuskorlari, mahalliy va respublika darajasidagi masʼullar, xalqaro ekspertlar, jurnalistlar, blogerlar va ekolog faollar ishtirok etdi.
Loyiha tashabbuskorlarining pozitsiyasi
Tadbirda «Sea Breeze Uzbekistan» bosh direktori Sardor Hamidov loyiha ekologik standartlarga toʻliq rioya etgan holda amalga oshirilishini taʼkidladi. Uning aytishicha, majmua toʻliq ishga tushgach, 8 minggacha ish oʻrni yaratiladi, hudud infratuzilmasi rivojlanadi, mahalliy biznes va turizm uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻladi.
Shuningdek, loyiha doirasida hududni koʻkalamzorlashtirish rejalashtirilgan boʻlib, birinchi bosqichdayoq 10 mingdan ortiq daraxt va oʻsimlik ekilishi maʼlum qilindi.
_H8FGawG.jpg)
Loyihasiz boshlangan ishlar va huquqiy ziddiyatlar
Shu bilan birga, jamoatchilik muhokamalarida jiddiy savollar ham koʻtarildi. Loyiha rahbariyatining oʻzi ham togʻ yonbagʻirlarida tayyorlov ishlari boshlanganini tasdiqlagan. Ammo hozirga qadar toʻliq loyiha hujjatlari, atrof-muhitga taʼsirni baholash natijalari hamda davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi ochiq manbalarda eʼlon qilinmagan.
Qurilish ishlari Vazirlar Mahkamasining 490-son qaroridagi istisno bandiga tayanilgan holda boshlangani aytilmoqda. Biroq Shaharsozlik kodeksining 47-moddasiga koʻra, shaharsozlik hujjatlari tayyorlanmasdan yoki ular bilan parallel ravishda qurilish ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Ekologik qonunchilikka zid holatlar
2024 yil 18 oktabrda qabul qilingan «Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida»gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq, davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasisiz loyihani moliyalashtirish va amalga oshirish mumkin emas.
Shunga qaramasdan, 2025 yil yoz–kuz oylarida Chorvoq hududida qurilish texnikasi faoliyat olib borgani, qirgʻoqboʻyi hududlarga zarar yetkazilgani, oʻsimlik qoplami yoʻq qilingani haqida fotosuratlar va xabarlar tarqalgan.
Qaror talablari va davlat organlarining masʼuliyati
490-son qarorga muvofiq, loyiha amalga oshirilishi davomida Chorvoq suv ombori va Chirchiq daryosiga chiqindi hamda oqova suvlarni tashlash qatʼiyan taqiqlanadi. Oqova suvlar maxsus tozalash inshootlariga yoʻnaltirilishi shart. Bu talablar buzilgan taqdirda, loyiha toʻxtatilishi va yer ijarasi shartnomasi bekor qilinishi mumkin.
Mazkur talablarning bajarilishi ustidan nazorat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
Mutaxassislar fikriga koʻra, davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasisiz va toʻliq loyiha hujjatlarisiz yirik qurilish ishlarini boshlash amaldagi qonunchilikka zid hisoblanadi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston oʻz zimmasiga olgan xalqaro ekologik majburiyatlarga ham rioya etishi shart.
Bu esa «Sea Breeze Uzbekistan» loyihasi atrofidagi muhokamalar hali davom etishini, jamoatchilik va davlat organlari tomonidan masalaga huquqiy va ekologik nuqtai nazardan aniq va ochiq baho berilishi zarurligini koʻrsatadi.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Sea Breeze Uzbekistan hujjatlari ekologik ekspertizaga taqdim etilmagan
Oʻzbekiston
26.01.2026, 17:12

Ekologiya vazirligi “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi munosabati bilan bayonot berdi
Oʻzbekiston
04.08.2025, 16:31

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?
Iqtisodiyot
05.03.2026, 11:01

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari
Jahon
03.03.2026, 15:36
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
