AQŞ-Eron mojarosi tarixi: ittifoqçilikdan uruşgaça

Bir paytlar Eron AQŞning Yaqin Şarqdagi Isroildan keyingi eng yaqin ittiqfoqçisi edi. Bugun esa eng katta duşmani…  Bu uruş qaçon ildiz otdi? 

Ulashish:

AQŞ va Eron keskinligining tarixi Ikkinçi jahon uruşidan ham oldinga borib taqaladi.

XX asr boşlarida inglizlar Eron çöllarida ilk bor neft konlarini topişadi.

Bunday kaşfiyotlar tobora köpayib boraverdi va oxir-oqibat ma’lum böldiki, Eron sayyoramizdagi tasdiqlangan neft zaxiralari böyiça törtinçi örinda turar ekan. Şuningdek, mamlakat hali kaşf etilmagan va salohiyati töliq namoyon bölmagan energetik superdavlat ekani ayonlaşdi.

Bu boyliklarga ega çiqiş uçun inglizlar oldida yagona muammo bor edi: Eron öşa paytda dunyo hududining çorak qismini nazorat qiladigan Britaniya imperiyasi tarkibiga kirmasdi.

Biroq bu osongina hal etildi: Britaniya barça neftni qazib olişdan keladigan daromadlarni taqsimlaş taklifi bilan muzokara olib bordi va Eronni kelişuvga köndirdi.

Şu tariqa ikki davlat egalik qiladigan Anglo-Eron neft kompaniyasi taşkil etildi. Ammo bu kompaniya faoliyati uçun tuzilgan şartlar adolatli emas edi.

Barça neft konlari joylaşgan Eronga foydaning atigi 16 foizini oliş huquqi berilgandi. Qolgan 84 foiz foyda esa töğridan-töğri Britaniyaga yönaltirilardi. Uinston Çerçill Eron neftining qiymati haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:

“Taqdir bizga sehrli ölkadan tasavvurimizga ham siğmaydigan bir tuhfa keltirdi. Uşbu işning asl mukofoti esa hukmronlikning özi edi.”

Ikkinçi jahon uruşi boşlanişiga kelib, Anglo-Eron neft kompaniyasi Eronning butun neft sanoati ustidan nazorat örnatdi va Britaniya imperiyasidagi eng yirik kompaniyaga aylandi.

Ammo kompaniyadagi noteng taqsimotdan Eronda norozilik tobora ortardi.

Ayni paytda, 1941 yilda faşistlar Germaniyasi Sovet Ittifoqiga bostirib kirdi va insoniyat tarixida şu paytgaça kuzatilgan eng yirik harbiy frontni oçdi.

Eron geografik jihatdan Sovet Ittifoqining janubiy qanotida joylaşgan edi. Şu sababli fors davlatidan ham britaniyaliklar, ham sovetlar şubhalana boşladi. Bunga sabab – betarafligini e’lon qilganiga qaramay, Eronning hukmron şohi natsistlarga xayrixoh şaxs sifatida baholanişi edi

Agar ular kutgandek bölib çiqsa, Sovet Ittifoqi uçun janubda yana bir harbiy front oçilar, bu esa Sovet qöşinlarini Şarqiy frontdan çalğitar edi.

Bundan taşqari, Eron bilan bevosita çegaradoş bölgan Kavkazdagi Sovet Ittifoqining neft konlari ham xavf ostida qolardi. Eng muhimi esa, Britaniyaning gigant neft kompaniyasi natsistlar qöliga ötib ketişi ehtimoli mavjud edi.

Şu sababli bularning oldini oliş va Erondan SSSRga muhim yuklarni yetkazib beriş uçun transport yölagi sifatida xavfsiz foydalaniş maqsadida Sovet Ittifoqi va Britaniya birgalikda 1941 yil 25 avgustda betaraf Eron hududiga bostirib kirdi. Duşman qöşinlariga qarşi texnologik jihatdan ança ortda qolgan Tehron atigi bir hafta içida taslim böldi.

Bosqinçilar eski va işonçsiz şohni taxtdan ağdarib, örniga ança yoş, 21 yoşli öğli Muhammad Rizo Pahlaviyni ötqazişdi. Şu tariqa Eron Ikkinçi jahon uruşining deyarli butun davri davomida ittifoqçilar nazoratida böldi.

Bu davrda mamlakat hududiga 30 mingdan ortiq amerikalik harbiy joylaştirildi. Şuningdek, AQŞ “Lend-liz” dasturi böyiça Sovet Ittifoqiga yuborgan barça ta’minot yuklarining qariyb uçdan bir qismi Eron orqali taşildi.

Uruş tugaganidan keyingi ittifoqçilar Eronni tark etişdi.

Ammo Britaniya tomonidan Eron neftiga nisbatan örnatilgan adolatsiz şartlar saqlanib qoldi. 1950-yillarning boşlariga kelib ham Eron neftidan olinadigan daromadning asosiy qismi Britaniyaniki edi.

Ayni paytda Eron neft sanoatidagi mahalliy işçilar va ularning oilalari esa öta oğir şaroitlarda yaşardi.

Bundan taşqari, britaniyaliklar kompaniyaning barça moliyaviy hisobotlarini eronliklardan yaşirar va ularning kompaniya faoliyatini auditdan ötkaziş haqidagi barça talablarini rad etişardi. Natijada Eronda kompaniyani milliylaştiriş tarafdorlari faollaşa boşladi.

Nihoyat bu iş amalga oşdi: 1951 yilga kelib, demokratik yöl bilan saylangan boş vaziri Muhammad Musaddiq Eron parlamentining bir ovozdan bergan roziligi bilan neft sanoatini milliylaştirdi. Ğalabasi haqida gapirar ekan, Musaddiq maşhur nutqida şunday degan edi:

“Xorijiy davlatlar bilan uzoq yillar davomida olib borgan muzokaralarimiz şu vaqtgaça heç qanday samara bermadi. Neftdan tuşadigan daromadlar evaziga biz butun byudjetimizni töliq qoplab, xalqimiz orasidagi qaşşoqlik, kasallik va qoloqlikka qarşi kuraşişimiz mumkin edi.”

Bunga javoban Britaniya darhol Eronning barça neft mahsulotlariga çeklov joriy etdi. Biroq inglizlar şu bilangina çeklanmadi.

1953 yilda Britaniyaning MI6 razvedka xizmati va AQŞning Markaziy razvedka boşqarmasi Musaddiq hukumatini ağdariş uçun mamlakat içida harbiy davlat töntarişini uyuştirdi.

Musaddiq umrbod uy qamoğiga hukm etildi. Şoh esa mamlakatda avtoritar diktator darajasiga kötarildi. Töğriroği, endilikda şoh Ğarbning oddiy bir qöğirçoğiga aylanib qolgandi.

Şuningdek, Sovuq uruş boşlanganidan söng SSSR janubida joylaşgan, ulkan neft zaxiralariga ega bu mamlakat AQŞ uçun ham nihoyatda ahamiyatli hududga aylandi. Şoh esa qat’iy Amerikaparast va Isroilparast taşqi siyosat olib bordi. Natijada Eron önlab yillar davomida AQŞning Sovuq uruş davridagi eng muhim ittifoqçilaridan biri bölib keldi.

Isroil bilan yaqinlaşuvning ham öziga xos sabablari bor edi. 1950 yildan boşlab ular örtasida norasmiy aloqalar şakllangan. Har ikki davlat arab millatçiligi va Sovet Ittifoqining mintaqadagi ta’siridan xavotirlanardi. Şu sababli Tehron va Tel-Aviv bir-biriga razvedka ma’lumotlari ulaşar, xavfsizlik va harbiy sohalarda hamkorlik qilardi. Eron Isroilga neft ham yetkazib bergan.

Ammo yillar ötişi bilan şohning siyosati va Ğarb bilan yaqin munosabatlari mamlakat içidagi tarafdorlarini undan uzoqlaştirdi.

1957 yilda AQŞ hukumati şohga SAVAK nomi bilan maşhur bölgan maxfiy politsiya xizmatini taşkil etişda yordam berdi. Bu tuzilma yordamida minglab siyosiy muxoliflar hibsga olingan, Oyatulloh Humayniy singari köplab şaxslar esa surgun qilingan. Qamoqxonalarda siyosiy muxoliflar keng kölamda qiynoqqa solingan.

Şoh Eron Kommunistik partiyasini ham taqiqladi.

Islom dunyosining deyarli heç bir davlati Isroilni tan olmagan bir paytda Şoh AQŞ va Isroil bilan döstona munosabatlarni davom ettirdi.

Bulardan taşqari, Pahlaviy bir qator ijobiy islohotlari bilan ham eslanadi: U mamlakat içida modernizatsiya, dunyoviylaştiriş va ayollarga saylov huquqini beriş siyosatini amalga oşirdi. Ta’limga qaratilgan e’tibor tufayli boşlanğiç maktabdagi qizlar soni 1946 yildagi 94 mingdan 1976 yilda 1,8 millionga yetdi. Oilani himoya qilişga doir qonunlari ayollarning nikoh, ajrim va farzandlar ustidan huquqlarini kengaytirdi.

1977 yil oxirida, dabdabali Yangi yil bayramida AQŞ prezidenti Jimmi Karter şohga yuksak maqtov sözlari aytadi.

“Eron şohning buyuk rahbarligi tufayli dunyoning eng notinç mintaqasida barqarorlik oroliga aylandi”

Mamlakatdagi özgarişlar esa Eron sölçilarida, ayniqsa, şia islomining aşaddiy konservativ tarafdorlari va ulamolarida şohga nisbatan nafrat uyğotdi.

Oxir-oqibat, Eronda uzoq vaqt davom etgan siyosiy notinçlik keng kölamli inqiloblarni boşlab berdi.

1978 yil 19 avgustda Obodon şahridagi kinoteatrlardan biri yoqib yuborildi. Yonğin oqibatida kamida 420 kişi halok bölgan.

Şoh rejimi bu hodisada marksistik va islomiy isyonçilarni aybladi. Biroq namoyişçilarning köpçiligi buning ortida şohning maxfiy politsiyasi turibdi, deb hisoblaşgan.

Keyingi oy namoyişçilar poytaxt Tehronning boş maydoniga töplandi. Şoh armiyasi esa ularga qarşi ayovsiz öt oçdi. Şundan söng beş milliondan ortiq eronlik şohning taxtdan voz keçişini talab qilib, köçalarga çiqdi.

Hatto armiyada ham ommaviy ravişda askarlarning şohdan yuz ögirişi boşlandi. 1979 yilga kelib Muhammad Rizo Pahlaviy hokimiyatda qolişning imkonsizligini anglab yetdi va mamlakatni tark etdi.

Şoh rejimi örnini egallagan yangi şia islomiy hukumati darhol monarxiyani bekor qilib, 15 yillik surgundan söng Oyatulloh Humayniyni mamlakatga qaytardi. U Eronning yangi oliy rahbari böldi. Şu tariqa hozirgi Eron Islom Respublikasi dunyoga keldi.

Eronning yangi rejimi AQŞ va Isroilga qat’iy qarşi bölgan, totalitar xususiyatga ega şia davlati edi. Siyosiy muxoliflar va sobiq rejim a’zolarining ommaviy qatl etilişi hamda tozalaş kampaniyalari darhol boşlandi.

AQŞ va butun dunyo uçun Erondagi Islom inqilobi kutilmagan zarba böldi. Amerikaning Yaqin Şarqdagi eng muhim ittifoqçilaridan biri bölgan Eron deyarli bir keçada uning mintaqadagi eng katta duşmaniga aylandi.

Şoh davridagi Isroil bilan yaqin hamkorlikka ham çek qöyildi. Eron endilikda uni tan olişdan boş tortdi va ikki mamlakat örtasidagi rasmiy aloqalarni uzdi. Tehrondagi Isroil elçixonasi esa Falastin Ozodlik Taşkilotiga berildi.

Taxtdan ağdarilgan va saratonga çalingan Şohga AQŞ boşpana berdi. Eron esa uni sud qiliş uçun mamlakatga qaytarib berişni söradi. Şohni Eronga qaytariş – muqarrar ölimga yuboriş ekanini bilgan AQŞ bu talablarni rad etdi.

1979 yil noyabr oyida AQŞ va Markaziy razvedka boşqarmasi yangi fitna uyuştirayotganidan xavfsiragan minglab eronlik inqilobçilar va talabalar AQŞ elçixonasiga bostirib kirib, 52 nafar amerikalik diplomat va oddiy fuqaroni garovga oldi.

Prezident Jimmi Karter ma’muriyati garovdagilarni ozod qilişga erişiş uçun bir neça oy davomida harakat qildi. Ammo diplomatik muzokaralar heç qanday natija bermagaç, 1980-yil aprel oyida garovdagilarni qutqariş operatsiyasini amalga oşirişga ruxsat berildi.

Biroq operatsiya halokat bilan yakunlandi. Operatsiya davomida qum böroni va köriş masofasining yomonlaşuvi tufayli vertolyotlardan biri transport samolyotiga urilib ketdi. Kuçli töqnaşuv oqibatida ikkala havo kemasi ham yonib ketib, sakkiz nafar amerikalik harbiy halok böldi. Şundan söng  Karter missiyani töxtatiş haqida buyruq berdi. Garovdagilar esa Eron nazoratida qolaverdi.

Aynan şu paytda AQŞ Eronning yangi rejimi bilan barça diplomatik munosabatlarni uzdi. Bu munosabatlar qaytib tiklanmadi.

Bu voqealardan bir neça oy ötib, yana bir kutilmagan hodisa yuz berdi.

1980 yil sentabr oyida Saddam Husayn boşçiligidagi Iroq Eronga qarşi keng kölamli bosqin boşladi.

Bundan oldingi yillar davomida Saddam Iroqning neftga boy Fors körfazida yetakçi kuç sifatida Eronni ortda qoldirişi va uning örnini egallaşini istab kelgan edi.

Ammo bu maqsadga erişiş uçun heç narsa qilolmagan. Çunki Eronning harbiy qudrati Iroqnikidan nihoyatda katta, bundan taşqari, AQŞ va Isroilning qöllab-quvvatloviga ham ega edi.

Biroq inqilob va rejim almaşinuvi natijasida Eron tartibsizliklar girdobida qoldi. Davlat amaldorlariga qarşi keng kölamli tozalaşlar va qatllar amalga oşirildi.

Buning ustiga, AQŞ va Isroil ortiq Eronni dastaklamas, Tehronning birorta yirik xorijiy ittifoqçisi ham yöq edi. Saddam ayni şu vaziyatdan foydalanib qolmoqçi böldi. Biroq Iroqning tezkor ğalabani rejalaştirib boşlagan uruşi sakkiz yil davom etdi.

Eron–Iroq uruşining dastlabki bosqiçida Isroil Eronga yaşirinça qurol-yaroğ va harbiy texnika uçun ehtiyot qismlar yetkazib bergan. Çunki Isroil Iroqning mintaqada haddan taşqari kuçayişidan xavotirda edi. Şu sababli Tehron bilan oçiq duşmanlikka qaramay, Tel-Aviv kezi kelgan raqibiga yordam qölini ham çözgan.

Iroqning keng kölamli bosqinidan söng Eron garovdagi amerikaliklar masalasini qayta körib çiqişga majbur böldi. Natijada 52 nafar garovdagining barçasini AQŞga qaytarişga rozi böldi. Buning evaziga Eronning muzlatib qöyilgan ayrim aktivlari “eritildi”.

AQŞ bu uruşda Iroqni faol qöllab-quvvatlab, ularga katta miqdorda yordam yetkazib bergan. Bundan maqsad Tehronni beqarorlaştiriş edi.

AQŞning ta’kidlaşiça, uruş davomida Eronga yaqin bölgan, Livanda faoliyat yurituvçi şia islomiy qurolli taşkiloti — «Hizbulloh» mintaqa böylab AQŞga qarşi bir neçta terrorçilik hujumlarini amalga oşirgan.

1983 yilda ular Bayrutdagi AQŞ elçixonasini portlatişdi. Uşbu hujum oqibatida 17 nafar amerikalik halok böldi.

Keyinroq esa ular Livandagi harbiy majmua kazarmalariga qarşi yana bir portlaş hujumini uyuştirişdi. Natijada 241 nafar amerikalik va 58 nafar fransuz harbiysi nobud böldi.

Bu va boşqa voqealar sababli 1984 yilda AQŞ Eronni terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlatlar röyxatiga kiritdi.

1988 yil apreliga kelib, Eron-Iroq uruşi hamon davom etayotgan edi. Eron Iroq harbiy-dengiz kuçlariga qarşi turiş maqsadida Fors körfazining katta qismini minalaştiradi.

Keyinroq şu hududdan ötib ketayotgan Amerika fregati minalardan biriga kelib uriladi. Kema jiddiy şikastlandi va çökib ketişiga sal qoldi. Biroq hodisada qurbonlar bölmagan.

Şunga qaramay, Eronga javob zarbasi berişga ahd qilgan AQŞ 1988 yil 18 aprelda yangi operatsiya boşladi.

Amaliyot davomida Amerikaning ikkita suv usti harbiy kemalar guruhi Eronning dengizdagi ikki neft platformasini portlatib, oltita harbiy kemasini çöktirdi.

Oradan uç oy ötib, 1988 yil iyul oyida AQŞ kreyseri Eronning hududiy suvlariga kirib bordi. Şu paytda Tehrondan Dubayga odatiy parvoz yönalişi böylab harakatlanayotgan Iran Air aviakompaniyasining 655-reysi ham Hormuz böğozidan uçib ötayotgan edi.

Amerika kreyseri uşbu yölovçi uçoğini Eron qiruvçi samolyoti deb gumon qilib, unga qarşi raketa uçirdi. Yölovçi samolyotida 290 kişi bölgan. Ularning 66 nafari bolalar edi. Raketa zarbasidan bortdagi bironta odam omon qolmadi.

Ikki tomon örtasida yuz bergan bu qonli voqealar AQŞ va Eron örtasidagi keskinlikni badtar kuçaytirdi. Har ikki tomon ham bir-birini ayblardi.

1995 yilda Klinton ma’muriyati AQŞdagi har qanday kompaniyaning Eron bilan barça turdagi savdo-iqtisodiy aloqalariga töliq embargo joriy etdi. Natijada ikki mamlakat örtasidagi savdo aloqalari butunlay töxtadi.

1996 yilda Eronga yaqin bölgan «Hizbulloh» Saudiya Arabistonidagi AQŞ nişoniga yana bir terrorçilik hujumini amalga oşirdi. Natijada 19 nafar amerikalik harbiy-havo kuçlari xodimi halok böldi va qariyb 500 kişi yaralandi.

Oradan yana beş yil ötib esa, 11 sentabr voqealari sodir böldi.

Bu teraktdan tört oy ötgaç, AQŞ prezidenti Jorj Buş özining maşhur “Yovuzlik öqi” nomli nutqini sözladi. Unda prezident Eron, Iroq hamda Şimoliy Koreyani Amerikaga qarşi til biriktirayotgan yagona “yovuzlik öqi” sifatida bir nuqtaga jamladi.

Uşbu nutqdan bir yil ötgaç, AQŞ Saddam ommaviy qirğin qurollariga ega ekanini bahona qilib, Iroqqa bostirib kirdi va taxminan bir oy içida uning rejimini ağdardi. Ommaviy qirğin qurollaridan esa bir dona ham topilmadi.

Ammo Eron va Şimoliy Koreya bundan aniq bir xulosani çiqardi: yo yadroviy qurol işlab çiqar yoki keyingi nişon sen bölasan.

Şimoliy Koreya AQŞ boşçiligidagi Iroq bosqinidan uç yil ötib, atom bombasini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi. Eron ham öz navbatida şoşilinç ravişda yadroviy qurolga oid tadqiqotlarni boşlab yubordi.

Biroq Qöşma Ştatlar Eron yadro quroliga ega bölişiga heç qaçon yöl qöymaslikka jiddiy kirişdi. Eronni bu faoliyatni töxtatişga köndiriş uçun köp yillar davomida sanktsiyalar va diplomatik muzokaralar olib borildi.

2015 yilga kelib, Barak Obama ma’muriyati Eron bilan yadroviy kelişuvga erişdi. Şartnomaning qisqaça mazmuni şundan iborat ediki, AQŞ ilgari Eronga nisbatan joriy qilgan sanktsiyalarni bekor qiladi. Eron esa yadroviy tadqiqotlar olib borişdan voz keçişga va xorijiy inspektorlarga muntazam tekşiriş imkonini berişga rozilik beradi.

Şundan keyin Eron va Amerika örtasidagi yaqinlaşuvning ayrim belgilari közga taşlana boşlangandi.

Ammo bir odam vaziyatni yana boşi berk köçaga burib yubordi.

Bu – 2016 yilda AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp. U saylovoldi dasturida AQŞni Eron bilan tuzilgan yadroviy kelişuvdan töliq çiqariş va yanada qattiq iqtisodiy sanktsiyalarni joriy etiş va’dasini bergandi. 2018 yilda Tramp bu va’dasini bajardi.

2019 yildan 15 aprelida AQŞ Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusini terroristik taşkilot deb e’lon qildi. May–iyun oylarida Fors körfazi yaqinida bir neçta savdo va neft tankerlariga hujumlar uyuştirildi. AQŞ bu hujumlarda Eronni aybladi, Tehron esa ayblovlarni rad etdi.

2020 yilda ham Eron va AQŞ örtasida yuzlab begunoh insonlar ölimiga sabab bölgan turli mojarolar yuz berdi .

Jo Bayden prezidentligi davrida bitimni tiklaş böyiça muzokaralar olib borildi, biroq natija bermadi. 2022 yilda Erondagi ommaviy noroziliklar va Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida Tehronning Moskvani qöllab-quvvatlaşi munosabatlarni yanada murakkablaştirdi.

2023 yil sentyabrda ikki mamlakat mahbuslarni almaşiş böyiça kelişuvga erişdi. Biroq 7 oktyabr kuni Hamasning Isroilga hujumi natijasida Ğazoda uruş boşlanganidan keyin mintaqadagi keskinlik kuçaydi. Eron qöllab-quvvatlaydigan qurolli guruhlar Iroq va Suriyadagi AQŞ harbiy bazalariga 170 dan ortiq hujum uyuştirdi.

2024 yil AQŞ Eronparast guruhlarning hujumlariga javoban Iroq va Suriyadagi nişonlarga havo zarbalari berdi. Aprelda Isroilning Damaşqdagi Eron konsulligi binosiga hujumidan söng Eron ilk bor Isroil hududiga bevosita yuzlab dron va raketalar yölladi. Oktyabrda yana keng kölamli raketa hujumi uyuştirildi. Isroil bunga javoban Eronning havo mudofaasi va raketa işlab çiqariş ob’ektlariga zarba berdi.

2025 yil Donald Tramp prezidentlikka qaytgaç, Eronga nisbatan «maksimal bosim» siyosatini tikladi. Şu yili 13 iyunda Isroil Eronga qarşi keng kölamli harbiy amaliyot boşladi. Eron raketa va dronlar bilan javob qaytardi. 21 iyunda AQŞ ham uruşga bevosita qöşilib, Fordo, Natanz va Isfahondagi Eron yadroviy ob’ektlariga zarbalar berdi.

2026 yil boşida Erondagi iqtisodiy inqiroz ommaviy norozilik namoyişlariga aylanib ketdi. Hukumat Ğalayonlarni kuç bilan bostirdi, Tramp esa Eronga harbiy aralaşuv bilan tahdid qildi. 28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga qarşi yana keng kölamli harbiy amaliyot boşladi. Zarbalarda mamlakat oliy rahbari Ali Xomanaiy, Larijoniy kabi bir qator yetakçilar halok böldi, Eron esa Isroil va mintaqadagi AQŞ harbiy bazalariga raketa hamda dronlar bilan javob qaytardi.

7 aprelda ikki haftalik sulhga erişildi. Iyun oyida esa Pokiston vositaçiligida yangi kelişuv imzolandi, biroq u uzoq davom etmadi. Avgustga kelib jangovar harakatlar qayta boşlandi. AQŞ Eron portlariga dengiz blokadasini joriy etdi, Eron esa Hormuz böğozi orqali kemalar harakatini çekladi.

2026 yil noyabr holatiga köra, ikki mamlakat örtasida barqaror tinçlik kelişuvi yöq. AQŞ blokadasi va sanktsiyalari amalda, Hormuz böğozi esa Tehron nazoratida. Ikkala taraf ham uruşda Ğalaba qozonganini iddao qilmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

AQŞ demokratlari Tramp siyosatiga qarşi: Eron bilan uruşni töxtatmoqçi

Demokratik partiya vakillari Donald Tramp ma’muriyatining Eronga qarşi harbiy harakatlarini töxtatişga çaqirmoqda. Biroq partiyaning özi ham avvalgi prezidentlar davrida Tehronga nisbatan sanktsiyalar va iqtisodiy bosim siyosatini qöllab-quvvatlagan.

Jahon

27.11.2026, 16:06

Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi

Nvidia direktorlar kengaşi kompaniya asosçisi Jensen Xuangni boş direktor lavozimiga qayta tayinladi. AQŞ prezidenti Donald Trampning uni lavozimga qaytariş haqidagi çaqiriqlaridan keyin qabul qilingan qaror kompaniya aktsiyalari keskin qimmatlaşişiga sabab böldi.

Jahon

24.11.2026, 12:53

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi

Deutsçe Bank’ning 15 milliondan ortiq içki hujjati tarqalib ketişi bankning AQŞ prezidenti Donald Tramp va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteyn bilan moliyaviy aloqalari haqida yangi ma’lumotlarni oşkor qildi. 

Siyosat

18.11.2026, 16:45

Покистонлик Ассиф Мерчант

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi

AQŞ sudi Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga nisbatan suiqasd rejasini taşkil etişda ayblangan Assif Merçantni 27,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Jahon

18.11.2026, 14:28

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi

AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) 2026 moliyaviy yilida 483,2 ming kişini mamlakatdan çiqarib yubordi. Hibsga olinganlar soni esa 491 mingdan oşdi. 

Jahon

13.11.2026, 14:50

Серджио Гор портрети

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?

AQŞda oraliq saylovlardan keyin ma’muriyatda kadrlar özgarişi kutilmoqda.

Siyosat

06.11.2026, 10:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Nega xorijliklar Özbekistonda öqişni tanlamoqda?

2026 yilning yanvar–oktyabr oylarida Özbekistonga ta’lim oliş maqsadida 57,6 ming nafar xorijiy fuqaro kelgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,7 barobar köp. Kelganlarning asosiy qismini Turkmaniston va Hindiston fuqarolari taşkil etgan.

Ta'lim

28.11.2026, 13:14

1 dekabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?

2026 yil 1 dekabrdan Özbekistonda bir qator yangi tartib va mexanizmlar amalga kiritiladi. Mahkuma ayollarning bolalari uçun maxsus markaz va tölovga doir muhim özgarişlar işga tuşadi. 

Oʻzbekiston

28.11.2026, 12:45

Hurmuz böğozidagi hujumlar va Saudiya neft zavodlariga zarbalar neft narxini oşirdi

Yaqin Şarqda tankerlar va energetika infratuzilmasiga qarşi hujumlar jahon bozorida neft ta’minoti uzilişi xavotirini kuçaytirdi. 27 noyabr kuni Brent nefti barreli 96,61 dollarga yetdi.

Iqtisodiyot

28.11.2026, 11:46

Jamol Qoşiqçi qotilligi

Jamol Qoşiqçi qotilligi: Saudiya konsulligidagi sirli ölim

2018 yil, Istanbul. Saudiya Arabistoni konsulligiga taşrif buyurgan jurnalist bino­ga kirdi-yu, qaytib çiqmadi.Bu odam Jamol Qoşiqçi: Muhammad bin Salmon hukumatini oçiq tanqid qilgan jurnalist.Keyinçalik ma’lum bölişiça, u konsullikda öldirilgan. Bölaklab taşlangan jasadi esa hanuzgaça topilmadi.

Madaniy

27.11.2026, 17:03

Gʻazo

Amnesty International: Isroil Ğazodagi ayollarning farzand körişiga ham zarar yetkazdi

Hisobotda Isroilning harbiy amaliyotlari va Ğazo blokadasi homilador ayollar hamda yangi tuğilgan çaqaloqlar uçun tibbiy yordamni keskin çeklagani aytilgan. Taşkilot ma’lumotlariga köra, hududdagi şifoxonalarning 90 foizdan ortiği vayron bölgan.

Jahon

27.11.2026, 16:59

AQŞ demokratlari Tramp siyosatiga qarşi: Eron bilan uruşni töxtatmoqçi

Demokratik partiya vakillari Donald Tramp ma’muriyatining Eronga qarşi harbiy harakatlarini töxtatişga çaqirmoqda. Biroq partiyaning özi ham avvalgi prezidentlar davrida Tehronga nisbatan sanktsiyalar va iqtisodiy bosim siyosatini qöllab-quvvatlagan.

Jahon

27.11.2026, 16:06

Özbekistonda 12 yillik ta’limga ötiladimi?

Qonunçilik palatasi olti yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy umumiy örta ta’limning dastlabki bosqiçi sifatida belgilaşni nazarda tutuvçi hujjatni uç öqişda qabul qildi.

Ta'lim

27.11.2026, 14:03

Россияда хорижлик меҳнат муҳожирлари учун патент.

Moskvada xorijlik mehnat muhojirlari uçun patent narxi oşiriladi

Moskva şahar dumasi deputatlari şaharning soliq qonunçiligiga özgartirişlar kiritişni ma’qulladi. 

Jahon

27.11.2026, 11:10

Özbekistonning ekologik loyihasi 94 mamlakat orasida birinçi böldi

Maktab öquvçilari taşabbusi bilan boşlangan Sustainable Future Society loyihasi Yevropa ta’lim jamğarmasining Green Skills Award 2026 xalqaro tanlovida ğolib deb topildi.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 18:09

Özbek tili korpusi SI kompaniyalariga taqdim etildi

Endi sun’iy intellekt özbek tilida ravonroq sözlaşa oladi

Özbekiston 20 milliard tokenli milliy til korpusini OpenAI, Anthropic, Meta va Alibaba kompaniyalariga bepul taqdim etdi.

Fan-texnologiya

26.11.2026, 16:20

Ёмғирли об-ҳаво

Özbekistonda 28 noyabrdan 5 dekabrgaça ob-havo qanday böladi?

Ayrim hududlarda harorat 5 daraja sovuqqaça pasayadi. 3–5 dekabr kunlari mamlakatning bir qator joylarida yomğir yoğişi mumkin.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 15:37

Qöştepa kanali tayyor: Afğoniston suvni qaçon oladi?

Afğoniston tomoni Amudaryo suvini kanalga yaqin vaqtda yönaltirişini aytmoqda. Özbekiston Suv xöjaligi vaziri esa suv oliş 2030 yilgaça boşlanmasligini bildirgan.

Siyosat

26.11.2026, 14:58

Gulnora Karimova işi: Özbekistonga qaytarilayotgan 252,5 mln dollar nimalarga sarflanadi?

Özbekiston va Şveytsariya örtasida 252,5 million dollarlik aktivlarni qaytariş böyiça kelişuv tasdiqlandi. Mablağlar «Işonç – 2030» trast jamğarmasi orqali soğliqni saqlaş va ta’lim sohalariga yönaltiriladi.

Iqtisodiyot

26.11.2026, 12:10

Ёнилғи ташувчи мошина ёнди: 31 киши ҳалок бўлди

Misrda yonilği taşuvçi maşina yondi: 31 kişi halok böldi

Qohira yaqinida sodir bölgan yonğin oqibatida yana 21 kişi jarohatlandi. Hodisa joyida 27 ta avtomobil yongan.

Jahon

26.11.2026, 11:19

Таэквандочилар

Taekvondoçilarimiz Olimpiada oçkolari uçun kuraşadi

Musobaqa 28–29 noyabr kunlari Ostona şahrida ötkaziladi. Unda olti nafar özbekistonlik sportçi medallar va 2028 yilgi Olimpiada uçun reyting oçkolari uçun kuraşadi.

Oʻzbekiston

26.11.2026, 09:57

Özbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz bora oladi?

Özbekiston fuqarolari 31 ta davlatga vizasiz borişi mumkin. Yana bir qator mamlakatlarda çegarada viza oliş yoki elektron viza rasmiylaştiriş imkoniyati mavjud.

Siyosat

26.11.2026, 08:40

Semipalatinsk poligoni

Semipalatinsk: SSSR 40 yil davomida ötkazgan yadro sinovlari

AQŞ bilan yadroviy kuç borasida bellaşgan SSSR Qozoğiston daştlarida yuzlab portlaşlar amalga oşirdi. Semipalatinsk poligonida ötkazilgan 456 ta sinov milliondan ortiq insonni radiatsiya ta’siriga duçor qilgan.

Fan-texnologiya

25.11.2026, 17:17

Toşkentda adolatli sudlov masalalari muhokama qilindi

Adolatli sudlov huquqi amalda qanday ta’minlanmoqda?

Toşkentda odil sudlovdan foydalaniş huquqiga bağişlangan xalqaro konferentsiya ötkazilmoqda.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:56

Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq vaziyat qanday?

Sanepidqömita mamlakatda enterovirusli infektsiyalar, jumladan Koksaki virusi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror va nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

Oʻzbekiston

25.11.2026, 16:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →