Ukraina O‘zbekistondan nimalarni umid qilmoqda?
Bugun, 11-sentabr kuni Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasida Ukraina favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko va o‘zbekistonlik jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Siyosat
11.09.2024, 16:39
Ulashish:

Украина Ўзбекистондан нималарни умид қилмоқда?
Tadbir davomida elchi Ukrainaning ichki siyosatiga, shuningdek, Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikka oid bir qator muhim masalalarni sharhlab, mavjud vaziyat va o‘zaro hamkorlik haqida batafsil ma’lumot berdi.
Matbuot anjumani avvalida Nikolay Doroshenko Ukraina hukumatidagi so‘nggi o‘zgarishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
"Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy 10 ta yangi vazir tayinlanganini e’lon qilib, bu o‘zgarishlar Rossiyaning davom etayotgan tajovuzkorligi va tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitida hukumat ishiga yangi turtki berish uchun mo‘ljallanganligini ta’kidladi", dedi Doroshenko.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasidagi islohotlar, yangilanishlar davlat tuzilmasini mustahkamlash hamda dolzarb muammolarga moslashishga qaratilgan bo‘lib, bu davlat ishini yanada samaraliroq olib borish va frontni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi kerak.
Shuningdek, elchi Ukraina Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustinning O‘zbekistonga kelganligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. U mazkur tashrif Rossiyaning ichki ishi ekanligini va Ukraina tashqi siyosati masalalariga aloqador emasligini ta’kidladi. Biroq, Rossiya orqali o‘tadigan transport yo‘lagining yopilishi bilan bog‘liq mavjud muammolardan kelib chiqqan holda, ikki davlat o‘rtasida tovar yetkazib berish qiyinlashganini bildirdi. Elchining ta’kidlashicha, har ikki davlat ham savdo aylanmasini oshirish va logistika yo‘nalishlarini optimallashtirish yo‘llarini faol izlamoqda, bu esa iqtisodiy hamkorlikni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, Nikolay Doroshenko Ukrainada O‘zbekiston fuqarolari tomonidan tashkil etilgan kamida 1500 ta kompaniya ro‘yxatdan o‘tganini ma’lum qildi. Bu o‘zbekistonlik tadbirkorlarning Ukraina bozoriga qiziqishi ortib borayotganini tasdiqlaydi. Elchi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va Ukraina iqtisodiyotiga o‘zbek biznesining qo‘shimcha sarmoyasini jalb etishga umid bildirmoqda. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Ukraina uchun muhimligini alohida e’tirof etdi.
Tadbirda gumanitar masalalar ham muhim muhokama mavzusiga aylandi. Elchining qayd etishicha, bu yil ukrainalik bolalar O‘zbekistondagi sog‘lomlashtirish lagerlariga kela olmagan. Biroq, Ukraina kelajakda ham shunday muhim gumanitar hamkorlikni davom ettirishga umid qilmoqda. Elchi O‘zbekiston bundan keyin ham insonparvarlik tashabbuslarida ishtirok etishiga astoydil ishonishi bildirdi.
Matbuot anjumanining asosiy mavzularidan biri Ukrainadagi energetika sektorining bugungi kundagi ahvoli bo‘ldi. Elchi mamlakat energetika infratuzilmasiga, jumladan, Rossiya tomonidan Erondan sotib olingan ballistik raketalar va dronlardan foydalanish bilan muntazam hujumlarga duch kelayotganiga e’tibor qaratdi. Oqibatda Ukraina 80 foizgacha energiya ishlab chiqarish manbaidan uzilgan. Shu sababli elchi O‘zbekiton hukumatidan bu borada Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini so‘ragan.
Bundan tashqari, elchi Ukraina mudofaa sohasini mustahkamlash borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini bildirib, davlatdan Ukrainaga yordam berishini kutmoqda.
Doroshenko, shuningdek, Ukraina urush boshlanganidan beri duch kelayotgan soxta targ‘ibot va dezinformatsiya muammosiga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning qayd etishicha, jahon Ukraina hamjamiyatiga qaratilgan soxta ma’lumotlarni rad etish va mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi haqiqatni qo‘llab-quvvatlash uchun faol harakat qilishi kerak.
Elchi suhbat so‘nggida Ukrainaning muhim infratuzilmalarini tiklash bo‘yicha O‘zbekistondan yordam so‘radi. Shuningdek, u O‘zbekistondan Ukrainaning qayta qurishda faol ishtirok etishini umid qildi. Elchi mamlakatning O‘zbekiston ommaviy axborot vositalaridagi ishtirokini oshirish istagi borligini ta’kidladi.
"Ukraina bilan bog‘liq yangiliklar O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida ko‘proq ishtirok etishini istardim, biz hamkorlikka tayyormiz", dedi Nikolay Doroshenko.
Siyosat
11.09.2024, 16:39
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi
Jahon
06.10.2026, 16:14

Rossiya yangi safarbarlik boshlagan – Zelenskiy
Jahon
29.09.2026, 11:27
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
