Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlari arzonligi boʻyicha Sergeli va Uchtepa tumanlari yetakchi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning aprel oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlarini tahlilini eʼlon qildi. Unda keltirilishicha shahardagi ijara narxlari oʻtgan oyda kuzatilgani kabi pasayishda davom etmoqda.
Oʻzbekiston
20.05.2024, 16:21
Ulashish:

Sergeli va Uchtepa tumanlari uy-joy ijara narxlari bo'yicha nisbatan arzon
2024-yilning aprel oyida poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari mart oyidagiga nisbatan oʻrtacha 0,9 foizga, toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun esa oʻrtacha 1,12 foizga pasaygan.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joy ijarasi. 2024-yilning aprel oyida oʻrtacha taʼmirlangan 1 xonali turar joy uchun taklif etilgan ijara narxlari mart oyidagiga nisbatan oʻrtacha 1,4 foizga pasayib, 386 AQSh dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2 xonali xonadonlar uchun ijara narxlari 0,4 foizga pasaygan va 434 dollargacha tushgan. Shuningdek, oʻrtacha taʼmirlangan 3 va 4 xonali turar joylar uchun ijara narxlari mos ravishda 1,3 foiz va 0,6 foizga pasaygan va oʻrtacha narxlar 507 va 587 dollarni tashkil etgan.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 350 dollar, 2 xonali - 384 dollar ,3 xonali - 429 dollar, 4 xonali - 441 dollar), Olmazor (1 xonali - 361 dollar, 2 xonali - 408 dollar, 3 xonali - 449 dollar, 4 xonali - 477 dollar) tumanlarida taklif etilgan boʻlsa, eng qimmat ijara narxlari Shayxontohur (1 xonali - 412 dollar, 2 xonali - 449 dollar, 3 xonali - 524 dollar, 4 xonali - 627 dollar) va Mirobod (1 xonali - 457 dollar, 2 xonali - 518 dollar, 3 xonali - 612 dollar, 4 xonali - 798 dollar) tumanlarida kuzatildi.
Toʻliq taʼmirlangan uy-joy ijarasi. Aprel oyida toʻliq taʼmirlangan 1 xonali turar joylar uchun oʻrtacha ijara narxi 467 dollarni tashkil etib, oʻtgan mart oyidagiga nisbatan 0,8 foiz tushgan boʻlsa, 2 xonali turar joylar uchun ushbu koʻrsatkichlar mos ravishda 631 dollarni va 2,1 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali turar joylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxlarida (784 dollar) ham biroz (0,4 foiz) pasayish kuzatildi. Shuningdek, toʻliq taʼmirlangan 4 xonali turar joylar oʻrtacha ijara narxlari ham 1,1 foiz tushib, 901 dollargacha pasaygan.
Toʻliq taʼmirlangan turar joylar uchun eng arzon ijara narxlari Uchtepa (1 xonali - 392 dollar, 2 xonali - 484 dollar, 3 xonali - 619 dollar, 4 xonali - 736 dollar) va Chilonzor (1 xonali - 413 dollar, 2 xonali - 512 dollar, 3 xonali - 652 dollar, 4 xonali - 774 dollar) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Shayxontohur (1 xonali - 557 dollar, 2 xonali - 846 dollar, 3 xonali - 1069 dollar, 4 xonali - 1068 dollar) va Mirobod (1 xonali - 541 dollar, 2 xonali - 839 dollar, 3 xonali - 1028 dollar, 4 xonali - 1093 dollar) tumanlarida kuzatildi.
Ijara narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olx.uz (https://www.olx.uz/) platformasidan veb skreping (veb scraping) usulida toʻplandi. Bunda 2024-yilning mart oyi uchun 52.2 mingta va aprel oyi uchun 86 mingta maʼlumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriligan.
Oʻzbekiston
20.05.2024, 16:21
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 14:48

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06

Toshkentda fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda yangi tartib joriy etildi
Oʻzbekiston
27.01.2026, 16:02

Toshkentda YPX inspektorini xizmat paytida urib ketdi
Oʻzbekiston
23.01.2026, 08:52

Toshkentdagi ekologik xavfli 87 ta korxona shahar tashqarisiga koʻchiriladi
Oʻzbekiston
19.01.2026, 13:20

Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
Jahon
17.01.2026, 12:23
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
