updated: 22.03.2026, 18:01

577 million aliment undirildi - Ombudsman

Oʻzbekiston Ombudsmani 2025 yilning 9 oyida fuqarolar foydasiga 9,3 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ undirilganini maʼlum qildi. Shundan 2,16 mlrd soʻm mehnat munosabatlari va ish haqi boʻyicha toʻlandi. Shuningdek, 25 nafar fuqaroni ishga tiklash va ishga joylashtirish boʻyicha murojaatlar ijobiy hal etildi.

Ulashish:

577 million aliment undirildi - Ombudsman

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) 2025 yilning 9 oyligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi.

Ombudsman axborotiga koʻra:

  • Fuqarolar foydasiga 9 mlrd 327 mln soʻmdan ortiq mablagʻ undirildi. Shundan 2 mlrd 162 mln soʻmga yaqini mehnat munosabatlari va ish haqi boʻyicha.
  • 25 nafar fuqaroni ishga tiklash va ishga joylashtirish toʻgʻrisidagi murojaatlar ijobiy hal qilindi.
  • 11 ta holatda ish beruvchilarning noqonuniy xatti-harakatlari bartaraf etildi.
  • Xotin-qizlar va bolalar manfaati uchun 577 mln soʻmdan ortiq aliment undirilishi taʼminlandi. Aliment toʻlashdan bosh tortgan 3 nafar huquqbuzarga maʼmuriy qamoq tayinlandi.
  • Yer uchastkalari olib qoʻyilishi bilan bogʻliq hollarda 3,6 mlrd soʻmdan ortiq kompensatsiya fuqarolar foydasiga undirilishda yordam koʻrsatildi.
  • Murojaatlarni oʻrganish natijasida inson huquqlarini buzgan 33 nafar masʼul xodimga intizomiy va maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllandi.
  • Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 728 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Ombudsman instituti joriy yilda ham fuqarolar huquqlarini himoya qilish va adolatni taʼminlashga qaratilgan ishlarini izchil davom ettirmoqda.

Oʻzbekiston

01.12.2025, 15:06

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi

Ishdan noqonuniy boʻshatilgan fuqaro oʻz huquqlarini tiklash yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga murojaat qildi. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 09:46

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

Ombudsmanning 2025 yilgi faoliyati koʻrib chiqildi

Maʼlum qilinishicha, 2025 yilda Ombudsman oʻz ishini qonuniylik, adolat va ochiqlik tamoyillari asosida olib borgan.

Oʻzbekiston

11.02.2026, 10:46

Kredit rasmiylashtirish bilan bogʻliq firibgarlik  42 foizga oshdi — Ombudsman

Kredit rasmiylashtirish bilan bogʻliq firibgarlik 42 foizga oshdi — Ombudsman

2024 yilda kredit rasmiylashtirishga oid firibgarlik holatlari 42 foizga oshgani aniqlandi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) xabar berdi.

Oʻzbekiston

28.01.2025, 11:18

Qashqadaryodagi hibsxonalarda sharoitlar qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi

Qashqadaryodagi hibsxonalarda sharoitlar qoniqarsiz ekanligi maʼlum boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi va Koson tumanlari Ichki ishlar boʻlimlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida shaxslarni saqlash sharoitlari belgilangan meʼyoriy talablarga javob bermasligi aniqlandi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) axborot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

15.01.2025, 17:17

Joriy yilda Ombudsmanga huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar ustidan qancha shikoyat tushgani aytildi

Joriy yilda Ombudsmanga huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar ustidan qancha shikoyat tushgani aytildi

Joriy yilning 10 oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim oʻtkazilganligi yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili — Ombudsman axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova maʼlum qidi.

Oʻzbekiston

05.12.2024, 14:37

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45