updated: 22.03.2026, 15:24

Hafta o‘rtasida harorat keskin ko‘tariladi

O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi bugun ham davom etadi, ammo hafta o‘rtasiga kelib havo harorati keskin ko‘tariladi. Bu haqda "O‘zgidromet" axborot xizmati ma’lum qildi.

Ҳафта ўртасида ҳарорат кескин кўтарилади

Ҳафта ўртасида ҳарорат кескин кўтарилади

Bugun, 3-mart kuni O‘zbekistonning katta qismida qor yog‘ishi davom etadi va havo harorati 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qor yog‘ishi to‘xtaydi. 

4-martda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. 

Kechasi va ertalab hali ham sovuq antisiklon ta’siri saqlanib turadi, harorat 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduzi antisiklon Respublika hududidan asta-sekin chekina boshlaydi. Harorat 4-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi, ammo bu mart oyi boshi uchun me’yordan nisbatan past. 

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin, 5-6-mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 

7-martda Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda (Farg‘ona vodiysidan tashqari) yana yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.  Faqat O‘zbekistonning shimolida — Ustyurtda va Orol bo‘yi hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 

Hafta o‘rtasidan harorat jadal ko‘tarila boshlaydi va  6-7-mart kunlariga kelib, kechalari 5-8 daraja iliqni, kunduz kunlari 14-17 daraja iliqni, janubda 20-22 daraja iliqqacha harorat ko‘tariladi. 

3-mart va 7-mart kunlari Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Toshkentda 3-martda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat 0-2 daraja sovuq bo‘ladi. 

4-6-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-martda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 4-martda kechasi 3-5 daraja sovuq,  kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi. 5-7-martda harorat kechalari 4-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 14-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi. ob-havo,

Oʻzbekiston

03.03.2025, 12:23

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45