Fargʻonada oʻzbekistonlik bir guruh terrorchilar qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyatida xalqaro terroristik tashkilotga aloqador 11 nafar shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
07.11.2024, 11:41
Ulashish:

Fargʻonada oʻzbekistonlik bir guruh terrorchilar qoʻlga tushdi
Qayd etilishicha, DXX xodimlari tomonidan Qoʻqon shahrida tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazilgan. Tadbir davomida mazkur hududda faoliyat olib borgan "Tavhid va jihod katibasi" xalqaro terroristik tashkilotining tarafdorlaridan iborat jamoat borligi aniqlangan.
Ushbu jamoada boʻlgan 11 nafar shaxs Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumani hamda Qoʻqon shahrida yashagan. Ular 1980-2000 yillar oraligʻida tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan. Mazkur shaxslar hududda farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatda menejer, gaz quyish shoxobchasida bosh mexanik boʻlib ishlagan. Shuningdek, ularning orasida xususiy tadbirkorlik, oshpazlik, ustachilik, kirakashlik bilan shugʻullangan fuqarolar ham boʻlgan.
Noqonuniy guruh aʼzolari 2021-2023 yillar davomida Qoʻqon shahrida joylashgan choyxonalarda "shanbalik oshlar" nomi ostida yigʻinlar tashkil etib, unda Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy, Yaxyo Turkistoniy va boshqalarning jihod, shahidlikka hamda islom davlati qurishga chorlovchi, diniy ekstremizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼruzalarini eshitib kelgan.
Bundan tashqari, ular amalda boʻlgan davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga xalifalik davlati qurishga qaratilgan gʻoyalarni gaplashgan hamda jamoat aʼzolarining ayrimlarini Suriyaga hijrat qilish masalasini muhokama qilgan.
Yuqoridagi tashkilotning 2 nafar aʼzosi oʻzaro til biriktirib, hozirda Suriyadagi "Tavhid va jihod katibasi" xalqaro terroristik tashkiloti faoliyatida ishtirok etib kelayotgan qoʻqonlik Jasur ismli shaxsga moddiy yordam berish maqsadida 2023 yilning iyul va avgust oylarida jami 3000 AQSh dollari miqdorida pul mablagʻi yuborgan.
Aniqlanishicha, tashkilot aʼzolari jamoat aʼzolariga oʻz saflarini kengaytirish uchun yigʻinlarga boshqa fuqarolarni ham jalb qilib, ularning ongiga ekstremistik gʻoyalarni singdirgan. Telegram messenjerida esa oʻzlari tashkil etgan guruhda maʼlumotlar almashib, navbatdagi yigʻin vaqti va joyini eʼlon qilib turgan. Ular har 15 kunda 1 oy ichida qanday ishlarni amalga oshirganliklari boʻyicha guruh yetakchisiga hisobot bergan.
Soʻng qoʻlga tushgan 11 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudining hukmi oʻqilgan. Unda noqonuniy guruh aʼzolari Jinoyat kodeksining 155-3, 159, 244-1 va 244-2-moddalari bilan aybli deb topilib, 6 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Oʻzbekiston
07.11.2024, 11:41
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Qadimiy oltin tangalarni pullamoqchi boʻlganlar ushlandi
Oʻzbekiston
15.10.2024, 18:19

Xorazmda 2,9 mlrd soʻmlik dorini uyida saqlayotgan fuqaro ushlandi
Oʻzbekiston
17.09.2024, 13:43

60 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddasining savdosiga chek qoʻyildi
Oʻzbekiston
09.08.2024, 10:23

DXX tomonidan bir guruh firibgarlar ushlandi
Oʻzbekiston
06.08.2024, 10:28
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp
Siyosat
23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi
Jahon
21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?
Iqtisodiyot
21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?
Madaniy
21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi
Jahon
21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi
Oʻzbekiston
21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST
Jahon
20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi
Oʻzbekiston
20.10.2026, 13:03
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

Toshkentda oktyabrdan metro va avtobuslarda yoʻl haqi oshiriladi
Iqtisodiyot
28.09.2026, 09:49

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekiston 2031-yilda BMTning yirik kongressiga mezbonlik qiladi
Siyosat
29.09.2026, 11:23

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
