Ukraina kelajakda Rossiyaning bir qismi boʻlishi mumkin — Donald Tramp
AQSh Prezidenti Donald Tramp 10 fevral kuni Fox News telekanalida bergan intervyusida Ukraina kelajakda Rossiyaning bir qismi boʻlishi mumkin degan fikrni ilgari surdi. Bu bayonot Gʻarb davlatlarining yordami bilan uch yildan beri Rossiyaning bosqiniga qarshi kurashib kelayotgan Ukrainaning mustaqilligi shubha ostida ekanligini anglatadi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Jahon
12.02.2025, 15:02
Ulashish:

Ukraina kelajakda Rossiyaning bir qismi boʻlishi mumkin — Donald Tramp
Joriy yilning 10 fevral kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Amerika maʼmuriyatining urushni tugatish boʻyicha qilayotgan saʼy-harakatlari haqida gapirib oʻtgan. Bu intervyu uning Vitse-prezidenti JD Vance va Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy oʻrtasida rejalashtirilgan uchrashuv arafasida efirga uzatilgan.
"Ukraina Rossiya bilan kelishuvga erishishi mumkin, balki erisha olmas. Ukraina kelajakda Rossiyaning bir qismiga aylanishi yoki boʻlmasligi ham mumkin", deya Tramp shu jarayonda kinoyali fikr bildirgan.
Shuningdek, u AQShning Ukrainaga berayotgan yordamidan foyda koʻrishni istayotganini taʼkidlab, yana bir bor Ukrainaning qimmatbaho yer metallarini savdoga qoʻyish taklifini ilgari surgan.
"Ular juda boy yer resurslari — nodir metallar, neft, gazga ega. Men mablagʻimiz kafolatlangan boʻlishini istayman. Men ularga 500 milliard AQSh dollarlik nodir metallar ekvivalentini olishimiz kerak ekanligini aytdim. Ular deyarli bunga rozi boʻldi. Aks holda, biz ahmoqlik qilgan boʻlamiz. Ularga shuni ham aytdimki, biz bu pullarni shunchaki bera olmaymiz, buning evaziga nimadir olishimiz kerak", deya qoʻshimcha qilgan u.
Tabiiyki, Trampning ushbu bayonotlari 2022 yildan buyon Ukrainaning toʻrtta hududni noqonuniy ravishda anneksiya qilib, butun mamlakatni oʻziga boʻysundirmoqchi boʻlgan Rossiyaga yoqib tushdi. Trampning chiqishidan bir kun oʻtib, yaʼni 11 fevral kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Amerika prezidentining soʻzlariga munosabat bildirdi.
"Ukrainaning katta qismi Rossiyaniki va bu allaqachon amalga oshgan haqiqat", deydi u.
Rossiya 2022 yil fevral oyida keng koʻlamli bosqinni boshlaganida, Kiyevni bir necha kun ichida, butun mamlakatni esa bir necha hafta ichida egallab olishni rejalashtirgan edi. Biroq, urush toʻrtinchi yilga oʻtarkan, Moskva Ukraina hududining atigi beshdan bir qismida nazoratni oʻrnata oldi.
2023 yilda Rossiya bosib olingan Donetsk, Lugansk, Zaporijjya va Xerson viloyatlarida soxta referendum oʻtkazib, ularni rasman anneksiya qilishga uringan edi. Peskovning aytishicha, bu referendumda xalq katta xavf-xatarlarga qaramay, navbatga turib ovoz bergan.
Bundan tashqari, Tramp Fox News telekanalida bergan intervyusida oʻz maʼmuriyati Rossiya va Ukraina oʻrtasida tinchlik muzokaralariga zamin yaratishda "ulkan yutuqlarga" erishganini taʼkidlagan. Zelenskiy esa Tramp maʼmuriyatidan muhim shaxslar shu hafta ichida Ukrainaga tashrif buyurishini va ularni Myunxendagi Xavfsizlik konferensiyasida kutib olishini maʼlum qilgan.
Mavzuga oid yangiliklar

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi
Jahon
06.10.2026, 16:14

Rossiya neft ishlab chiqarish hajmi yanvardan beri 940 ming barrelga kamayib ketdi
Jahon
14.09.2026, 15:54

Rossiya Ukraina–Polşa çegarasi yaqinida yólovçi poyezdiga dronlar bilan zarba berdi
Jahon
14.09.2026, 10:20

Ukraina dronlari Tula viloyatida ikki kishini o‘ldirdi, Kiyevda 8 kishi yaralandi
Jahon
11.09.2026, 14:27
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
So'nggi yangiliklar

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi
Iqtisodiyot
20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda
Oʻzbekiston
19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi
Oʻzbekiston
19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Iqtisodiyot
17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?
Siyosat
17.10.2026, 12:12

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?
Siyosat
17.10.2026, 10:37

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?
Madaniy
16.10.2026, 15:13

"Green Card 2027" rasman ochiladi
Jahon
15.10.2026, 17:54
Mashhur yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Istanbulda özbekistonlik ayol dori vositasidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi
Oʻzbekiston
24.09.2026, 16:53

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

Taftish.uz tahririyati xodimlariga hukm chiqarildi
Oʻzbekiston
25.09.2026, 08:38
