updated: 22.03.2026, 02:51

Toshkentda BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro logistika terminali quriladi

«Tashkent Invest» va BAAning DP World kompaniyalari poytaxtda zamonaviy multimodal logistika terminalini qurish va boshqarish uchun qoʻshma korxona tashkil etdi. Yangi kompaniya DP World Tashkent deb nomlandi.

Ulashish:

Toshkentda BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro logistika terminali quriladi

Terminal Yangihayot tumanidagi “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi hududida joylashadi. Loyiha doirasida temiryoʻl quruq porti, bojxona rasmiylashtiruvi zonalari, omborlar va kross-doking majmualari barpo etiladi.

Jami 288 million dollarlik investitsiya yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan. Ustav kapitalida “Tashkent Invest” 15 foiz, DP World esa 85 foiz ulushga ega boʻladi.

Birinchi bosqichda yiliga 150 ming TEU quvvatga ega temiryoʻl terminali va 63 ming kvadrat metrli ombor majmuasi quriladi. Keyingi bosqichlarda umumiy maydoni 163 ming kvadrat metr boʻlgan qoʻshimcha ombor binolari foydalanishga topshiriladi.

Loyiha Toshkentning milliy temiryoʻl va avtomobil yoʻllari hamda xalqaro aeroport bilan bogʻlanishini taʼminlaydi. Bu esa yuklarni avtomobil, temiryoʻl va havo transporti orqali multimodal tashishni samarali tashkil etishga imkon beradi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov taʼkidlaganidek, mazkur hamkorlik poytaxtning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

DP World rahbari Sulton Ahmad bin Sulayim Toshkentdagi terminal Markaziy Osiyodagi taʼminot zanjirlari samaradorligini oshirib, mintaqani jahon logistika tarmogʻining muhim halqasiga aylantirishini taʼkidladi.

Iqtisodiyot

13.10.2025, 17:21

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Emirates Airlines

Dubay parvozlari tiklanmoqda: Emirates yaqin kunlarda toʻliq faoliyatga qaytishni rejalashtirmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli toʻxtab qolgan parvozlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Emirates aviakompaniyasi yaqin kunlarda reyslarni toʻliq hajmda qayta yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Aviatsiya xabidagi uzilishlar Dubay iqtisodiyotiga katta moliyaviy yoʻqotishlar keltirgan. 

Jahon

07.03.2026, 13:27

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi

Hind Al-Ovays BAAning Inson huquqlari boʻyicha doimiy qoʻmitasi direktori va BMTda faol diplomat. U faylda Epshteynga 14 yoshli singlisini tanishtirish niyatini bildirgan.

Jahon

25.02.2026, 11:56

Somali Abu-Dabi bilan aloqalarni keskin uzdi

Somali hukumati Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan tuzilgan barcha kelishuvlarni bekor qildi. Gap strategik portlarni boshqarish, xavfsizlik hamda mudofaa sohasidagi shartnomalar haqida bormoqda.

Jahon

13.01.2026, 15:46

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45