Davolanish uchun imtiyozli yoʻllanma kimlarga va qay tartibda beriladi?
Dastlab mijoz yashash joyidagi oilaviy shikofor punktiga yoki poliklinikaga boradi.
Oʻzbekiston
16.08.2025, 10:20
Ulashish:

Xoʻsh, kimlar order olishi mumkin? U qanday tartibda beriladi?
— 2003 yil 26 fevralda qabul qilingan tegishli huquqiy hujjatda davlat byudjeti mablagʻi hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan qator imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxati keltirilgan, — deydi Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti boʻlim boshligʻi Azizbek Hamroqulov. — Bu roʻyxatga bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, yetim bolalar, I va II guruh nogironlari, yoshga oid pensiyaga chiqqan va ishlamaydiganlar, 1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar, uning qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, baynalmilalchi-jangchilar kiritilgan.
Ayni chogʻda kam taʼminlangan oilalarning bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilari, kambagʻallik reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolari, oylik daromadi oilaning har biriga minimal isteʼmol xarajati miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan vakillari va boshqa bir nechta toifadagi shaxslar ham ana shu roʻyxatdan oʻrin olgan.
Koʻrinib turibdiki, bu imtiyozdan foydalanuvchilar soni kam emas. Shu bois order olish tartibini qadam-baqadam keltirsak, ular uchun foydali boʻladi.
Dastlab mijoz yashash joyidagi oilaviy shikofor punktiga yoki poliklinikaga boradi. Bu yerdan u koʻp tarmoqli markaziy poliklinikaga yoʻnaltiriladi. Shu oʻrinda ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan dispanser roʻyxatida turadigan shaxslar tegishli viloyat tibbiyot tashkilotlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborilishi mumkinligini ham eslatib oʻtish zarur.
Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika bemorni hududda davolash mumkin, deb bilsa, uni tuman tibbiyot birlashmasi statsionar boʻlimiga yoʻnaltiradi, kasalligiga qarab viloyatga ham joʻnatishi mumkin. Oʻz navbatida, viloyatdan respublika tibbiyot tashkilotiga yoʻllanma beriladi.
Toshkent shahrida fuqaro dastlab oilaviy poliklinikaga boradi. Bu yerdan u koʻp tarmoqli markaziy poliklinikaga yoʻnaltiriladi. Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar boʻyicha dispanser roʻyxatida turadigan bemorlar shahar yoki respublika tibbiyot tashkilotiga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborilishi mumkin.
Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikadan shaharga va u yerdan respublika tibbiyot tashkilotlariga yoʻllanma beriladi.
Aytish joizki, imtiyozli toifadagi mijozlarga bepul tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiy tanlov komissiyasi xulosasi asosida order beriladi.
Hozirgidek raqamlashtirish jarayonida odamlar ortiqcha vaqt yoʻqotmaslikni istashi turgan gap. Shu bois bu jarayon raqamlashtirilgan boʻlib, order holatini my.gov.uz portali orqali tekshirish imkoniyati yaratilgan.
Portalning “Imtiyozli davolanishni tekshirish" sahifasiga oʻtib, "Xizmatdan foydalanish" tugmasi bosiladi.
Arizachining turi tanlanadi (Arizachi/Ota-ona/ Ishonchli vakil).
Arizachi shaxsiy maʼlumotlari kiritiladi (JShShIR, yashash joyi).
Imtiyozli yoʻllanma maʼlumotlari joylanadi.
Shu tariqa imtiyozli toifaga kiruvchi shaxs elektron yoʻllanma asosida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar maʼlumotini ham yuklab oladi.
Umuman, Oʻzbekistonda imtiyozli toifadagi aholini davlat mablagʻi hisobidan order orqali davolash keng yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ushbu jarayonni yanada soddalashtirish doimiy eʼtibor markazida. Shu maqsadda ayni chogʻda tegishli qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha ish olib borilyapti. Albatta, bu order olish tartibini yanada osonlashtirish bilan bir qatorda, tibbiyotni xalqchil tizimga aylantirish borasidagi saʼy-harakatlarimizga yangicha surʼat bagʻishlaydi.
Oʻzbekiston
16.08.2025, 10:20
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
So'nggi yangiliklar

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18
