Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi: viza, taʼlim va turizm sohasida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?
2025 yil 28 aprel kuni Toshkent shahrida Gretsiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi rasman ochildi.
Oʻzbekiston
03.01.2026, 16:59
Ulashish:

Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gretsiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Paraskevi Tzeveleki xonimning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgani munosabati bilan oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Shu munosabat bilan «Paradigma Media» (Paradigma.uz) nashri elchi Paraskevi Tzeveleki xonimni suhbatga taklif qildi. Intervyu davomida Oʻzbekiston va Gretsiya oʻrtasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, jumladan taʼlim, madaniyat, turizm va Shengen vizalari masalalari muhokama qilindi.
Elchi xonim Oʻzbekistonda olib borilayotgan ochiq va koʻp vektorli tashqi siyosatni, shuningdek, davlat rahbariyatining xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuqori baholadi. Uning taʼkidlashicha, prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirmoqda.
Turizm va sayohat imkoniyatlari
Elchiga koʻra, turizm har ikki mamlakat uchun ham muhim yoʻnalish hisoblanadi. Xususan, ushbu soha Gretsiya yalpi ichki mahsulotining qariyb 15 foizini tashkil etadi. Oʻzbekiston ham turizm sohasida katta maqsadlarni oldiga qoʻygan davlat sifatida baholandi.
“Gretsiya Oʻzbekistonning turizm sohasidagi rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydi va bu yoʻnalishda hamkorlikni kengaytirishga tayyor”, — dedi elchi.
Shengen vizalari: nima oʻzgarishi mumkin?
Suhbat davomida Paradigma Media asoschisi va bosh muharriri Xurshid Alimardanov tomonidan Shengen vizalari boʻyicha qarorlar qanday tartibda qabul qilinishi haqida savol berildi.
Bunga javoban, elchi xonim Shengen vizasi tizimi yagona va qatʼiy tartibga solinganini taʼkidlab, hozirda viza arizalari belgilangan autsorsing kompaniyalari orqali qabul qilinib, koʻrib chiqilayotganini maʼlum qildi.
Shu bilan birga, Gretsiyaning Oʻzbekistondagi konsullik boʻlimi toʻliq faoliyat boshlaganidan soʻng amaldagi tizim qayta koʻrib chiqilishi mumkinligi aytildi.
“Dunyoning koʻplab Gretsiya elchixonalari amaliyotiga muvofiq, ayrim istisnolar joriy etiladi va baʼzi ariza topshiruvchilar vizani toʻgʻridan-toʻgʻri elchixonada topshirish imkoniyatiga ega boʻladi”, — dedi elchi.
Bu esa kelgusida Shengen vizasini rasmiylashtirish jarayonida Oʻzbekiston fuqarolari uchun muayyan yengilliklar yaratilishi mumkinligini anglatadi.
Quyida toʻliq intervyuni YouTube sahifamizda koʻring!
Taʼlim va akademik hamkorlik
Intervyuda taʼlim sohasidagi hamkorlikka ham alohida eʼtibor qaratildi. Elchi xonimning soʻzlariga koʻra, 1997 yilda imzolangan taʼlim, fan va madaniyat sohasidagi kelishuv doirasida uch yillik ikki tomonlama dasturni imzolash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Gretsiyada tahsil olishni istagan oʻzbekistonlik talabalar uchun stipendiyalar ajratilayotgani, kelgusida bu imkoniyatlar kengaytirilishi maʼlum qilindi. Xususan, bir nafar oʻzbekistonlik talaba qizga toʻliq grant asosida Gretsiyada tahsil olish imkoniyati yaratilgani qayd etildi.
Suhbatda universitetlar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish, talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi, shuningdek, Oʻzbekistonda onlayn grek tili kurslarini joriy etish rejalari ham muhokama qilindi.
Insonlar oʻrtasidagi aloqalar
Elchi xonim taʼkidlashicha, mamlakatlar oʻrtasidagi siyosiy munosabatlar ijobiy boʻlsa-da, jamiyatlar bir-birini hali yetarlicha yaxshi tanimaydi. Shu bois, Toshkentda Gretsiya elchixonasining ochilishi kelgusida Afina shahrida Oʻzbekiston elchixonasining toʻliq faoliyat boshlashiga zamin yaratishi mumkin.
Bu esa insonlar oʻrtasidagi aloqalarni, taʼlim va madaniy almashinuvlarni sezilarli darajada kuchaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Suhbat va intervyu uchun «Paradigma Media» jamoasi Gretsiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Paraskevi Tzeveleki xonimga minnatdorchilik bildiradi.
📍 Manzil: Sharshara tor koʻchasi, 131-uy, Yakkasaroy tumani, Toshkent shahri, 100066 Oʻzbekiston,
🌐 Rasmiy sayt: https://www.mfa.gr/missionsabroad/en/uzbekistan.html
✉️ Elektron pochta: gremb.tsk@mfa.gr
Oʻzbekiston
03.01.2026, 16:59
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda
Jahon
07.03.2026, 11:18

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi
Oʻzbekiston
03.03.2026, 17:25

Xorijiy til oʻqituvchilari nega ish joyini yoʻqotyapti?
Oʻzbekiston
12.01.2026, 09:26

Oʻzbek—fransuz universiteti tashkil etiladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:38

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining vazifalari belgilandi
Ta'lim
17.09.2025, 17:28

Germaniya OTMda oʻzbekistonlik yoshlarga grantlar ajratiladi
Ta'lim
09.09.2025, 18:28
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 16:56

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
Jahon
12.03.2026, 15:15

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi
Jahon
12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?
Jahon
12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot
12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi
Fan-texnologiya
11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi
Jahon
11.03.2026, 11:48
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
