Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha maxsus komissiya tuzildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, poytaxtda ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus komissiya tuzildi.
Oʻzbekiston
25.11.2025, 09:33
Ulashish:

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
24 noyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni muhokama etish maqsadida yigʻilish oʻtkazgandi. Unda ekspertlar xulosalari asosida yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolni oʻz ichiga olgan kompleks takliflar ishlab chiqildi. Ular tezkor choralardan tortib, kelgusida bunday holatlar takrorlanishining oldini oluvchi tizimli yechimlarni qamrab oladi.
Yigʻilishda ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi obʼektlar faoliyatini cheklash, qurilish jarayonlariga qoʻyiladigan talablarni qatʼiylashtirish, shaharni keng koʻlamda koʻkalamzorlashtirish hamda havo sifatini nazorat qilishning zamonaviy tizimini yaratish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Ekologik chora-tadbirlar kelgusida Prezidentga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladigan farmon loyihasining asosi boʻlishi taʼkidlandi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi Xayrulla Gʻafforov taʼkidlashicha, havo sifati muammosi uzoq yillik jarayon natijasi boʻlib, uch asosiy omil bilan bogʻliq:
- Iqlim oʻzgarishi va kam yogʻingarchilik. Orol dengizining qurishi va suv resurslari kamayishi natijasida arid muhit shakllangan, bu esa chang miqdorining ortishiga olib kelgan.
- Issiqlik manbalari va sanoat korxonalari. Isitish tizimlari, issiqlik markazlari, IESlar va boshqa korxonalar havoga issiqxona gazlarini chiqarmoqda. Shamolning sustligi va atmosfera bosimi ularning jamlanib qolishiga sabab boʻlmoqda.
- Transport vositalari. Transportdan chiqadigan zararli moddalar, ayniqsa yoz oylaridagi yashil maskanlar kamayganida, havoda koʻp miqdorda saqlanib qolmoqda. Daraxtlar barg toʻkishi, shamol va yogʻingarchilikning yetishmasligi chang va zararli moddalarni atmosferada ushlab turmoqda.
Oʻzbekiston
25.11.2025, 09:33
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentdagi ekologik xavfli 87 ta korxona shahar tashqarisiga koʻchiriladi
Oʻzbekiston
19.01.2026, 13:20

Toshkentda kesilgan 145 tup daraxt boʻyicha hokimlik izoh berdi
Oʻzbekiston
27.10.2025, 10:00

Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
Jahon
17.01.2026, 12:23

«Ekostiker» tizimi: 2026 yildan jarimalar qoʻllanilmaydi
Oʻzbekiston
26.12.2025, 10:13

Eko-stikerlar uchun qancha miqdorda toʻlov qilinadi?
Oʻzbekiston
20.12.2025, 10:22

Toshkent metrosida bir yoʻlovchi sabab vagondagi barcha yoʻlovchilar tushirildi
Oʻzbekiston
17.12.2025, 09:27
Mashhur yangiliklar

"Kelishuv buzildi". “Oʻtkan kunlar” tarjimoni nimadan norozi?
Madaniy
25.12.2025, 10:55

Nyu-Yorkning yangi meri ishni Isroilga oid farmoyishlarni bekor qilishdan boshladi
Jahon
05.01.2026, 18:08

Yangi yil bayrami munosabati bilan chegirmalar joriy etiladi
Madaniy
23.12.2025, 09:09

Yangi yil anʼanalari: urf-odatlar orqali xalqlarni tanish
Madaniy
31.12.2025, 10:32

Yangi uy-joy xarid qilgan xaridorga keshbek beriladi
Iqtisodiyot
23.12.2025, 18:07

Toshkentda tunda bepul parking joriy etiladi: kimlar foydalana oladi?
Iqtisodiyot
26.12.2025, 14:38
So‘nggi yangiliklar

Davlat ramzlari toʻgʻrisidagi qonunni buzgan fuqaroga jarima tayinlandi
Oʻzbekiston
21.01.2026, 15:02

Onlayn kredit firibgarligiga uchragan fuqarolardan qarz undirish toʻxtatiladi
Iqtisodiyot
21.01.2026, 12:06

Yevropa mamlakatlari AQShdagi Jahon chempionatini boykot qilishni muhokama qilmoqda
Jahon
21.01.2026, 11:22

Tramp Grenlandiya boʻyicha daʼvolarini kuchaytirdi
Jahon
21.01.2026, 08:36

«Antikorrupsiya» sayti muxbiri 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Oʻzbekiston
20.01.2026, 17:59

London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Jahon
20.01.2026, 14:42

Qobiljonning oʻlimidan soʻng, onasi va ukasi qanday yashamoqda?
Jahon
20.01.2026, 10:35

Moldova MDH aʼzoligini tugatish sari qadam qoʻydi
Jahon
20.01.2026, 09:14

Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Siyosat
19.01.2026, 18:06

AQSh harbiylari Iroqdagi bazasini tark etdi
Jahon
19.01.2026, 16:26

Zomindagi dor yoʻli 215 mlrd soʻmga sotildi
Iqtisodiyot
19.01.2026, 15:11

Toshkentdagi ekologik xavfli 87 ta korxona shahar tashqarisiga koʻchiriladi
Oʻzbekiston
19.01.2026, 13:20
Mashhur yangiliklar

"Kelishuv buzildi". “Oʻtkan kunlar” tarjimoni nimadan norozi?
Madaniy
25.12.2025, 10:55

Nyu-Yorkning yangi meri ishni Isroilga oid farmoyishlarni bekor qilishdan boshladi
Jahon
05.01.2026, 18:08

Yangi yil bayrami munosabati bilan chegirmalar joriy etiladi
Madaniy
23.12.2025, 09:09

Yangi yil anʼanalari: urf-odatlar orqali xalqlarni tanish
Madaniy
31.12.2025, 10:32

Yangi uy-joy xarid qilgan xaridorga keshbek beriladi
Iqtisodiyot
23.12.2025, 18:07

Toshkentda tunda bepul parking joriy etiladi: kimlar foydalana oladi?
Iqtisodiyot
26.12.2025, 14:38
