updated: 22.03.2026, 04:19

Toshkentdagi ekologik xavfli 87 ta korxona shahar tashqarisiga koʻchiriladi

Bu, ayniqsa, Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek, viloyat markazlarida joylashgan asbest va sement sanoati, charm-poyabzal, parrandachilik, qora va rangli metallurgiya kabi energiya talabchan tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan korxonalarga taalluqlidir.

Ulashish:

Toshkentdagi ekologik xavfli 87 ta korxona shahar tashqarisiga koʻchiriladi

Toshkent shahri hududida joylashgan ekologik jihatdan xavfli 87 ta sanoat korxonasi bosqichma-bosqich shahar tashqarisiga koʻchiriladi. Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi maʼlum qildi.

Ushbu chora-tadbirlar Prezidentning 2025 yil 30 yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Hujjatga koʻra, ekologik xavfi yuqori va energiya sarfi katta boʻlgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hamda ularni shaharlardan tashqariga koʻchirish rejalashtirilgan. 

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrida ushbu talablarga javob beradigan 87 ta korxona aniqlangan. Ularni koʻchirish mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash va texnologik jarayonlarni zamonaviy ekologik standartlarga moslashtirish sharti bilan amalga oshiriladi.

Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida maxsus komissiya tomonidan sanoat obʼektlarida doimiy tekshiruvlar oʻtkazilmoqda. Xususan, ekologik xavfli I toifaga kiruvchi “Oʻzvtorsvetmet” AJ faoliyati toʻxtatilib, korxona Jizzax viloyatidagi sanoat hududiga koʻchirilishi belgilandi.

2025 yil oktabr oyida oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida mazkur korxona tomonidan atrof-muhitni ifloslantirish holatlari aniqlangan. Natijada korxonaga majburiy koʻrsatma berilgan va yetkazilgan ekologik zarar uchun 18 milliard 91 million 717 ming 137 soʻm miqdorida kompensatsiya hisoblangan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu mablagʻlar hisobidan eski va ekologik jihatdan zararli eritish pechlari utilizatsiya qilinadi hamda ishlab chiqarish zamonaviy, ekologik talablarga javob beradigan uskunalarda davom ettiriladi.

Koʻrilgan choralar natijasida atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar hajmi yiliga oʻrtacha 226,7 tonnaga kamayishi kutilmoqda. Bu esa Toshkent shahrining Yangixayot tumanida havo sifati sezilarli darajada yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Mavzuga oid yangiliklar

Ekoreydlar natijasida chiqindi yoqayotgan korxonalar aniqlandi

Tekshiruv chogʻida Zangiota tumanida joylashgan ushbu obʼektda chiqindilarni belgilangan tartibda qayta ishlash oʻrniga, ularni toʻgʻridan-toʻgʻri yoqib yuborayotgani maʼlum boʻldi.

Oʻzbekiston

27.11.2025, 16:20

Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha maxsus komissiya tuzildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, poytaxtda ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus komissiya tuzildi.

Oʻzbekiston

25.11.2025, 09:33

Toshkentda kesilgan 145 tup daraxt boʻyicha hokimlik izoh berdi

Taʼkidlanishicha, archalarning koʻpchiligi kasallangan va qurub borayotgan daraxtlarni ehtiyotkorlik bilan koʻchirish rejalashtirilgan, ammo ayrim masʼullar jarayonda talablarga toʻliq amal qilmagan. Guvohlar esa ishlar hokim oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov topshirigʻi bilan amalga oshirilganini aytishmoqda.

Oʻzbekiston

27.10.2025, 10:00

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45