"Ulugʻbek Ziji" asari ilk bor toʻrt tilda nashr etildi

Amir Temurning nabirasi, Movarounnahr sultoni Mirzo Ulugʻbekning "Ulugʻbek Ziji" asari ilk bor oʻzbek, rus, ingliz va xitoy tillarida nashr etildi.

Ulashish:

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari tomonidan "Ulugʻbek Ziji" ("Ziji jadidi Koʻragoniy") asari ilk bor oʻzbek, rus, ingliz va xitoy tillarida nashr etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati yozganidek, ushbu tarixiy kitob XV asrning buyuk astronom olimning asari boʻlib, Amir Temurning nabirasi, Movarounnahr sultoni Mirzo Ulugʻbek (1394-1449) boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan.

Asar toʻrt qismdan iborat boʻlib, birinchisida xronologiya va taqvimlar, turli xalqlarning yil hisobi, ikkinchi qismda sferik astronomiya va matematik geografiya masalalari hamda matematik va geografik jadvallar berilgan. Uchinchi qism sayyoralar harakati va yulduz astronomiyasiga bagʻishlangan boʻlib, unda 1014 ta yulduzning katalogi keltirilgan. Toʻrtinchi qism astrologiya, yaʼni munajjimlar bashorati tavsifiga oid.

Fan-texnologiya

04.08.2025, 15:05

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Senat: Kattaqoʻrgʻon shahri hududi kengaytiriladi

Shahar hududining kengayishi natijasida Kattaqoʻrgʻon oʻrta shaharlar toifasidan katta shaharlar toifasiga oʻtkazilib, urbanizatsiya jarayonlarini tezlashtirish imkoni yaratiladi.

Oʻzbekiston

07.09.2025, 12:45

DXXga ishga kiritishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Qashqadaryo va Samarqandda davlat xavfsizlik organlariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib pul olgan shaxslar qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

06.09.2025, 21:30

Davlat tiliga rioya etish talablarini buzgan tadbirkorlarga nisbatan chora koʻrildi

Oʻzbekiston Respublikasida oʻzbek tili davlat tili maqomiga ega boʻlib, “Davlat tili haqida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan uning qoʻllanilishi qatʼiy tartibga solingan.

Oʻzbekiston

06.09.2025, 18:26

Oʻzbekiston va Polsha avtotransport ehtiyot qismlarini birgalikda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi

Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida "Oʻzavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi oʻrinbosari Davron Hidoyatov va Polsha Avtomobil sanoati uyushmasi prezidenti Yakub Farish oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Iqtisodiyot

06.09.2025, 14:37

Mayk Tayson – Floyd Meyvezer jangi tasdiqlandi + POSTER

Boks afsonasi Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi kechgan daromadli jangidan keyin pul isini olgan koʻrinadi.

Sport

06.09.2025, 11:51

Toshkent–Abakan yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslarni yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Xakasiya Respublikasi rahbari Valentin Konovalov bilan muzokara oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Oʻzbekiston

06.09.2025, 10:07

Bosh prokuror: 11,2 milliard soʻmlik ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar talon-toroj qilingani aniqlandi

Senatning oʻninchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2024 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 20:38

Qirgʻizistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shugʻullangan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi

Qoʻrgʻontepalik ogʻufurushlardan biri giyohvand moddani oʻzining avtomashinasida olib ketayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 19:34

Oʻzbekistonga guruch asosan qaysi davlatdan import qilinadi?

Oʻzbekistonda ham guruch yetishtiriladi, ammo iqlim oʻzgarishlari, suv resurslarining cheklanishi, ekin maydonlarining qisqarishi kabi omillar guruch hosildorligiga taʼsir koʻrsatmoqda. 

Iqtisodiyot

05.09.2025, 18:35

Andijon, Toshkent va Surxondaryoda xavfli dorilarni sotayotganlar qoʻlga olindi

Tezkor tajbirlar natijasida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. 

Oʻzbekiston

05.09.2025, 17:42

Andijon tumanida sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida maʼlumot

Xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari hodisa joyiga 12:13 da yetib borib, yongʻin soat 12:26 da oʻrab olingan hamda 13:03 da bartaraf etilgan.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 16:55

Britaniya kompaniyasi Oʻzbekistondagi laboratoriyalarni zamonaviy standartlarga moslashtiradi

"Intertek" kompaniyasi 100 dan ortiq mamlakatda 1000 dan ziyod laboratoriyaga egalik qiladi.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 16:38